Qonunchilik palatasi 2023 yilgi davlat budjetini 3 soatdan kam vaqt ichida (3 o‘qishda) muhokama qildi va tasdiqladi. Qonun loyihasining o‘zi salkam bir hafta oldin quyi palataga kiritilgandi va jamoatchilik muhokamasiga ham taqdim etilmagandi. Hujjat deyarli bir ovozdan, tanqidlarsiz qabul qilindi.
Tijorat banklari 22 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 245 — 11 280 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 310 so‘m.
O‘zbekiston noyabrda Xitoyga 39,6 mln dollarlik gaz eksport qilganini ma’lum qildi. Xitoy tomoni esa qariyb uch baravar yuqori — 114,2 mln dollarlik ko‘rsatkichni keltirdi. Davlat statistika qo‘mitasi bu farq bo‘yicha izoh berdi.
Hukumat qarori bilan ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar narxlari sun’iy oshirilib, bozorlarda ajiotajlar yuzaga kelgan taqdirda, vakolatli organlar kompaniyalar binolariga kirish hamda omborlarda xatlov o‘tkazish huquqiga ega bo‘ldi.
21 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan o‘zbek-qozoq biznes-forumi yakunlari bo‘yicha Samarqand va Turkiston shaharlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida bitim imzolandi. Shuningdek, tomonlar qiymati $3 mlrddan ortiq bo‘lgan loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi.
O‘zbekiston Qirg‘izistonga Turkmaniston gazidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini Sirdaryo daryosini suv bilan ta’minlovchi To‘xtagul suv omborida suv sathining keskin pasayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun yetkazib berdi.
Tijorat banklari 21 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 260 — 11 300 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksar banklarda 11 335 so‘m.
Prezident kelgusi uch yilda barcha davlat tashkilotlarida quyosh panellari va issiq suv kollektorlari o‘rnatilishini ta’kidladi. Buning uchun $2 mlrd investitsiya jalb qilinadi. Natijada 60 foiz elektr va gaz iste’moli «yashil energiya»ga o‘tkazilishi kutilmoqda.
Tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, UzAuto Trailer korxonasi ustav fondidagi 100 foiz davlat ulushi 561,1 mlrd so‘m evaziga Tataristonning «Ximgrad» texnopolis sanoat parkiga sotildi. Korxonani mustaqil baholash ishlari PricewaterhouseCoopers tomonidan amalga oshirildi.
Tijorat banklari 20 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 250 — 11 300 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksar banklarda 11 345 so‘m.
O‘zbekiston prezidenti elektromobillar ishlab chiqarishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Xaridorlarga mahalliy elektromobillarni xarid qilishda kredit foizlarining bir qismi qoplanadi. Shuningdek, davlat idoralari va hokimliklar uchun elektromobillar xarid qilinadi.
2024 yildan boshlab barcha yangi savdo, ko‘ngilochar va biznes markazlari, yoqilg‘i quyish shoxobchalari, mehmonxonalar va avtomobil yo‘llar bo‘yidagi infratuzilmalarda majburiy tartibda elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari joylashtiriladi. Ikki yil ichida 2400 ta stansiya quriladi.
2023 yildan boshlab tadbirkorlar uchun QQS stavkasi 15 foizdan 12 foizga tushirilishi natijasida ular ixtiyorida qo‘shimcha 13 trln so‘m aylanma mablag‘ qolishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, 1 apreldan boshlab budjet mablag‘lari hisobidan ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha QQS imtiyozlari bekor qilinadi.
Moliya vaziri Timur Ishmetov quyi palataning navbatdagi yig‘ilishida kelgusi yilda budjet daromadlari 311 trln so‘m miqdorida, xarajatlar esa 344 trln so‘m miqdorida rejalashtirilganini ma’lum qildi. Konsolidatsiyalashgan budjet miqdori 32,5 trln so‘m yoki YAIMga nisbatan 3% taqchillik bilan shakllantirildi.
2022 yilgi davlat budjetiga bog‘chalar uchun subsidiyalar, issiqlik ta’minoti tariflari uchun kompensatsiyalar va boshqa maqsadlar uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratish hisobiga xarajatlarni oshirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritilishi ko‘zda tutilgan.
O‘zbekistonda xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar uchun iste’mol krediti ajratish rejalashtirilmoqda. Deputat Doniyor G‘aniyevning qayd etishida, odamlar chel el elektromobillari yoki maishiy texnikalarini sotib olish uchun iste’mol krediti olisholmagani sabab, ularni faqatgina muddatli to‘lovga olishmoqda.
Tijorat banklari 19 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 210 — 11 280 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 320 so‘m.
Quyi palataning budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi 15-dekabrga qadar qabul qilinishi kerak bo‘lgan 2023-yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi loyihani ko‘rib chiqmoqda. Hujjat jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilmadi.
JB strategik islohotlarni amalga oshirishda O‘zbekistonga $470 mln imtiyozli va $480 mln qiymatdagi past stavkali kreditlar taqdim etishni ma’qulladi. Ushbu mablag‘lar Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi va Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan 12 yildan 34 yilgacha muddatga beriladi.
Respublika Markaziy banki litsenziya olingan kundan boshlab bir yil davomida to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirmagani uchun International Eco Pay, Panda Internet Technology va UGNIS korxonalarining litsenziyalarini chaqirib oldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting