Iqtisodiyot

O‘zbekiston sentabrda Xitoyga 41,6 mln dollarlik gaz eksport qildi
7 noyabr 2023, 12:06

O‘zbekiston sentabrda Xitoyga 41,6 mln dollarlik gaz eksport qildi

Sentabr oyida O‘zbekiston Xitoyga 41,6 mln dollarlik gaz yetkazib berdi — bu apreldan beri yetkazib berishning minimal hajmi bo‘ldi. Yil boshidan buyon Xitoyga gaz eksporti 412,2 mln dollarni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan deyarli 1,9 barobar kam.

2024-yilda Madaniyat vazirligiga budjetdan 1,1 trln so‘m ajratilishi kutilmoqda. Pullar nimaga sarflanadi?
7 noyabr 2023, 10:43 1

2024-yilda Madaniyat vazirligiga budjetdan 1,1 trln so‘m ajratilishi kutilmoqda. Pullar nimaga sarflanadi?

2024-yilda davlat budjetidan Madaniyat vazirligiga 1,1 trln so‘mdan ko‘proq mablag‘ ajratish rejalashtirilmoqda. Vazirlik xarajatlari orasida davlat buyurtmasiga asosan milliy kino mahsulotlarini yaratish, Toshkent xalqaro kinofestivalini o‘tkazish kabi bandlar mavjud.

Transport vazirligi — O‘zbekiston, Eron va Turkiya o‘rtasidagi yangi transport koridori haqida
7 noyabr 2023, 10:02

Transport vazirligi — O‘zbekiston, Eron va Turkiya o‘rtasidagi yangi transport koridori haqida

IHT davlatlari transport vazirlari yig‘ilishi yakuni bo‘yicha “O‘zbekiston — Turkmaniston — Eron — Turkiya” multimodal koridorini rivojlantirish to‘g‘risida bayonnoma imzolandi. U Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlaridan YeI mamlakatlariga raqobatbardosh tariflarda yuk tashishni tashkil etishni nazarda tutadi.

O‘zbekistonda to‘rtta sug‘urta kompaniyasi litsenziyasidan mahrum bo‘ldi
6 noyabr 2023, 22:13

O‘zbekistonda to‘rtta sug‘urta kompaniyasi litsenziyasidan mahrum bo‘ldi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi O‘zbekistondagi to‘rtta sug‘urta kompaniyasining litsenziyasini bekor qildi, ulardan uchtasi oxirgi besh kun ichida litsenziyasidan mahrum bo‘ldi.

“Uzbekistan Airports aviatsiya bilan shug‘ullanmasligi kerak edi”. Transport vaziri o‘rinbosari — Silk Avia`ning Uzbekistan Airways tuzilmasiga o‘tkazilishi haqida
6 noyabr 2023, 20:32

“Uzbekistan Airports aviatsiya bilan shug‘ullanmasligi kerak edi”. Transport vaziri o‘rinbosari — Silk Avia`ning Uzbekistan Airways tuzilmasiga o‘tkazilishi haqida

Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Silk Avia`ning Uzbekistan Airways tarkibiga o‘tishiga izoh berar ekan, Uzbekistan Airports aviatsiya bilan shug‘ullanmasligi kerak bo‘lgani, buni barcha ekspertlar ta’kidlaganini aytdi. Avvalroq u hududiy aviatsiya ishga tushganini “uzoq kutilgan loyiha” deb atagandi.

O‘zbekiston yerosti gaz omborlari 98 foizga to‘lgan — “O‘ztransgaz”
6 noyabr 2023, 18:28

O‘zbekiston yerosti gaz omborlari 98 foizga to‘lgan — “O‘ztransgaz”

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida O‘zbekistonning “Gazli” va “Xo‘jaobod” yerosti gaz omborlari 98 foizga to‘lgan. Ob-havo iliq bo‘lgani sababli ulardan gaz olish hozircha boshlanmagan. Energetika vaziri avvalroq kunlik gaz olish quvvati 18−20 mln kubometrdan 30 mln gacha oshirilishini ta’kidlagan edi.

“Gazdan voz kechmaymiz” — O‘zbekiston energetika vaziri
6 noyabr 2023, 17:59

“Gazdan voz kechmaymiz” — O‘zbekiston energetika vaziri

Elektr energiyasi ishlab chiqarishda quyosh, shamol va gidroenergetika ulushini oshirish rejalariga qaramay, O‘zbekiston “gazdan voz kechmaydi”, dedi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. Unga ko‘ra, mamlakat gazdan foydalangan holda elektr energiyasi ishlab chiqarishni deyarli 2 baravar oshirishni rejalashtirmoqda.

Oktabrda O‘zbekistondagi AYOQSHlarda 6,1 mln litr sifatsiz benzin aniqlandi
6 noyabr 2023, 13:02

Oktabrda O‘zbekistondagi AYOQSHlarda 6,1 mln litr sifatsiz benzin aniqlandi

O‘zbekistonda oktabr oyida AYOQSHlarda 6 mln 105 ming litr neft mahsulotlarining sifatsizligi aniqlanib, sotuvga chiqarilishining oldi olindi.

Open Budget`da 1,5 mingdan ko‘p ovoz to‘plab, yutmagan ayrim loyihalarni 2024-yilgi davlat budjetidan moliyalashtirish taklif etildi
6 noyabr 2023, 11:36

Open Budget`da 1,5 mingdan ko‘p ovoz to‘plab, yutmagan ayrim loyihalarni 2024-yilgi davlat budjetidan moliyalashtirish taklif etildi

Tashabbusli budjet loyihasida 1,5 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan jihozlash bilan bog‘liq loyihalarga 2024-yil uchun mo‘ljallangan davlat budjetidan mablag‘ ajratish taklif etilmoqda.

O‘zbekistonga elektromobillar importi 6 barobardan ko‘proqqa oshdi
6 noyabr 2023, 10:11

O‘zbekistonga elektromobillar importi 6 barobardan ko‘proqqa oshdi

Yanvar-oktabr oylarida O‘zbekistonga elektromobillar importi 22,5 mingtaga yetdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6 barobardan qo‘pdir. Yetkazib berish miqdori 582 mln dollardan oshdi.

Orano O‘zbekistonda uran qazib olishga 500 mln dollargacha sarmoya kiritadi
6 noyabr 2023, 09:54

Orano O‘zbekistonda uran qazib olishga 500 mln dollargacha sarmoya kiritadi

Fransiyaning Orano kompaniyasi O‘zbekistonda geologiya-qidiruv va uran qazib olish ishlariga 500 mln dollargacha sarmoya kiritadi. Navoiy viloyatidagi ikkita hududda qidiruv ishlari olib boriladi. Emmanuel Makronning mamlakatga tashrifida ham bu masalalar ko‘rilgandi.

O‘zbekiston Rossiyadan 300 mln kub metrga yaqin gaz import qildi
5 noyabr 2023, 20:29

O‘zbekiston Rossiyadan 300 mln kub metrga yaqin gaz import qildi

“Gazprom” bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra, 7-oktabrdan beri O‘zbekiston Rossiyadan 300 mln kub metrga yaqin gaz import qildi, dedi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. U import qilingan “moviy yoqilg‘i” narxini yana oshkor qilmadi.

Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston 15 yillik gaz shartnomasi tuzishi mumkin
5 noyabr 2023, 20:09

Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston 15 yillik gaz shartnomasi tuzishi mumkin

2024-yil o‘rtalariga qadar Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston 15 yil davomida gaz yetkazib berish va tranzit bo‘yicha hamkorlik majburiyatlarini belgilashni rejalashtirmoqda, dedi “Gazprom” rahbari Aleksey Miller. Kompaniya ulardagi boshqa gaz quvurlari tizimidan foydalanishga tayyorligini bildirdi.

O‘zbekistonga yil boshidan buyon telefon importi 178 mln dollardan oshdi
5 noyabr 2023, 14:54

O‘zbekistonga yil boshidan buyon telefon importi 178 mln dollardan oshdi

To‘qqiz oy davomida O‘zbekistonga 2,58 mln donaga yaqin mobil telefon import qilindi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18 foizga ko‘pdir. Yetkazib berish hajmi 178,2 mln dollardan (+23,3 foiz) oshdi.

Energetika vaziri O‘zbekistonda benzin taqchilligi yo‘qligini ma’lum qildi
5 noyabr 2023, 12:06

Energetika vaziri O‘zbekistonda benzin taqchilligi yo‘qligini ma’lum qildi

O‘zbekistonda benzin taqchilligi mavjud emas, deya ma’lum qildi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. U nima sababdan birjada yoqilg‘i sotib olishga cheklov kiritilganini tushuntirdi.

Rossiyadan O‘zbekistonga neft yetkazib berish hajmini 1 mln tonnagacha oshirish kutilmoqda
4 noyabr 2023, 18:08

Rossiyadan O‘zbekistonga neft yetkazib berish hajmini 1 mln tonnagacha oshirish kutilmoqda

Moskvada imzolangan uch tomonlama hujjatga ko‘ra, Rossiyadan Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga neft yetkazib berish hajmini 1 million tonnaga oshirish rejalashtirilmoqda.

Oktabr oyida O‘zbekistonda inflyatsiya 1 foizni tashkil etdi. Bu so‘nggi 7 yildagi eng past ko‘rsatkich
4 noyabr 2023, 11:29

Oktabr oyida O‘zbekistonda inflyatsiya 1 foizni tashkil etdi. Bu so‘nggi 7 yildagi eng past ko‘rsatkich

Oktabr oyi oxirida O‘zbekistonda 1 foizlik inflyatsiya qayd etildi va yillik inflyatsiya yana 9 foizdan tushdi. Energiya tariflari oshishiga qaramay, bu oxirgi 7 yildagi eng past oylik ko‘rsatkichdir. Iqtisodchining taxmin qilishicha “iqtisodiy haroratni o‘lchaydigan termometr buzilib qolgan”.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi — 2024-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti va budjeti uchun xavflar haqida
3 noyabr 2023, 11:33

Iqtisodiyot va moliya vazirligi — 2024-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti va budjeti uchun xavflar haqida

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2024-yilgi budjet barqarorligiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan omillar va xavflarni sanab o‘tdi. Ular qatorida so‘mning qadrsizlanishi, oltin va mis narxining pasayishi, energiya tariflari oshirilmasligi, oziq-ovqat mahsulotlari jahon narxlarining oshishi va boshqalar bor.

AQSh O‘zbekistonning Mvizion kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi
3 noyabr 2023, 11:24

AQSh O‘zbekistonning Mvizion kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi

AQSh “Rossiya armiyasi uchun uchuvchisiz uchish apparatlarini sotib olish va yaratish kabi faoliyat bilan shug‘ullangan” 13 ta kompaniyaga nisbatan sanksiyalar e’lon qildi. Ular orasida O‘zbekistondan Mvizion kompaniyasi ham bor.

Damas, Labo, Cobalt va Captiva 5 uchun shartnoma tuzish ochildi
3 noyabr 2023, 09:57

Damas, Labo, Cobalt va Captiva 5 uchun shartnoma tuzish ochildi

UzAuto Motors Chevrolet rasmiy dilerlik markazlarida Damas, Labo, Cobalt va Captiva 5 sotuvi boshlanganini e’lon qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting