Toshkent shahar hokimligi huzuridagi raqamli situatsion markazini qurish uchun 100 mlrd so‘m sarflanadi. Loyihaning bosh pudratchisi sifatida Power Construction Planet tanlandi. Hukumat loyihani tanlovsiz amalga oshirishga ruxsat berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga safarini Shahrisabzdagi Oqsaroy Vortex MCHJda sintetik aralashmali ip va mato ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishishdan boshladi.
Joriy yilning 10 oy davomida 13,8 mln dollarlik 119,4 mingta televizor va 5,2 million dollarlik 32,4 mingta muzlatkich eksport qilindi. Bu yildan Gruziya va Turkiyaga ham ushbu mahsulotlar eksporti yo‘lga qo‘yildi.
1 yanvardan bojxona yig‘imlari stavkalari 20 tadan 12 taga qisqartirilmoqda. Fuqarolar shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kirayotgan tovarlar qiymatining boj to‘lanmaydigan qismidan ortig‘i uchun to‘lanadigan bojxona yig‘imlari ham kamaytiriladi.
«O‘zbekneftgaz» kompaniyasining UNG yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i orqali sotilayotgan AI-95 markali benzin narxi arzonlashtirildi.
Dollarning rasmiy kursi 12 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 378 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham qimmatladi.
Yanvar-sentyabr oylarida davlat byudjeti daromadlari 94,5 trln so‘mni tashkil etdi. Davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi soliq va bojxona tushumlariga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekistonda 1 mln so‘mgacha ish haqi oluvchilar soni 42,8 foizni, 5,5 mln so‘m va undan yuqori oluvchilar soni 6 foizni tashkil etadi.
Farg‘ona viloyatida «Yevro 4» va «Yevro 5» dizel yonilg‘isini ishlab chiqarish boshlandi. Investitsiyaviy loyihaning umumiy qiymati 300 mln dollarni tashkil etadi.
O‘zbekiston 9 oy davomida 7,8 mln tonna sement ishlab chiqarib, Afg‘oniston, Singapur, Rossiya, Xitoy, Turkiya kabi davlatlarga 24,2 mln dollarlik mahsulot sotdi.
O‘zbekiston bosh vaziri Qozog‘iston hukumati vakillarini qabul qildi. Uchrashuvda Qozog‘iston O‘zbekistonga bir qator takliflarni ilgari surdi.
AQSH Savdo vakolatxonasi O‘zbekistondagi ishchilar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha tekshiruvlarni yakunladi va mamlakatning AQSHga umumiy imtiyozlar tizimi bo‘yicha bojsiz mahsulot jo‘natish huquqini saqlab qoldi.
Markaziy bank 2 noyabrdan tijorat banklari orqali 999,9 soflikdagi oltin quymalarni maxsus himoya qadoqlarida sotuvga chiqara boshladi. Ularni xorijga olib chiqish ham mumkin.
Dollarning rasmiy kursi deyarli 7 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 366 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa arzonladi.
Oktabr oyida inflyatsiya 1,4 foizni tashkil etdi. Oziq-ovqat mahsulotlari 2,3 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,8 foizga, xizmatlar 0,7 foizga qimmatlashdi.
Ayrim transport vositalariga 2022 yil oxiriga qadar utilizatsiya yig‘imining nol stavkasi qo‘llaniladi.
O‘zbekiston iyul-sentyabr oylarida 35 tonna oltin sotib, bu borada dunyoda yetakchiga aylandi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinni Turkiya egallab turibdi.
O‘zbekistonda yetakchi investitsiya kompaniyalari bilan hamkorlikda 2021 yilda 2 ta, 2025 yilda 10 ta venchur jamg‘armalari tashkil qilinadi. Ilmiy tashkilotlar rahbarlari lavozimiga ustuvor ravishda ilm-fan tizimini boshqarish ko‘nikmasiga va iqtisodiy bilimga ega bo‘lgan yosh mutaxassislar tayinlanadi.
Moliya vazirligi 2021 yilgi davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini muhokamaga qo‘ydi. Hujjatga ko‘ra, YAIM 5,1 foizga o‘sadi, inflyatsiya 10 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Konsolidatsiyalangan byudjet xarajatlari 203,8 trln co‘mni tashkil qilishi kerak, bu joriy yilda prognoz qilingan xarajatlardan 25,5 foizga va belgilangan ko‘rsatkichlardan 5,6 foizga ko‘p.
Bir kun oldin imzolangan yashirin iqtisodiyotni qisqartirish to‘g‘risidagi prezident farmonida jismoniy shaxslarga o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar sifatida yo‘lovchilarga taksi xizmatini ko‘rsatish huquqini beruvchi qoidalar mavjud emas. Hujjat loyihasida esa shunday band mavjud edi. Moliya vazirligi buning uchun alohida mexanizm ishlab chiqilayotgani haqida xabar berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting