Jismoniy shaxslarning soliqqa tortilmaydigan eng kam daromadlari miqdori MHTEKMning 7,5 baravarigacha oshiriladi. Olingan xayriya yordamlariga esa daromad sifatida qaralmaydi — prezident pandemiya davrida aholi va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yana bir farmonni imzoladi.
29 aprel kunidan boshlab Ai-92 markali benzin narxi 5500 so‘m qilib belgilandi.
O‘zbekistonda startaplar to‘g‘risida qonun qabul qilinadi. Qonun loyihasiga ko‘ra, startaplar xodimlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etiladi. Startap kompaniyalar yer solig‘i, foyda solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va boshqa soliq to‘lovlaridan ozod etiladi. Qonun doirasida xorij fuqarolariga Startap vizalar berilishi ham rejalashtirilgan.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi yagona elektron chipta sotish tizimi operatorini tanlashda yangi davlat ishtirokidagi korxona tashkil etish maqsadga muvofiq emasligini bildirdi. Oldinroq Uzcard yagona elektron chipta sotish tizimi operatori bo‘lishi to‘g‘risidagi qaror loyihasi e’lon qilingan edi.
Jahon banki O‘zbekistonga 95 mln dollar miqdorida favqulodda moliyalashtirish mablag‘ini taqdim etdi. Ular sog‘liqni saqlash tizimini yaxshilash hamda kam ta’minlangan va himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
Moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isoqov XVJ 375 million dollar miqdorida kredit ajratishda O‘zbekistonga qo‘shimcha shartlar qo‘ymasligini va islohotlarni davom ettirishni talab qilayotganini aytdi. Shuningdek, u boshqa qarzlar tafsilotlariga ham to‘xtaldi.
Karantin choralarini yumshatish maqsadida faoliyatiga ruxsat berilgan savdo korxonalari uchun sanitariya talablari e’lon qilindi. Korxonalar har bir xaridor orasida 2 metr oraliq masofani saqlashlari, dezinfeksiyalash uchun maxsus o‘tish joylarini o‘rnatishlari va boshqa talablarga rioya qilishlari kerak.
Karantin choralarini yumshatish doirasida qurilish materiallari bozorlari, hunarmandlar, tijorat banklari shahoblachari, notaral idoralar, avtomobillarga xizmat ko‘rsatuvchi va boshqa ko‘plab tashkilotlarning faoliyatini tiklashga ruxsat berildi. Ruxsat berilgan tadbirkorlar sanitariya-epidemiologiya talablari asosida ishlarini tashkillashtirishlari belgilangan.
Moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isoqov elektr va gaz narxlarini liberallashtirish rejasi noma’lum muddatga qoldirilganini ma’lum qildi. “Gazeta.uz” ma’lumotlariga ko‘ra, fevralda energotashuvchilar tariflarini oshirish rejalashtirilgan edi.
TBC Uzbekistan iyundan ish boshlaydi. Bank naqd pul ko‘rinishidagi kreditlar, ish haqi garov kreditlari, avtokreditlar va boshqa xizmatlarni taklif qiladi. Bankka tegishli Payme kompaniyasi esa alohida ishini davom ettiradi.
O‘zbekiston koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yumshatish uchun 3,1 mlrd dollar jalb qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu mablag‘larning 277,5 mln dollari — sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash, 700 mln dollari — tadbirkorlikni, 300 mln dollari — kommunal va energetika korxonalarini qo‘llab-quvvatlashga sarflanadi. Davlat byudjetiga 1,8 mlrd dollar yo‘naltiriladi.
Google, Apple, Samsung, Netflix va boshqa kompaniyalar O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash uchun ro‘yxatdan o‘tishdi. Google 2020 yilning I-choragi yakunlariga ko‘ra davlat byudjetiga 85 ming yevro miqdorida mablag‘ to‘lagan.
Donald Tramp koronavirus pandemiyasidan keyin AQSH iqtisodiyotini tiklashga qaratilgan “Amerikaning buyuk iqtisodiy tiklanishi” loyihasiga jalb etiladigan shaxslar ro‘yhatini e’lon qildi. Unga Ilon Mask, Jeff Bezos, Mark Sukerberg va bir qator taniqli Amerikalik tadbirkorlar va davlat arboblari kirgan. Ularning asosiy vazifasi inqirozdan keyin AQSH iqtisodiyotini tiklash masalasida Trampga maslahat berish.
Xalqaro moliya tashkilotlari O‘zbekiston hukumatiga byudjetni qo‘llab-quvvatlash va Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasini moliyalashtirish uchun eng kamida 1,6 mlrd dollar kredit mablag‘larini taqdim etadi.
Prezident “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga kelgusi 5 yilda tayyor mahsulot ishlab chiqarishni 4−5 baravarga ko‘paytirish, tannarxni raqobatchilarga nisbatan arzonlashtirib, tashqi bozorlarni egallash bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shuningdek, YeI bozorlari uchun GSP+ maqomini olish hamda mahsulotlarni BSI standartlari asosida sertifikatlashni jadallashtirish topshirildi.
Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining hisobiga 3,5 trln so‘m kelib tushgan bo‘lsa, jamg‘arma xarajatlari esa 1,130 trln so‘mga teng bo‘ldi. Mablag‘larning katta qismi energetika sohasi barqarorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan.
Shavkat Mirziyoyev dehqon va ishlab chiqaruvchilarga murojaatida narx-navoni oshirish mutlaqo mumkin emasligi, chunki ularga davlat qo‘lidan kelgancha ko‘mak berayotganini ta’kidladi. Prezident so‘zlariga ko‘ra, bosh prokuror narx-navo bilan shaxsan shug‘ullanmoqda.
Jahon banki 2020 yilda pandemiya tufayli dunyo bo‘ylab pul o‘tkazmalari 20 foizga qisqarishini prognoz qilmoqda. Xususan, Rossiyada ishlaydigan mehnat muxojirlarning o‘tkazmalarining kamayishi Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyotiga salbiy tashqi shoklar ta’sirini kuchaytirishi mumkin.
Hukumat koronavirus pandemiyasi davrida tibbiy buyumlar uchun xom ashyo eksporti hamda sement importiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etmoqda.
Jahon banki O‘zbekistonga «COVID-19 koronavirusi infeksiyasiga shoshilinch javob» loyihasi uchun 95 mln dollar, «O‘zbekistonda bozor islohotlarining barqarorligini ta’minlash» loyihasini qo‘shimcha moliyalashtirish uchun esa 200 mln dollar, jami 295 mln dollar ajratishini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting