Dollarning rasmi kursi 12 so‘mga arzonladi va jami 10 523 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz pasaydi.
16 mart kuni Rossiyaning Shimco Group va Slovakiyaning Chirana kompaniyalari O‘zbekistonda o‘pkani sun’iy ventilyatsiya qilish apparatlarini ishlab chiqarish korxonasini ishga tushirdi.
Dollarning rasmi kursi 7 so‘mga qimmatladi va jami 10 536 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarildi.
Markaziy bank Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan 50 ming so‘mlik va 100 ming so‘mlik oltin esdalik tangalari va suvenirlar to‘plamlarini chiqardi.
Dollarning rasmi kursi 9 so‘mga qimmatladi va jami 10 528 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarildi.
O‘zbekistonda Janubiy Koreyaning «Kyongnam banki» vakolatxonasi Markaziy bank tomonidan akkreditatsiya qilindi.
Anjey Malinovskiy Beeline Uzbekistan bosh direktori bo‘ladi. Oldinroq Artashes Davtyan ushbu lavozimni egallashi haqida xabar berilgan edi, ammo kompaniya uni ishga olish jarayonini yakunlay olmadi.
Dollarning rasmi kursi 5 so‘mga qimmatladi va jami 10 519 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari esa biroz pasaydi.
2021 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi deyarli 892 mln dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14 foizga ko‘p.
1 apreldan 1 oktyabrgacha sement mahsulotlarini O‘zbekistonga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladi. Bu mamlakatda qurilayotgan uy-joylar narxini arzonlashtirish maqsadida amalga oshiriladi.
Dollarning rasmi kursi 9 so‘mga qimmatladi va jami 10 513 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarildi.
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. Markaziy bankning bazaviy prognozlariga ko‘ra, inflyatsiyaning 2021 yil yakuni bo‘yicha 9,0−10,0 foizgacha pasayishi kutilmoqda.
Yil boshidan buyon IIV davlat xaridlari doirasida 48,5 mlrd so‘mga 50 ta avtozak, 16 ta tentli yuk mashinasi, 30 ta avtobus va boshqa transport vositalarini sotib oldi.
Dollarning rasmiy kursi 6 so‘mga qimmatladi va jami 10 503 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarildi.
2020 yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekistondan eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari xajmi 1,86 mlrd dollarni tashkil etdi, bu oltindan tashqari barcha eksport hajmining 20 foizini tashkil etadi. Tekstil masulotlari eksporti hajmining 70% dan ortig‘i (qiymat jihatidan) Rossiya, Xitoy va Qirg‘izistonga to‘g‘ri keladi.
JARda korrupsiyada ayblanib, ta’qib qilinayotgan va AQSH moliya vazirligi tomonidan sanksiyalar qo‘llanilgan aka-uka Guptalar hozirda O‘zbekistonda, deb yozmoqda Hindistonning Zee Business nashri. Avvalroq OAV Guptani O‘zbekistonda yirik loyihalarni amalga oshirayotgan Jalan oilasi bilan bog‘lagan edi. Murari Jalanning vakillari uning aka-uka Guptalar bilan biznes aloqalari yo‘qligini ta’kidlashmoqda.
Dollarning rasmiy kursi 7 so‘mga qimmatladi va jami 10 497 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl kursi ham biroz ko‘tarildi, yevro esa arzonladi.
«Muruntov» oltin konida 2020 yilda 56,7 tonnaga yaqin oltin qazib olingan. Konning resurs-zaxiralari 4 ming tonna deya baholanmoqda.
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi O‘zbekistonga 15 mlrd yapon yenasi va 195 mln dollarga ikkita kredit ajratishga tayyor. Ushbu mablag‘lar koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlariga qarshi kurashish va shaffof bozor iqtisodiyotiga o‘tishni qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatilishi rejalashtirilgan.
«Yandeks.Lavka»da bo‘lim boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan Artashes Davtyan 15 martdan boshlab «Beeline Uzbekistan» bosh direktori sifatida ish boshlaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting