Toshkentda «Qishloq xo‘jaligini isloh qilishda Xitoy Xalq Respublikasi tajribasi va uni O‘zbekiston Respublikasida qo‘llash imkoniyati» mavzusida o‘zbek-xitoy konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.
Bank faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi.
O‘zbekistonning to‘rtta viloyatidan Xitoyga qovun eksport qilinadi.
Timur Azamatov yetti oy o‘tib Mirzo Ulugbek Innovation Center direktori lavozimini tark etdi. Uning o‘rnini Doniyor Junaydullayev egalladi.
Oktyabrda Toshkentda ilk bor chek asosidagi yutuqli o‘yinlar o‘tkaziladi. Uning o‘tkazilishi uchun 1 mlrd so‘m ajratiladi.
Atom elektr stansiyasi qurilishi uchun tanlangan Tuzkondagi maydoncha MAGATEning qurilishni so‘roq ostida qoldirishi mumkin bo‘lgan 15 ta noqulay omildan 14 tasidan holi ekani aniqlandi.
Afg‘onistondan O‘zbekiston hududi orqali yarim qayta ishlangan talk mineral toshi ortilgan ilk konteyner poyezdi Xitoyga yo‘l oldi.
Ikkinchi chorakda aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining inflyatsion kutilmalari yuqori darajada qolayotgani so‘mning kuchsizlangani hamda ish haqlari va kommunal to‘lovlarning oshirilishi bilan izohlandi.
Ayrim hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi natijasida chet el valyutasida davromad oluvchi YATTlar, shuningdek fermer xo‘jaliklari o‘z hisobvaraqlaridagi mablag‘larni faqat milliy valyutada yechib olishi belgilandi.
Prezident farmoni bilan «Nukus-farm» erkin iqtisodiy zonasi «Nukus» erkin iqtisodiy zonasiga aylantirildi.
“Rosatom” O‘zbekistonda 2020-yil boshidan atom elektr stansiyasi qurilish maydonchasida ishlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda, deya ma’lum qildi korporatsiya rahbari Aleksey Lixachyov.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» chiptalar sotiladigan saytini yangiladi. Internet orqali sotib olingan chipta kassadan olingan chiptaga qaraganda arzonroq bo‘ladi.
Andijonda kuniga 15 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishga qodir aeroport qurish rejalashtirilmoqda. Vodiydan Rossiya, Turkiya, BAA va Janubiy Koreyaga parvozlar amalga oshiriladi.
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi hujjat bo‘ladi. Soliqlar soni qisqarib, maxsus soliq rejimlari bekor qilinmoqda.
Chet ellik sarmoyadorlar Jizzax viloyatida 1,1 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risidagi biimlarni imzoladi.
Hindistonning Minerva world of knowledge kompaniyasi poytaxtning Sergeli tumanida uy-joylar, yangi universitet va boshqa obyektlar qurilishiga 500 mln dollarlik sarmoya kiritadi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Xitoyning CITIC korporatsiyasi ustav jamg‘armasi 1 mlrd dollarga teng investitsiya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Xitoy Davlat taraqqiyot banki 500 million Xitoy yuani miqdorida kredit shartnomasini imzoladi.
NKMK oltin rudalarini qayta ishlash bo‘yicha yangi majmuani ishga tushirdi. Yangi texnologiyalar tayyor mahsulot olish darajasini 11 foizga oshiradi.
«Ipoteka-bank» va «Xalq banki»ga undirilishi taqiqlangan to‘lovlar mavjud bo‘lgani, «Davr-bank"ka xizmat ko‘rsatishda qonunga rioya qilmagani uchun jarima sanksiyalari qo‘llanildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting