Toshkent-Andijon pullik avtomobil yo‘lini qurish loyihasi uchun PWC va Arup kompaniyalari tomonidan dastlabki texnik iqtisodiy hisob-kitob hujjatlari tayyorlanmoqda.
O‘zbekiston hukumati va Jahon banki milliy fuqarolik aviatsiyasini modernizatsiya qilishda ko‘mak berish maqsadida bitim imzoladi. Bu tomonlar o‘rtasida tuzilgan ikkinchi kelishuvdir.
Humo Air aviakompaniyasi ichki reyslarda arzon narxlarni taklif qilib, turizmni rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda, yozmoqda Spot.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati aholisini elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qoplash maqsadida yirik loyiha amalga oshirilmoqda. Uning birinchi bosqichi yakunlangan.
Prezident parlamentga murojaatida tadbirkorlarni ko‘p qiynaydigan soha — litsenziyalash va ruxsatnomalar berish tartiblarini jiddiy o‘zgartirilishi ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va inflyatsiyani jilovlash — iqtisodiy islohotlar jarayonidagi bosh vazifa ekanini aytdi.
Shavkat Mirziyoyev parlamentga yo‘llayotgan murojaatnomasida O‘zbekistonda o‘tgan yili iqtisodiy o‘sish 5,6 foizni tashkil etganini bildirdi.
Vazirlar Mahkamasi yangi Humo Air aviakompaniyani tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Kompaniya muassisi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bo‘ladi.
Barcha yirik korxonalarning har yili majburiy audit tekshiruvidan o‘tishi belgilandi. Kapital bozorni rivojlantirish agentligi ushbu o‘zgarishdan ko‘zlanayotgan maqsadni ochiqladi.
O‘tgan yili o‘zbekistonliklar tovarlar va xizmatlar uchun naqd pulda to‘lashni afzal ko‘rishdi. Kartochkalardan yechib olingan mablag‘lar hajmi 36,6 trln. so‘mni tashkil etdi, bu 2018 yilga nisbatan 18,5 foizga ko‘pdir.
O‘tgan yili o‘zbekistonliklar import mashinalarga oldingi yilga nisbatan qariyb 1,4 baravar ko‘proq — 440 million dollar sarfladi.
Toshkent hokimiyatida Starbucks qahvaxonasi tarmog‘ini ochish istiqbollarini muhokama qilindi. Alshaya Group chakana franshizalar operatori hujjatlarni tayyorlash va joylashuvni tanlash to‘g‘risida ma’lum qildi.
Yakkasaroy kichik sanoat zonasidagi korxonalarni Sergeli tumanidagi yangi sanoat markaziga ko‘chirish rejalashtirilmoqda. Zavod joylashgan joyda Day and Night biznes markazini qurish mo‘ljallanmoqda.
2019 yil mobaynida iqtisodiy sudlar tomonidan 197 291 ta ish ko‘rib chiqilib, hal etildi. Ko‘rilgan ishlar soni 2018 yilga nisbatan 51 foizga kamaygan.
Abdulla Aripov parlament palatalarining qo‘shma majlisida Vazirlar Mahkamasining yaqin va o‘rta istiqbolga mo‘ljallangan Harakat dasturi haqida nutq so‘zladi. Uning qisqacha bayonini bilan tanishing.
Payme aksiyalarining 51 foizini sotib olgan Gruziyaning TBC Bank banki O‘zbekistonda tijorat bank tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomaga ega bo‘ldi.
Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekistonda talab keskin ortib ketgani sababli chorva mollari eksportini butunlay taqiqlashga qaror qildi. Vaziyat qo‘shni mamlakatda go‘sht narxiga ta’sir ko‘rsatdi.
Samarqand shahrida tramvay vagonlariga texnik xizmat ko‘rsatish, tozalash va yuvish sexlari qurish uchun 7 milliard 700 million so‘mmablag‘ ajratiladi.
Bosh vazir Abdulla Aripov 2025 yilga borib tabiiy gazni eksport qilishni to‘xtatilishini, tabiiy gazni qayta ishlab, qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish choralari ko‘rilishini bildirdi.
Bosh vazir lavozimiga nomzod Abdulla Aripov umumiy foydalanishdagi va mintaqaviy ichki yo‘llar hamda ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlar rekonstruksiya qilinishi va ta’mirlanishini bildirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting