Prezident davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Sirdaryo» erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
O‘zbekiston eksportida xizmatlar, import tuzilmasida esa mashina va uskunalar yetakchilik qilmoqda. Mamlakat tashqi savdo aylanmasi yanvar-mart oylarida qariyb 8 mlrd dollarni tashkil etdi.
Yanvar-martda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 20,1 foizga o‘sib, 1,5 mln so‘mdan ziyodroqni tashkil etdi.
Toshkentda kadastr yig‘majildi va kvartiraga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat o‘rniga kadastr pasporti joriy etiladi.
Prezident tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini qisqartirish va soddalashtirish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi.
«Kvars» kompaniyasi O‘zbekistonda birinchi bo‘lib IPO o‘tkazdi. Joylashtirilgan aksiyalar hajmi 2,475 milliontani tashkil etdi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimida ishlagan Aktam Haitov Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Tehronda O‘zbekiston-Eron savdo uyining ochilish marosimida tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev ishtirok etdi.
Bir oy davomida O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 151 mln dollarga ko‘payib, aprel boshida 27 mlrd dollardan ziyodroqni tashkil etdi.
Prezident «Davlat xaridlari to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. Avval bu soha 30 dan ortiq normativ hujjatlar bilan tartibga solinar edi.
«Toshkent-Olmaota-Toshkent» xalqaro avtobus qatnovi 12 apreldan ishga tushiriladi. Yo‘l haqi 100 ming so‘mni tashkil etadi.
Onlayn kassa apparatlarini joriy etish bo‘yicha sinov loyihasi vaqtida 500 tadbirkorga ular bepul taqdim etiladi.
Hyundai yuk avtomobillarini ishlab chiqarish «Qo‘qon» erkin iqtisodiy zonasida yo‘lga qo‘yiladi, loyiha qiymati 130 mln dollarni tashkil etadi.
Toshkent Janubiy vokzalida poyezdlar qatnovi jadvali e’lon qilindi. Avval ular Shimoliy vokzaldan qatnar edi.
O‘zbekiston Tojikistonga gaz yetkazib berishni qaytadan yo‘lga qo‘ydi. Tabiiy gaz eksporti bo‘yicha shartnoma O‘zbekiston prezidentining mart oyida Dushanbega tashrifi vaqtida imzolangan edi.
Toshkentga yetkazilgan Rossiyaning LiAZ yo‘lovchi avtobuslari 85- yo‘nalishda bir oy davomida sinovdan o‘tkaziladi.
O‘zbekiston va Afg‘oniston AKT vazirliklari o‘rtasida imzolangan IT sohasida hamkorlik bo‘yicha anglashuv memorandumi doirasida afg‘on talabalari TATU va Inha universitetlarida tahsil olish imkoniga ega bo‘ldi.
Xalqaro kartalardan naqd xorijiy valyutani tijoriy banklar kassalari, valyuta ayirboshlash punktlari va bankomatlar orqali yechib olish mumkin. To‘qqizta bank onlayn konversiya uchun ilovani ishga tushirdi.
O‘zbekiston va Tojikiston energiya tizimlari ajratilganidan to‘qqiz yil o‘tib qo‘shni respublikalar o‘rtasida elektr energiyasi yetkazib berish qayta tiklandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting