Koronavirusga qarshi kurash tadbirlariga respublika bo‘yicha 16 mingga yaqin tibbiyot xodimi jalb qilinib, ularga qariyb 55 mlrd so‘m miqdorida maxsus rag‘batlantirish va qo‘shimcha kunlik to‘lovlar to‘lab berildi.
Prezident qaroriga binoan, O‘zbekistonda kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari tashkil etiladi, tumanlar hamda hududlar kartoshka yetishtirishga ixtisoslashtiriladi, kartoshkachilik sohasiga oid bir qator yangiliklar va imtiyozlar joriy etiladi. 2023 yil 1 iyulgacha chetdan olib kirilayotgan urug‘lik kartoshka bojxona bojidan ozod etiladi.
Andijon viloyatida mahalliy byudjetga qo‘shimcha manbalar hisobidan qariyb 112,4 mlrd so‘mlik manbasiz va maqsadsiz xarajatlarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi. To‘plangan materiallar viloyat prokuraturasiga taqdim etildi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” qoshidagi “O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj” korxonasi Sardoba suv ombori qurilishida bosh pudratchi bo‘lgan. 10 dan ortiq kompaniya esa — subpudratchi. Gidroinshoot qiymati 1,3 trln so‘mni (404 mln dollar) tashkil etgan.
Qanday qilib tadbirkor o‘z faoliyatini amalga oshirish paytida yengib bo‘lmas kuch (fors-major) holatlarini isbotlay oladi va fors-major holatlarida majburiyatlarni bajarmasa bo‘ladimi? Koronavirus pandemiyasi munosabati bilan tadbirkorlik sub’ektlari uchun eslatma.
Prezident uch smenada ish tashkil etgan tadbirkorlarga kechki smena uchun elektr tarifini 1,5 baravar kamaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Markaziy bank karantin davri tugaganidan so‘ng iqtisodiy tiklanish qancha davom etishi mumkinligi bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganib chiqdi. Unga ko‘ra, pandemiyadan eng ko‘p zarar ko‘rgan sohalarni tiklashga o‘rtacha 3−12 oy kerak bo‘ladi. Bunda, turizm, xizmatlar va chakana savdo hamda yo‘lovchi tashish sohalarida iqtisodiy faollik nisbatan sekin tiklanishi kutilmoqda.
Markaziy bank koronavirus pandemiyasi sababli 2020 yilda mamlakat yalpi ichki maxsulotining o‘sish sur’atlari ko‘zlangan 5,2−5,5 foizdan 1,5−2,5 foizgacha pasayishini kutmoqda. Shuningdek, transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi o‘tgan yilga nisbatan 30−35 foizga qisqarishi prognoz qilinmoqda.
Hukumat tomonidan 2030 yilgacha mamlakatni elektr energiya bilan ta’minlash strategiyasi qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2030 yilgacha elektr energiya ishlab chiqarishni 5900 MVt dan 29200 MVt gacha ko‘paytirish, tabiiy gaz sarfini qisqartirish hamda elektr energiyani uzatishda yo‘qotishlarni sezilarli darajada kamaytirish rejalashtirilgan.
Aholiga ajratiladigan ipoteka kreditlari, shu jumladan bugungi kunga qadar ajratilgan ipoteka kreditlari muddati 15 yildan 20 yilgacha uzaytiriladi. Shaharlarda 2 va undan ko‘p xonali kvartiralar uchun dastlabki badalning 10 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi.
Uzcard onlayn-omonatlar bo‘yicha banklardan 0.25 foiz miqdorida to‘lov olishni boshladi. Ushbu xizmatni ommalashtirish maqsadida 2018 yil sentyabr oyidan to‘lov olish to‘xtatilgan edi, lekin ba’zilar ushbu imtiyozdan soliq to‘lashni chetlab o‘tish maqsadida foydalanishmoqda, deya ta’kidladi Uzcard rahbari.
Turkiy kengash davlatlari transport vazirlari Transkaspiy xalqaro transport yo‘lagi orqali yuk tashishda o‘zaro imtiyozlar berishga kelishib oldi.
Jahon banki O‘zbekistonga koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yumshatish uchun qo‘shimcha 200 mln dollar ajratadi. Mablag‘lar sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlashga, shuningdek, iqtisodiy tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hozirda kuzatilayotgan iqtisodiy inqiroz inson sog‘ligi inqiroziga bog‘liqligini ta’kidladi. Bundan tashqari, ushbu inqiroz bir vaqtning o‘zida talab va taklifning qisqarishi bilan izohlanishi aytilmoqda. Kasallik tarqalishiga bog‘liq yuqori darajadagi noaniqliklar qaror qabul qilish uchun katta qiyinchiliklar keltirib chiqarayotganligi aytilmoqda.
Jahon banki O‘zbekistonning Mega-Mebiko kompaniyasini firibgarlik uchun o‘z loyihalarida ishtirok etishdan 30 oyga chetlashtirdi.
Shavkat Mirziyoyev dehqon va fermerlarga viloyatlar va tumanlar o‘rtasida harakatlanishga ruxsat berishni topshirdi. IIV ularning avtomobillarini postlarda kutib olib, yarmarka va savdo nuqtalariga qadar kuzatib boradi. Prezident vaziyat yaxshilanishi bilan 10 maydan so‘ng karantin bosqichma-bosqich yumshatilishini ma’lum qildi.
2020−2021 yillarda barcha qishloq va mahallalarni yuqori tezlikdagi internetga ulash hamda zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan barcha hududlarda foydalanish imkoniyatini ta’minlash belgilandi. Davlat organlari va tashkilotlaridagi barcha xat hamda yuridik hujjatlar faqat pochta orqali yetkazib beriladi.
Mudofaa vazirligi tomonidan hozirga qadar “Mehr-shafqat va salomatlik” jamg‘armasiga 2,143 mlrd so‘m o‘tkazib bergani ma’lum qilindi.
DSQ soliq organlari xodimlari tadbirkorlarga avtomobildan foydalanishga ruxsatnoma olish uchun yarim yillik soliqlarni avvaldan to‘lashni talab qilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Ishlayotgan pensionerlarga pensiyalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi orqali amalga oshiriladi. Ortiqcha pensiya to‘langanlarning qarzdorligi bekor qilinadi. Mikrofirmalar va kichik korxonalarga soliqlarni kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) berish muddati uzaytiriladi — prezident farmoni.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting