2021 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi deyarli 1,42 mlrd dollarni tashkil etib, 2020 yilning mos davriga nisbatan 336 mln dollarga oshdi.
Dollarning rasmiy kursi 10 so‘mga qimmatladi va jami 10 507 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham biroz qimmatladi, rubl esa arzonladi.
Prezidentga taqdimot qilingan Samarqand xalqaro aeroporti rekonstruksiyadan so‘ng yiliga 1,5 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishi kutilmoqda. «Air Marakanda» kompaniyasiga DXSH asosida 20 yilga aeroportni boshqarish huquqi beriladi. Kompaniya aeroport infratuzilmasini rivojlantirishga 80 mln dollar investitsiya kiritadi.
Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifini xalqaro aeroportning rekonstruksiya ishlari bilan tanishishdan boshladi. Sentyabr oyida foydalanishga topshiriladigan yangi aeroport soatiga 800 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega bo‘ladi. Prezident aeroport odamlar uchun qulay, xizmat ko‘rsatish esa sifatli va tezkor bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
Vizasiz sayohat qilish reytingida O‘zbekiston 85-o‘rinni egalladi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari 57 ta davlat hududiga vizasiz sayohat qilishlari mumkin. Birinchi o‘rinda Yaponiya bo‘lib, ushbu mamlakat pasporti fuqarolarga 193 ta davlatga vizasiz sayohat qilish imkonini bermoqda.
O‘zbekistonda Fransiyaning EDF kompaniyasi bilan hamkorlikda ilk gidroakkumulyatsiya elektrostansiyasi (GAES) quriladi. Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida qurilishi rejalashtirilayotgan Xo‘jakent GAESning loyihaviy quvvati 200 MVt ga teng.
Aprel oyi boshida O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari bir oyda 589,1 mln dollarga kamayib, 32,6 mlrd dollarga tushdi. Oltin hajmi oshganiga qaramasdan, qimmatbaho metall narxining tushishi bunga sabab bo‘ldi.
Dollarning rasmiy kursi 4 so‘mga qimmatladi va jami 10 497 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz qimmatladi.
Rosselxoznadzor 14 apreldan boshlab, O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasining kafolati bilan Farg‘ona, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlaridagi 17 ta korxonaga Rossiyaga pomidor va qalampirni yetkazib berishga ruxsat beradi. Shu kunga qadar Rossiyaga Farg‘ona viloyatidagi yettita korxonadan pomidor va qalampir olib kirishga ruxsat berilgan edi.
Uzcard va HUMO to‘lov tizimlarining terminallari yil oxirigacha har ikki turdagi kartalarni ham qabul qilishni boshlaydi.
Dollarning rasmiy kursi 17 so‘mga qimmatladi va jami 10 492 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz qimmatladi.
2021−2023 yillarda Toshkentda 10,7 mlrd dollarlik 1390 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish, 98 mingga yaqin ish o‘rinlarini ochish rejalashtirilmoqda. Jumladan, joriy yilda 4,1 mlrd dollarlik investitsiyalarni o‘zlashtirish hamda 27016 ta ish o‘rnini ochish mo‘ljallangan.
Alisher Usmonov fikriga ko‘ra, O‘zbekistonda sovet ittifoqidan so‘ng bo‘lgan turg‘unlikdan keyin endi haqiqiy iqtisodiy islohotlar boshlandi. «Ushbu islohotlarning tashabbuskori, birinchi navbatda, o‘z aholisining farovonligini oshirish, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari qo‘shnichilikni mustahkamlash bo‘yicha boshqaruvni olgan davlat rahbari hisoblanadi», — dedi u Shavkat Mirziyoyev haqida.
Toshkent-Andijon pullik avtobomil yo‘lining narxi texnik-iqtisodiy tadqiqotlar va uni qurish bo‘yicha xalqaro tender asosida belgilanadi, deya ta’kidladi Jahon banki vakili «Gazeta.uz» ga bergan intervyusida. Aytilishicha, ushbu yo‘l foydalanishga topshirilganidan so‘ng Toshkentdan Andijonga sayohat vaqti taxminan 2 soatga qisqaradi.
Madaniyat vazirligi mansabdorlari tadbirkorlik sub’ektini asossiz ravishda tanlovda g‘olib sifatida ko‘rsatganligi natijasida, musiqa asboblarini haqiqiy bozor bahosidan 792,2 mln so‘mga qimmat narxda sotib olgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Dollarning rasmiy kursi 2 so‘mga arzonladi va jami 10 475 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl kursi ham pasaydi, yevro esa biroz qimmatladi.
“Brodvey"dagi DXXning sobiq binosi, “Malika” bozori va boshqa obyektlar, shu jumladan birinchi prezidentning qizi Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan “Sijjak” dam olish zonasini sotib olishga arizalar qabuli boshlandi.
Dollarning rasmiy kursi 4 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 478 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham ko‘tarildi, rubl esa biroz arzonladi.
«O‘zavtosanoat» kompaniyasining Boston Consulting Group bilan hamkorlikda tashkil etilgan transformatsiya ofisi o‘z ishini boshladi. U ishlab chiqarish va biznes jarayonlarini modernizatsiya qilish hamda kompaniyani xususiylashtirish bosqichiga tayyorlashga yordam berishi kerak.
O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalari va vodorod energetikasini rivojlantirish maqsadida Energetika vazirligi huzurida Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting