Iqtisodiyot

«Ipoteka-bank»dagi davlat ulushining 75 foizi OTP Bank’ga sotildi
12 dekabr 2022, 13:03

«Ipoteka-bank»dagi davlat ulushining 75 foizi OTP Bank’ga sotildi

12 dekabr kuni Vengriya va O‘zbekiston vakillari ishtirokida «Ipoteka-bank»ni xususiylashtirish shartlari bitimi bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasini imzolandi. Bitimning moliyaviy yakuni 2023 yilning birinchi yarmida amalga oshirilishi kutilmoqda.

Shuhrat G‘aniyev: Bu yil 22 mln tonnadan ortiq meva-sabzavot, 2,7 mln tonna go‘sht olishga erishildi
12 dekabr 2022, 12:17

Shuhrat G‘aniyev: Bu yil 22 mln tonnadan ortiq meva-sabzavot, 2,7 mln tonna go‘sht olishga erishildi

Bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyevning aytishicha, 2022 yil qishloq xo‘jaligi xodimlari uchun haqiqiy sinov yili bo‘ldi. Biroq shunday og‘ir yilda ham barcha tarmoqlarda yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi. 22 mln tonnadan ortiq meva-sabzavot, 2,7 mln tonna go‘sht, 3,5 mln tonna paxta olishga erishildi, dedi u.

Yanvar-noyabr oylarida respublika bo‘ylab qurilish kompaniyalari 6,6 trln so‘m soliq to‘lagan
12 dekabr 2022, 10:40

Yanvar-noyabr oylarida respublika bo‘ylab qurilish kompaniyalari 6,6 trln so‘m soliq to‘lagan

1 dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 17 467 ta korxona tomonidan 6,6 trln so‘m soliq to‘langan. Xususan, umumiy soliq tushumlarining 41,1 foizi yoki 2,7 trln so‘mi Toshkent shahri hisobiga to‘g‘ri keladi.

Banklar dollarni sotish va sotib olish kurslarini e’lon qildi
12 dekabr 2022, 09:55

Banklar dollarni sotish va sotib olish kurslarini e’lon qildi

Tijorat banklari 12 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 215 — 11 275 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 315 so‘m.

UzAuto Motors Cobalt va Lacetti uchun arizalar qabul qilishni to‘xtatdi
12 dekabr 2022, 08:08

UzAuto Motors Cobalt va Lacetti uchun arizalar qabul qilishni to‘xtatdi

UzAuto Motors kompaniyasi Cobalt va Lacetti avtomobillari uchun shartnoma tuzishni to‘xtatdi. Shunday qilib, xaridorlar uchun hamyonbop modellardan faqat Onix qoldi.

Bank sohasidagi kibertahdidlarga qarshi kurashish uchun sayt ishga tushirildi
10 dekabr 2022, 16:57

Bank sohasidagi kibertahdidlarga qarshi kurashish uchun sayt ishga tushirildi

O‘zbekiston Markaziy banki bank sektoridagi kibertahdidlar haqida ogohlantirish va ularning oldini olish bilan shug‘ullanuvchi Kiberxavfsizlik markazi (CERT-CBU) saytini ishga tushirdi. Saytda soxta (feyk) havolalarni ham tekshirish mumkin.

O‘zbekistonda AI-80 benzini narxi 5500 so‘mgacha arzonlashishi kutilmoqda
10 dekabr 2022, 11:00

O‘zbekistonda AI-80 benzini narxi 5500 so‘mgacha arzonlashishi kutilmoqda

O‘zbekistonda AI-80 benzini uchun aksiz solig‘ining bekor qilinishi uning 1000−1200 so‘mgacha arzonlashishi hamda AYOQSHlarda 5500 so‘m atrofida sotilishiga olib kelishi kutilmoqda.

«G‘isht zavodining noqonuniy ulanishidan prokurorning manfaati bormi?» — PA rahbari
10 dekabr 2022, 07:58

«G‘isht zavodining noqonuniy ulanishidan prokurorning manfaati bormi?» — PA rahbari

Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov Toshkent viloyati prokurori Olmaliqdagi gazga noqonuniy ulanib olgan g‘isht zavodini uzib qo‘ymaslikni so‘raganini ma’lum qildi. «Bunaqalarning orqasida kimlar turganigacha topamiz. U hokim bo‘ladimi, prokuror yoki soliqchimi, farqi yo‘q», — dedi u.

«Bu energetik alyans bo‘lishi mumkin». Putin Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi gaz ittifoqi haqida
9 dekabr 2022, 22:03

«Bu energetik alyans bo‘lishi mumkin». Putin Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi gaz ittifoqi haqida

RF prezidenti Vladimir Putin yana O‘zbekiston va Qozog‘iston bilan gaz bo‘yicha hamkorlik masalasini ko‘tardi. Uning qayd etishicha, bu davlatlar iqtisodiyotida gazga bo‘lgan talab ortib bormoqda, shu bilan birga, eksport majburiyatlari ham mavjud.

O‘zbekiston Turkmanistondan elektr energiyasi importini oshirdi
9 dekabr 2022, 20:06

O‘zbekiston Turkmanistondan elektr energiyasi importini oshirdi

Turkmaniston O‘zbekistonga sutkalik elektr energiyasi yetkazib berish hajmini qariyb 17 foizga — 20−21 mln kVt/soatgacha oshirdi.

Farg‘ona NQIZda benzin va suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmi oshirilmoqda
9 dekabr 2022, 19:24

Farg‘ona NQIZda benzin va suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmi oshirilmoqda

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida AI-80 markali benzinning sutkalik ishlab chiqarish hajmi 850 tonnadan 1000 tonnaga, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmi esa 30 tonnadan 50 tonnaga oshirilmoqda.

Yetarli miqdordagi tabiiy gaz importi yo‘lga qo‘yilsa, gaz bilan bog‘liq muammolar yechiladi — Sherzod Xodjayev
9 dekabr 2022, 17:19

Yetarli miqdordagi tabiiy gaz importi yo‘lga qo‘yilsa, gaz bilan bog‘liq muammolar yechiladi — Sherzod Xodjayev

Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev yetarli miqdordagi tabiiy gaz importi yo‘lga qo‘yilsa, issiqlik elektr stansiyalari belgilangan reja asosida kerakli hajmda elektr energiyasini ishlab chiqarilishini ma’lum qildi. Shuningdek, u qazib olinayotgan gaz to‘liq ichki iste’molga yo‘naltirilayotganini aytdi.

Narxni oshirgan va sifatsiz mahsulot sotgan 299 ta AYOQSHga benzin yetkazib berish to‘xtatildi
9 dekabr 2022, 14:20

Narxni oshirgan va sifatsiz mahsulot sotgan 299 ta AYOQSHga benzin yetkazib berish to‘xtatildi

Energetika vazirligi huzuridagi «Neftgazinspeksiya» olib borgan o‘rganishlar davomida 299 ta AYOQSHlarda narxni asossiz oshirgani, bundan tashqari, 15 mln litrga yaqin sifatsiz neft mahsulotlari aniqlangan. Ularga avtobenzin yetkazib berish to‘xtatilgan.

Banklarda dollarning sotish kursi 11 315 so‘mgacha tushdi
9 dekabr 2022, 10:11

Banklarda dollarning sotish kursi 11 315 so‘mgacha tushdi

Tijorat banklari 9 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 205 — 11 280 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 315 so‘m.

O‘zbekistonda yer osti suvlariga ham hisoblagich qo‘yiladi
8 dekabr 2022, 11:37

O‘zbekistonda yer osti suvlariga ham hisoblagich qo‘yiladi

Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi taqdimotda 7 ta viloyatda yer osti suvlari sathi 5 metrgacha pasayib ketgani ma’lum qilindi. Shuning uchun 2024 yil 1 yanvarga qadar yer osti suvlari inshootlarini hisoblagich bilan jihozlash majburiyati qo‘yildi.

Elektr energiyasi va gaz bilan bog‘liq muammolarni tezkor hal qiladigan shtablar tashkil etildi
7 dekabr 2022, 22:54

Elektr energiyasi va gaz bilan bog‘liq muammolarni tezkor hal qiladigan shtablar tashkil etildi

Sardor Umurzakov aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan ta’minlash masalalarini tezkor va tizimli hal etish maqsadida Energetika, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida kunu tun ishlaydigan shtablar tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi.

O‘zbekiston Afg‘onistondagi temir yo‘l liniyasini boshqarish huquqidan mahrum bo‘ldi
7 dekabr 2022, 18:17

O‘zbekiston Afg‘onistondagi temir yo‘l liniyasini boshqarish huquqidan mahrum bo‘ldi

Qozog‘istonga tegishli kompaniya Afg‘onistondagi Hayraton — Mozori Sharif temir yo‘lini boshqarish huquqiga ega chiqdi. Uning boshqaruvi 2011 yildan beri «O‘zbekiston temir yo‘llari» sho‘ba korxonasida edi. Yangi kompaniya avvalgidan 5 baravar uzunroq liniyaga deyarli 4 baravar arzonroqqa xizmat qiladi.

O‘zbekistonda yanvardagi kabi «blekaut» kuzatilishi mumkinmi?
7 dekabr 2022, 17:02

O‘zbekistonda yanvardagi kabi «blekaut» kuzatilishi mumkinmi?

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov elektr iste’moli oshishi hisobiga mamlakatda yana takroran «blekaut» bo‘lish xavfi bor-yo‘qligi haqida gapirdi. Vazir bunday xavf doim mavjudligini ta’kidlab, «agar cheklovlar kiritilmasa, bu energiya tizimi izdan chiqishiga olib kelishi» mumkinligi haqida ogohlantirdi.

«Qandaydir alyans yoki ittifoq emas, balki shartnoma orqali». Energetika vaziri — gaz importi haqida
7 dekabr 2022, 16:56

«Qandaydir alyans yoki ittifoq emas, balki shartnoma orqali». Energetika vaziri — gaz importi haqida

O‘zbekistonda energiya resurslari tanqisligi tashqi omillar bilan emas, balki ichki iste’mol va iqtisodiyotning o‘sishi bilan bog‘liq, dedi energetika vaziri. Mamlakat qo‘shnilardan gazni «qandaydir alyans yoki ittifoq» orqali emas, balki tijorat shartnomasi doirasida import qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda.

Banklarda dollar kursi yana oshdi
7 dekabr 2022, 09:47

Banklarda dollar kursi yana oshdi

Tijorat banklari 7 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarni 11 250 − 11 310 so‘m oralig‘ida sotib olmoqda. Sotish kursi esa 11 330 − 11 340 so‘m.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting