Iqtisodiyot

BAAning Air Arabia aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi
22 sentabr 2020, 18:31

BAAning Air Arabia aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi

BAAning Air Arabia kompaniyasiga «Abu-Dabi — Toshkent — Abu-Dabi» yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi.

«Korporativ javobgarlikni rivojlantirishimiz kerak» — adliya vaziri
22 sentabr 2020, 18:05

«Korporativ javobgarlikni rivojlantirishimiz kerak» — adliya vaziri

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov mamlakatda yuridik shaxslarning jinoiy javobgarligi institutini joriy etish bo‘yicha rejalar haqida ma’lum qildi. Vazir AQSH va Niderlandiya hukumatlariga katta miqdorda jarimalar to‘lagan O‘zbekistondagi mobil operatorlar bilan bog‘liq korrupsion mojarolarni misol qilib keltirdi.

O‘zbekistonga 1,7 mln dollarlik elektromobillar import qilindi
22 sentabr 2020, 15:12

O‘zbekistonga 1,7 mln dollarlik elektromobillar import qilindi

O‘zbekistonga elektromobillar importi bir necha baravar o‘sdi. Mamlakatga 8 oy davomida 73 ta elektromobil olib kelingan. Bu o‘tgan yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 53 taga ko‘p.

Avgust oyida O‘zbekistonning oltin rezervlari 1 mln unsiyaga kamaygan
22 sentabr 2020, 11:55

Avgust oyida O‘zbekistonning oltin rezervlari 1 mln unsiyaga kamaygan

O‘zbekistonning rasmiy rezerv aktivlari 34,6 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Avgust oyida 1 mln unsiyaga teng bo‘lgan miqdorda oltin rezervlarining sotilishi evaziga valyutadagi rezervlar miqdori 1,8 mlrd dollarga ko‘payib, 15,4 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.

UzAuto Motors IPO o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda
22 sentabr 2020, 11:49

UzAuto Motors IPO o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

UzAuto Motors kompaniyasi IPO o‘tkazishga tayyorgarlikni boshladi. Kompaniya 10 foizgacha miqdorda qo‘shimcha aksiyalarini chiqarishni rejalashtirmoqda.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
21 sentabr 2020, 12:15

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

AQSH milliy valyutasining rasmiy kursi 20 so‘mga qimmatlab, jami 10 315 so‘m etib belgilandi. Yevro kursi ham bir oz ko‘tarildi, rubl esa pastladi.

O‘zbekiston avgust oyida rekord darajada oltin sotdi
21 sentabr 2020, 12:00

O‘zbekiston avgust oyida rekord darajada oltin sotdi

O‘zbekiston yanvar-avgust davri davomida 5,8 mlrd dollarga, avgust oyining o‘zida esa 2,5 mlrd dollardan ziyod summaga teng bo‘lgan miqdorda oltin eksport qildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 147,2% ni tashkil etib, 1,8 mlrd dollarga ko‘proq. Oltin eksporti jami eksport ulushining 50% ni tashkil etoqda.

Yoshlar media xoldingini tashkil qilish uchun 46 mlrd so‘m ajratish taklif qilinmoqda
18 sentabr 2020, 20:42

Yoshlar media xoldingini tashkil qilish uchun 46 mlrd so‘m ajratish taklif qilinmoqda

Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, joriy yil Yoshlar ishlari agentligi huzurida tashkil etiladigan Yoshlar media xoldingiga 46 mlrd so‘m ajratish taklif qilindi. Byudjet hisobidan moliyalashtirish miqdorini 2023 yilgacha bosqichma-bosqich qisqartirish rejalashtirilmoqda.

Turkmanistonning ECO-93 benzini ilk bor O‘zbekiston birjasiga qo‘yila boshlandi
17 sentabr 2020, 20:22

Turkmanistonning ECO-93 benzini ilk bor O‘zbekiston birjasiga qo‘yila boshlandi

Turkmanistonda ishlab chiqarilgan ECO-93 import benzini ilk bor O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi savdolariga qo‘yila boshlandi. Boshlang‘ich narxi 100 kg uchun 600 ming so‘mni tashkil etmoqda.

O‘zbekistonda avgust oyida ko‘proq Cobalt avtomobili ishlab chiqarildi
17 sentabr 2020, 15:51

O‘zbekistonda avgust oyida ko‘proq Cobalt avtomobili ishlab chiqarildi

O‘zbekistonda avgust oyida 7301 dona, yil davomida esa 52202 dona Cobalt avtomobili ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 144,9 foizlik o‘sish qayd etildi.

Moliya vaziriga o‘rinbosar tayinlandi
16 sentabr 2020, 13:41

Moliya vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

Prezident Administratsiyasida sho‘’ba yetakchi inspektori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Qurbanmurat Taparov moliya vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.

Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari bilan qator hamkorlikdagi loyihalar muhokama qilindi
15 sentabr 2020, 19:17

Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari bilan qator hamkorlikdagi loyihalar muhokama qilindi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida Rossiya bosh vazir o‘rinbosari Aleksey Overchuk boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar hamkorlik doirasidagi bir qator loyihalarni muhokama qilishdi. Xususan, soliq va bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha harakatlar rejasi ko‘rib chiqishdi.

O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish yanada pasayishi kutilmoqda — OTB
15 sentabr 2020, 14:15

O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish yanada pasayishi kutilmoqda — OTB

Osiyo taraqqiyot banki 2020 yilda O‘zbekiston YAIM hajmi o‘sishi bo‘yicha prognozini 0,5%gacha pasaytirdi. Tashkilotning yangi hisobotiga ko‘ra, bunga COVID-19 pandemiyasi, talabning sustligi, sanoat ishlab chiqarishi va xizmatlar sohasidagi pasayish sabab bo‘lmoqda. Biroq, 2021 yilda YAIM 6,5% gacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Suma Chakrabarti Shavkat Mirziyoyevning maslahatchisi etib tayinlandi
15 sentabr 2020, 11:34

Suma Chakrabarti Shavkat Mirziyoyevning maslahatchisi etib tayinlandi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining sobiq rahbari Suma Chakrabarti Shavkat Mirziyoyevning iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

UNG kompaniyasi Ai-92 benzini narxini arzonlashtirmoqda
14 sentabr 2020, 22:31

UNG kompaniyasi Ai-92 benzini narxini arzonlashtirmoqda

15 sentyabrdan boshlab UNG AYOQSHlarida import va mahalliy Ai-92 benzini narxi 5500 so‘mga qadar arzonlashtiriladi.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
14 sentabr 2020, 13:03

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

AQSH milliy valyutasining rasmiy kursi 21 so‘mga qimmatlab, jami 10 295 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari ham bir oz ko‘tarildi.

Škoda Kodiaq oktyabr oyida O‘zbekiston bozoriga sotuvga chiqadi
12 sentabr 2020, 13:26

Škoda Kodiaq oktyabr oyida O‘zbekiston bozoriga sotuvga chiqadi

Škoda brendi O‘zbekiston bozoriga yetti kishilik Kodiaq krossoveri bilan kirib kelmoqda. Rossiyadagi zavodda ishlab chiqarilgan avtomobilni xaridorlarga oktyabrdan yetkazib berish boshlanadi.

O‘zbekistonda to‘rt mavsumda foydalanish mumkin bo‘lgan transformer paxta terim mashinasi ishlab chiqarilmoqda
10 sentabr 2020, 22:57

O‘zbekistonda to‘rt mavsumda foydalanish mumkin bo‘lgan transformer paxta terim mashinasi ishlab chiqarilmoqda

Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodida AQSHning CNHI kompaniyasi bilan birgalikda TZST CE-220 paxta terish mashinasi — transformer ishlab chiqarilmoqda. Mazkur mashinadan chigit qadashdan tortib, hosilni yiqqunga qadar dala ishlarida foydalanish mumkin.

AQSH Davlat departamenti — O‘zbekistonning sarmoyaviy muhiti to‘g‘risida
10 sentabr 2020, 17:49

AQSH Davlat departamenti — O‘zbekistonning sarmoyaviy muhiti to‘g‘risida

AQSH Davlat departamenti hisobotida keltirilishicha, O‘zbekistondagi investitsiya muhitga davlat monopoliyalarining ustunligi, davlat xaridlarida shaffoflikning yo‘qligi va davlat korxonalari tomonidan shartnoma majburiyatlarining izchil bajarilmasligi salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

USAID Buxoro viloyatidagi Yomonjar kanalini tiklashga ko‘maklashdi
10 sentabr 2020, 16:20

USAID Buxoro viloyatidagi Yomonjar kanalini tiklashga ko‘maklashdi

AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Buxoro viloyatidagi Yomonjar kanalini qayta tiklash ishlarini moliyalashtirdi. 1978 yilda qazilgan kanalda gidropostlar qurilib, o‘zani betonlashtirildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting