2021 yilda yuridik va jismoniy shaxslar uchun qishloq xo‘jaligi hisoblanmagan yerlarning mutlaq qiymatdagi bazaviy soliq stavkalari stavkalari belgilandi.
Mobil qurilmalar import qiluvchilariga IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish majburiyati yuklatildi. SIM-karta uchun birinchi slot 2019 yil 1 noyabrga qadar ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, ikkinchi slot bepul ro‘yxatga olinadi.
Go‘sht, baliq, sut, tuxum, yog‘ va boshqa tovarlarni mamlakatga import qilishda bojxona bojining nol stavkalari 2021 yil oxirigacha uzaytirildi.
Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi 1 yanvardan tugatiladi. Jamg‘armadagi o‘zlashtirilmagan va qoldiq mablag‘lar davlat byudjetiga o‘tkaziladi.
1 fevraldan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining oyligi hamda stipendiyalar 10%ga oshiriladi. Ushbu sanadan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori va bazaviy hisoblash miqdori ham oshirilmoqda.
Rosselxoznadzor 1 yanvardan Rossiyaga Farg‘ona viloyatidan quruq mevalarni olib kirishga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi. Cheklov 7 dekabrda o‘rnatilgan edi.
Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlarida davlat-xususiy sherikligi asosida umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalari quriladi. Loyiha boshlanishi 2021 yil fevral oyiga rejalashtirilgan.
O‘zbekiston hukumati «O‘zavtosanoat» kompaniyasini faqatgina elektromobillar ishlab chiqarishga o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, mamlakat ichida elektromobillarni sotib olishda va ularni vaqtinchalik olib kirishdagi yig‘imlar bekor qilinadi.
Demokratiyalashuv va erkinlik — bu shunchaki so‘zlar, qadriyatlar va tamoyillar emas. Demokratiyalashuv — iqtisodiy o‘sishning sababi. Tadqiqotchilarning buni qanday isbotlashganligini iqtisodchi Behzod Xoshimovning maqolasida o‘qing.
UzAuto Motors kompaniya haqida OAV va ijtimoiy tarmoqlarda «maxsus buyurtma» asosida turli bo‘hton va asossiz xabarlarning tarqatilganligini tak’idladi. Kompaniya bu nafaqat brend nufuziga, balki mamlakat iqtisodiyotiga ham salbiy ta’sirini ko‘rsatayotganligini ta’kidladi.
Davlat ishtirokidagi aksariyat korxonalar moliyaviy beqarorligi sababli u uchun og‘ir yuk bo‘lib qolmoqda, dedi Shavkat Mirziyoyev. Keyingi ikki yilda davlat ishtirokidagi korxonalar soni kamida 3 baravar kamaytirilishi rejalashtirilgan.
Control Union Central Asia kompaniyasi qishloq xo‘jaligi sohasida xalqaro GLOBAL G.A.P. va Organic sertifikatlarni olishni taklif qiladi.
Dollarning rasmiy kursi 3 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 476 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz pasaydi.
Shavkat Mirziyoyev 2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risidagi Qonunni imzoladi. Qonun bilan 2021 yil uchun respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlari tasdiqlandi.
Tojikistonning Xo‘jand shahriga O‘zbekiston tabiiy gazi yetkazib berilishi tiklandi. Ushbu gaz dastlab shahardagi sanoat korxonalariga, keyinchalik esa aholiga yetkazib berilishi rejalashtirilgan.
Savdo-sanoat palatasi raisi Adxam Ikromovning ta’kidlashicha, O‘zbekiston toifalar va tarmoqlar bo‘yicha tabaqalashtirilgan QQSga o‘tadi. Uning gaplariga ko‘ra, imtiyozlar va preferensiyalarga ega bo‘lgan kuchli o‘rta biznessiz mamlakat “hech qachon boshqa davlatlar bilan yetarlicha raqobatlasha olmaydi”.
«Rossiya temir yo‘llari» kompaniyasi O‘zbekiston va Tojikistondan keltiriladigan meva va sabzovot mahsulotlarini tashishda 50% lik chegirma joriy qildi. 2021 yil davomida to‘liq amalda bo‘ladi.
O‘zbekiston, Jahon banki, Masdar kompaniyasi (BAA) va Osiyo taraqqiyot banki 100 MVt kuchga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi ilk quyosh elektrostansiyasini moliyalashtirish bo‘yicha kredit va sug‘urta shartnomalarini imzolashdi. Navoidan 35 uzoqlikda joylashadigan stansiya 2021 yildan boshlab «Milliy elektr tarmoqlari» ga elektr energiyasini yetkazib beradi.
Dollarning rasmiy kursi 10 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 473 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham qimmatladi, rubl esa biroz pasaydi.
2020 yilning to‘qqiz oyida O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra 29,3 mlrd dollarni tashkil etdi. Davlat tashqi qarzining asosiy qismi Osiyo taraqqiyot banki (4,5 mlrd dollar), Jahon banki (3,1 mlrd dollar) va Islom taraqqiyot banki (0,9 mlrd. dollar) hissasiga to‘g‘ri keladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting