Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini iqtisodiyotdagi mavjud va kutilayotgan o‘zgarishlarni hisobga olgan holda yillik 14 foiz miqdorida qoldirdi.
Andijonda insulin ishlab chiqarish bo‘yicha Markaziy Osiyodagi yagona zavod ishga tushdi.
O‘zbekiston va Turkmaniston tadbirkorlariga har ikki davlat hududida savdo uylarini tashkil etishda yordam ko‘rsatiladi.
Jahon banki O‘zbekistonda shoshilinch tibbiy yordam tizimini yaxshilash uchun 100 mln dollarlik kredit ajratadi.
Toshkentdagi Turkmaniston Milliy ko‘rgazmasi va biznes-forum jarayonida 250 mln dollarlik shartnomalar imzolandi.
Qizilqum orqali o‘tuvchi xalqaro trassaning 85 kilometrlik qismi yangidan qurildi. Bu yo‘ldan o‘tish vaqtini qariyb uch martaga qisqartirdi.
24 iyungacha O‘zbekiston bo‘ylab rangli metallari sotib olish mobil punktlari ish olib boradi.
Turkmaniston prezidenti O‘zbekistonga Kaspiy qirg‘og‘idagi port infratuzilmalaridan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganishni taklif qildi.
O‘zbekiston Turkmaniston-Afg‘oniston-Pokiston-Hindiston transmilliy gaz quvuri loyihasiga qo‘shiladi.
Toshkent ikkilamchi kvartira bozoridagi o‘rtacha narxlar martda 3 foizga qimmatlashdi.
Davlat moliyaviy nazorat boshqarmasi birinchi chorakda 5,1 mlrd so‘mning talon-taroj qilingani va o‘g‘irlangani, 24,8 mlrd so‘mlik noqonuniy xarajatlar qilinganini aniqladi.
Shavkat Mirziyoyev «Navoiyazot» korxonasida amalga oshirilayotgan umumiy qiymati 1,7 mlrd dollarlik yirik loyihalar bilan tanishdi.
Mehnat kodeksi sudlangan shaxslarni ishga qabul qilishni rad etishni taqiqlovchi me’yor bilan to‘ldirildi.
Buxoro viloyatida Qandim gazni qayta ishlash majmuasi ishga tushirildi. Ochilish marosimida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.
O‘zbekiston va Eron bir qator tovarlarga nisbatan imtiyozli bojxona rejimi to‘g‘risidagi kelishuvni imzolashni rejalashtirmoqda.
Yanvar-martda aholi umumiy daromadlari 43,2 trln so‘mni, bir kishiga o‘rtacha hisoblaganda 1,3 mln so‘mni tashkil etdi.
Yaponiyaning Kawasaki Heavy Industries kompaniyasi O‘zbekistonda tabiiy gazdan benzin ishlab chiqarish bo‘yicha zavod qurishi mumkin.
Yanvar-martda O‘zbekiston YAIM hajmi o‘tgan yilning birinchi choragiga nisbatan 5,1 foizga o‘sib, 64,9 trln so‘mni tashkil etdi.
Ilhom Norqulov Markaziy bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Adliya vazirligi jismoniy shaxslarga YATT shaklida taksi xizmatlari ko‘rsatish huquqini berish masalasida izoh berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting