O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobil yoqilg‘isi, alkogol va sigaretlar aksiz solig‘i 2020 yildan oshirilmoqda.
Turizm qo‘mitasi barcha ta’lim muassasalarida besh kunlik o‘quv haftasiga o‘tish hamda yozgi ta’til muddatini qisqartirish hisobiga qishgi ta’tilni uzaytirishni taklif qildi.
«O‘zneftgazinspeksiya» tomonidan bir hafta ichida 7 mlrd so‘m miqdoridagi gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
«Davlat ishtirokini hech zarurat bo‘lmagan sohalarda ham saqlab turibmiz», — dedi prezident davlat ishtirokidagi korxonalar samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda.
O‘zbekiston prezidenti qarori bilan uchta pulli avtoyo‘l va ikkita pulli tunel qurish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tasdiqlandi.
Mahalliy kengashlarga avtotransportga egalik qilish uchun yillik yig‘im hamda yoqilg‘i uchun (yoqilg‘i birligi uchun 25 so‘mgacha) maxsus yig‘im joriy etishga ruxsat berildi. Ushbu yig‘imlar mintaqaviy yo‘llarni rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Banklar ayrim filiallari, mini bank va operatsion kassalarini yopmoqda. Yirik filiallar zarar bilan ishlayotgani sababli ular o‘rniga bank xizmatlari ofislari tashkil etilmoqda.
Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev tadbirkorlarga murojaatida yer ajratish va qurilish sohasidagi muammolarni sanab o‘tdi. U adolatli sharoitlarni yaratish va poytaxt bosh rejasini ishlab chiqishni tezlashtirishga va’da berdi.
Eronning Zagros Airlines aviakompaniyasi 9 dekabr kuni Tehron-Toshkent-Tehron yo‘nalishida birinchi parvozni amalga oshirdi. Qatnovlar hozircha haftada bir marta amalga oshiriladi.
Oliy Majlis deputatlari yangi tahrirdagi Soliq kodeksini qabul qildi.
Samarqand viloyatida Hollywood nusxasidagi kino olish shaharchasi — Cinema City Sollywood quriladi. 45 mln dollarlik loyiha dam olish va istirohat bog‘lari, akvapark va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston prezidenti 2021 yildan bukmekerlik idoralarini ochishga ruxsat beruvchi farmonni imzoladi.
Toshkent viloyatidagi avtomobillarga gaz quyish stansiyalarida gaz hisoblash uskunalariga ta’sir ko‘rsatish orqali 30,4 mlrd so‘mlik gaz talon-taroj qilingani aniqlandi.
Dekabrdan Mastercard kartalari egalari Humo terminallari orqali to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.
«Milliy bank» unitar korxonadan aksionerlik jamiyati shaklida qayta tashkil etildi. Asosiy faoliyat turi bilan bog‘liq bo‘lmagan aktivlari sotiladi.
Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev davlatning iqtisodiyotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuvini qisqartirish kerakligini bildirdi.
Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov 2020-yil 1-iyulgacha vazirlik va idoralar tasarrufidagi barcha jamg‘armalar budjet tarkibiga kiritilishini ma’lum qildi. U budjetdan tashqari mablag‘larni o‘z xohishiga ko‘ra sarflash mumkin, degan fikr noto‘g‘riligini ta’kidladi.
Qozog‘istonlik tadbirkor, Forbes Kazakhstan va Forbes Georgia noshiri Armanjan Baytasov Forbes Uzbekistan jurnali chop etilishini ma’lum qildi. Ilk sonning mart oyida nashr etilishi kutilmoqda.
2020 yildan bir kub metr yog‘och-qirindili plitalar hamda ularning muqobil turlariga 25 dollar miqdorida aksiz solig‘i joriy etish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni esa soliqlar va bojlardan ozod qilish taklif etilmoqda.
«KamAZ» Samarqand viloyatida yangi yig‘ish liniyasini ochib, ishlab chiqarish quvvatini ikki barobarga oshirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting