Markaziy bank boshqaruvining qaroriga asosan asosiy stavka 1 foizga pasaytirilib, 14 foiz etib belgilandi. Oxirgi marta MB asosiy stavkani aprel oyida 16 foizdan 15 foizgacha tushurgan edi.
O‘zbekiston xufiyona iqtisodiyoti 245 trln so‘mga teng deb baholandi. DSQ iste’molchilarni mahsulot yoki xizmat xarididan so‘ng chek so‘rashga chaqirdi.
Prezident qarori bilan «O‘zbekoziqovqatxolding» tugatilmoqda. Xoldingni o‘tgan yilning boshida tugatish rejalashtirilgan edi.
Farg‘ona viloyatidagi ishlab chiqarish korxonalarida 1,35 mlrd so‘mdan ortiq miqdordagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Qonun buzilishlarining asosiy qismini umumiy foydalanishdagi gaz tarmoqlariga ruxsatsiz ulanish, hisoblash uskunalariga, ularning muhrlariga qasddan zarar yetkazish, shuningdek, ulardagi ko‘rsatgichlarni o‘zgartirish uchun ruxsatsiz ta’sir o‘tkazish kabilar tashkil etdi.
O‘zbekiston iyul oyida 11,6 tonna oltin eksport qilib, dunyo mamlakatlari orasida oltin sotish bo‘yicha mutlaq yetakchiga aylandi.
AQSH milliy valyutasining rasmiy kursi yana kimmatlab, 10 274 so‘mni tashkil etmoqda. Yevro va rubl kurslari arzonladi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston savdo aylanmasini 1 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda. So‘nggi uch yil ichida ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 5 baravarga o‘sib, 2019 yil yakuniga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 818,4 mln dollarni tashkil etdi.
Hukumat 2020−2021 yillar uchun inqirozdan keyingi davrda iqtisodiyotni tiklash bo‘yicha ikki bosqichli dastur qabul qildi. Birinchi bosqichda e’tibor iqtisodiyotning o‘zini barqarorlashtirishga, ikkinchi bosqichda ― uning o‘sishini ta’minlashga qaratiladi.
Markaziy Osiyo davlatlari va AQSH oktyabrda savdo-sotiq va sarmoyalar doirasidagi kelishuv yuzasidan onlayn uchrashuv o‘tkazadi.
Uzbekistan Airways muntazam xalqaro reyslarni tiklamoqda. Hozirda Dubay, Frankfurt, Istanbul, Olmaota va Bishkekka amalga oshiriladigan reyslar rejalashtirilgan.
O‘zbekistonda Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi tashkil etiladi. Qorako‘l zotli qo‘ylarni ko‘paytirishga mo‘ljallangan barcha yaylovlar qo‘mitaning doimiy egaligiga o‘tkaziladi.
O‘zbekistonda valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartiblari soddalashtirildi. Jumladan, jismoniy shaxslar bilan valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda ulardan pasport nusxasi talab qilish bilan bog‘liq norma chiqarib tashlandi.
O‘zbekiston Global innovatsion indeks reytingida 131 davlat orasida 93-o‘rinni egalladi. So‘nggi besh yilda mamlakat ma’lumotlar yetishmagani sababli reytingga kiritilmagan edi.
Sentyabr oyi davomida yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi kerak bo‘lgan soliq to‘lovlari ro‘yxati e’lon qilindi.
AQSH milliy valyutasining rasmiy kursi 7 so‘mga qimmatlab, jami 10 270 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari arzonlashdi.
Shavkat Mirziyoyev poytaxt atrofida aylanma yo‘lni bosib o‘tib, metroning «Bodomzor» stansiyasidan yangi «Turkiston» stansiyasiga poyezdda bordi. Yunusobod yo‘lini yakunlaydigan ikkita yangi bekat kuniga 7500 yo‘lovchiga xizmat qiladi.
Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri hamda investitsiyalar va tashqi savdo vaziri bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Unda Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish, ikki davlat o‘rtasidagi savdo, transport va energetika masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida 10 yillik elektr energiyasini yetkazib berish to‘g‘risidagi bitim imzolandi.
«Taksi"lar faoliyatini litsenziyalashda qanday o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda? Jismoniy shaxslar ham endilikda litsenziyasiz qonuniy faoliyat olib borsa bo‘ladimi? Yuridik shaxslar uchun litsenziya olishda qanday yengilliklar joriy etilmoqda — huquqshunos Dilshod Shodiyev maqolasida.
2018 va 2020 yillar e’lon qilingan Doing Business reytingi hisobotida yuzaga kelgan xatolar sababli Jahon banki hisobot ma’lumotlarini qayta ko‘rib chiqadi. Hozircha tashkilot reytingni vaqtinchalik e’lon qilmaydigan bo‘ldi
Prezident Shavkat Mirziyoyev geologiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi oshirish maqsadida Davgeolqo‘m raisiga geologiya-qidiruv ishlarini 2 barobar kengaytirish, Namangan tajribasi asosida har bir hududda doimiy geologik ekspeditsiyalar tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting