Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha inspeksiya 2020 yilda davlat byudjetiga eng ko‘p tushum keltirgan 10 ta yirik soliq to‘lovchilarni e’lon qildi. Umumiy soliqlarning 63,3%ni to‘lagan yirik kompaniyalar ichida «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» eng ko‘p soliq to‘lagan.
Martdan boshlab Bahrayn Qirolligi, Qatar, Quvayt, Ummon Sultonligi va XXR, shu jumladan Xitoyning Gonkong va Makao maxsus ma’muriy hududlari fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etiladi.
Hozirgi gaz hajmi uchta O‘zbekiston uchun yetarli, deya ma’lum qildi energetika vaziri Alisher Sultonov. U aholi energiya manbalariga oqilonalik bilan munosabatda bo‘lishi zarurligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 95 million aholisi bo‘lgan va ishlab chiqarish rivojlangan Turkiya ham, 35 million aholisi bo‘lgan O‘zbekiston ham yiliga 45 milliard kubometr gaz iste’mol qiladi.
O‘zbek-afg‘on-pokiston muzokaralari natijasida deyarli 600 km uzunlikdagi «Mozori-Sharif — Kobul — Peshavor» temir yo‘llarini qurish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» qabul qilindi. Loyihani amalga oshirish uchun 5 yil ketishi mumkin. Bunga 4,8 mlrd dollar kredit mablag‘larini jalb qilish rejalashtirilmoqda.
Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida IKEA kompaniyasnining innovatsion mebel ishlab chiqarish fabrikasi quriladi. 52 mln dollarga baholangan loyiha uchun 5,5 gektar yer ajratiladi.
Andijon viloyatida trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi 126 million yevrolik to‘qimachilik kompleksi ishga tushiriladi. Toshkent viloyatida velosipedlar ishlab chiqariladi. Shu va boshqa investitsiya loyihalari prezidentga taqdimot qilindi.
Dollarning rasmiy kursi 9 so‘mga arzonladi va jami 10 530 so‘m etib belgilandi. Yevro ham biroz pasaydi, rubl kursi esa qimmatladi.
Farg‘ona viloyatidagi 76 ta sektorning har birida iqtisodiy kompleksning boshqaruv ofislari tashkil etiladi. 2021−2022 yillarda 949 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Cho‘l joylar, yaylov va adirliklarda 33 ming gektar yer o‘zlashtiriladi. Bundan tashqari, 16 ta oilaviy shifokorlik punkti va oilaviy poliklinikalarni tashkil etish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekistonda raqamli infratuzilmani rivojlantirish uchun yaqin ikki yil ichida 2,5 mlrd dollar jalb etiladi, deya ma’lum qildi bosh vazir Abdulla Aripov Olmaota shahridagi forumda. Ushbu mablag‘lar mobil aloqani modernizatsiya qilish, elektron hukumatni rivojlantirish va boshqa vazifalarga sarflanadi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi so‘rovining natijalariga ko‘ra, yanvar oyida ishbilarmonlik muhiti ko‘rsatkichi yaxshilangan. Eng sezilarli o‘sish qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalarida kuzatilgan.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi dekabr oyida o‘tkazgan o‘rganishlar natijasida iste’mol savati bir kishi uchun bir oyda 2 mln 157 ming so‘mni tashkil etmoqda. Unga ko‘ra, bir insonning oylik non iste’moli 10 donani tashkil etmoqda.
Farg‘ona viloyatidagi Oltiariq yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodi ishchilari deyarli 11 oydan beri korxonaga xom ashyo yetkazilmaganligini, ish to‘xtab qolib, mart oyidan ishchilar soni qisqartirilishi mumkinligini aytmoqda. Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi rahbariyati «Daryo» nashriga zavod yopilmasligini, ish o‘rinlari qisqartirilishi, lekin xodimlar ishdan bo‘shatilmasligini ma’lum qilgan.
Yanvar oyida inflyatsiya 1% ni tashkil etdi. Oziq-ovqat mahsulotlari 1,2 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,5 foizga, xizmatlar 1,4 foizga qimmatlashdi. Inflyatsiyaning asosiy omillaridan biri mevalar va sabzavotlar narxlarining mavsumiy o‘sishi bo‘ldi.
2020 yilda O‘zbekistondan avtomobillar eksporti pul ko‘rinishida 30,4 foizga, ya’ni 208,7 mln dollarga yetdi. Avtomobillar importi 2,3 baravarga ko‘p bo‘ldi. UzAuto Motors tomonidan eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil modeli — Cobalt.
Dollarning rasmiy kursi 21 so‘mga qimmatladi va jami 10 540 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz pasaydi.
«Texnopark» kompaniyasi elektron suv hisoblagichlarini ishlab chiqarishi mumkin. Loyiha qiymati 77,7 mlrd so‘mni tashkil etadi. Hokimlik tomonidan tashkil etilgan kompaniya aqlli gaz hisoblagichlari, kir yuvish mashinalari, muzlatgichlar, liftlar va boshqa texnika vositalarini ishlab chiqaradi.
Markaziy bank endilikda valyutalar kursini har bank ish kunida belgilab boradi. Hozir valyutalar kursi har seshanba kuni yangilanadi.
2020 yilda respublika bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi 2,67 mln so‘mni tashkil etib, 2019 yilga nisbatan 14,8 foizga o‘sdi. O‘zbekiston bo‘yicha eng yuqori ish haqi Toshkent shahri (3,99 mln so‘m), hamda Navoiy (3,5 mln) va Toshkent (2,87 mln so‘m) viloyatlarida qayt etilgan.
2020 yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi 580,2 trln so‘mni tashkil qildi. 2019 yil bilan solishtirganda o‘sish 1,6% ni tashkil qilgan.
Dollarning rasmiy kursi 18 so‘mga qimmatladi va jami 10 519 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham biroz ko‘tarildi, rubl esa arzonladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting