O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarada xalqaro ulgurji va chakana savdo markazini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
So‘nggi yillarda avtomobil yo‘llariga ko‘p miqdorda mablag‘ ajratildi, biroq ko‘plab yo‘llar bugun talablarga mutlaqo javob bermaydi, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mahalliy undan “buxanka” non ishlab chiqaruvchilar 2020-yil 1-iyuligacha QQSdan ozod qilindi.
Shahrisabzda o‘tgan Qashqadaryo investitsiya forumida 302,6 mln dollarlik 25 ga yaqin hujjatlar imzolandi.
Markaziy bank import bo‘yicha hisob-kitoblar uchun konvertatsiyaga cheklovlar kiritilgani to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirdi: banklar valyutani cheklovlarsiz sotmoqda, biroq…
Qozog‘iston O‘zbekistonda talab kuchayib ketgani sababli sigirlarni mamlakatdan olib chiqishni chekladi va chorva eksportini to‘liq taqiqlashni ko‘rib chiqmoqda.
1 oktyabrdan boshlab xalqaro kartalardagi mablag‘larni bankomatlar orqali faqat so‘mda yechib olish mumkin. Markaziy bank buni xalqaro amaliyot bilan bog‘ladi.
O‘zbekistonning tashqi qarzi yil boshidan 20 foizga yoki 3,4 mlrd dollarga oshdi.
Prezident 1 oktyabrdan QQS stavkasini 20 foizdan 15 foizga tushirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. 2020 yilda yuridik shaxslar foyda solig‘iga 15 foizlik bazaviy stavka o‘rnatish rejalashtirilmoqda.
“O‘zenergoinjiniring” va Fransiyaning Assystem kompaniyasi elektr tarmoqlari va energetika obyektlarini loyihalashtirish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi.
Toshkentdan Qozog‘istonning Xorgos va Petropavlsk shaharlariga muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi.
Martdan boshlab kecha-kunduz ishlaydigan hojatxonalari bo‘lmagan AGTKS, AGQS va AYOQSlarning faoliyat ko‘rsatishi taqiqlanadi. Ular egalariga savdo va ovqatlanish shoxobchalarini ochish tavsiya qilindi.
Xitoyning Liaoning Leader kompaniyasi Buxoro viloyatida 1,8 mlrd dollarlik shamol elektr stansiyasini qurishga kirishdi.
Sobiq Chorsu mehmonxona kompleksi 1 so‘mga teng qiymatdagi boshlang‘ich narxda sotuvga qo‘yildi.
Antimonopoliya qo‘mitasi «O‘zstandart» agentligiga iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi hujjat loyihasining bir qator bandlarini qayta ko‘rib chiqishni tavsiya qildi. Ular iste’molchilar manfaatlariga zid kelishi va korrupsiyani keltirib chiqarishi mumkin.
Toshkentning Qoratosh mavzesida «Tatneft»ning O‘zbekistondagi birinchi flagman yoqilg‘i quyish shoxobchasini ochdi. Stansiyada AI-100 benzini ham sotiladi.
Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi loyihasining eng muhim yo‘nalishlari — ekin yerlarini auksion orqali berish, paxta va bug‘doyga davlat buyurtmasini bekor qilish va boshqalar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Uch yillik «investor vizasi» joriy etilmoqda. U O‘zbekistonga 1,7 mlrd so‘mdan (183,1 ming dollar) ortiq sarmoya kiritgan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga rasmiylashtiriladi.
3,2 mln gektar yerga 46 mlrd kub metr suv sarflanib, uning 60 foizi ekinlarga yetib boryapti, xolos. Prezident suvlardan foydalanish samaradorligini oshirishni topshirdi.
Endilikda, yakka tartibda va qishloq joylarda namunaviy qurilgan arzon uy-joylar uchun ipoteka kreditlari 2 yillik imtiyozli davr bilan 20 yil muddatga beriladi. Ipoteka kreditini olish uchun yosh chegarasi belgilandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting