«Raqamli ishonch» jamg‘armasi «O‘zbekgidroenergo» ustav kapitalidagi davlat ulushiga ega bo‘ldi.
Prezident qarori bilan «O‘zyog‘moysanoat» uyushmasi tashkil etildi va 2022 yil 1 yanvargacha mol-mulk va foyda solig‘idan ozod etildi.
Prezident «Andijon-farm» erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.
DSQ tomonidan 2019 yilgi soliq siyosatidagi yangiliklarni soliq to‘lovchilariga yetkazish maqsadida ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.
Oliy Majlis Senati 100000 (yuz ming) so‘mlik banknot namunasi va dizaynini ma’qulladi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Rossiyaning «Metrovagonmash» AJ bilan yerosti metrosi uchun beshta sostav xarid qilish to‘g‘risidagi memorandumga erishdi.
Poytaxtning magistral kanallariga tutash hududlarda «Book cafye» va «Open air» kinoteatrlari tashkil etiladigan bo‘ldi.
Zarafshon milliy tabiat bog‘ida sayyohlar davomiy va qisqa muddatli dam olishi mumkin bo‘lgan kurort hudud tashkil etiladi.
YeTTB Tallimarjon IES uchun quvvati 900 MVt bo‘lgan gaz turbinalarini o‘rnatish uchun 240 mln dollargacha miqdorda kredit ajratmoqda.
Loyiha boshqaruvi milliy agentligining davlat xaridlari va litsenziyalash bo‘yicha vakolatlari boshqa davlat idoralariga o‘tkazildi.
Prezident farmoniga ko‘ra Iqtisodiyot vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi etib qayta tashkil etildi.
Toshkentda Hindiston bilan hamkorlikda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki tashkil etiladi.
O‘zbekiston 2019-yilda 4,2 mlrd dollarlik xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirishni ko‘zlamoqda. Investitsiyalarning yarmi hududlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
«Toshkent shahrida zamonaviy zargarlik buyumlari ishlab chiqarishni tashkil etish» investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Prezidenti raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha yangi bosqichma-bosqich tizim joriy etilishi muhokama qilindi.
Germaniyaning Deutsche Bahn temir yo‘l operatori «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishga yordamlashadi.
«Xufyona iqtisodiyot"ni qisqartirish bo‘yicha dastur ishlab chiqiladi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» sobiq «TAPOiCh» chorrahasidagi uch pog‘onali yo‘l o‘tkazgichni yil so‘nggida foydalanishga topshirishni rejalashtirmoqda.
Fuqarolarning bank kartalaridan qarzlarni so‘zsiz undirish to‘g‘risidagi nizom loyihasi uchun javobgar bo‘lgan DSQ boshqarma boshlig‘i ishdan bo‘shatildi.
Gruziyaning TBC banki o‘zining Space raqamli neobanki bilan O‘zbekiston bozoriga kirishga tayyor.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting