Bandlik vazirligi O‘zbekistondagi 10 ta eng ko‘p ish beruvchi kompaniya ro‘yxatini e’lon qildi. Yuqori o‘rinni NKMK va OKMK egalladi.
Turkmanistonning issiqxona pomidorlari Tojikiston bozoridagi o‘zbek pomidorini butunlay chiqarib yubordi, deb yozmoqda EastFruit. Moldova va Tojikistonda pomidor narxi O‘zbekistondagiga qaraganda arzonroq, Polshada esa deyarli teng. Portal O‘zbekistonning issiqxona xo‘jaligidagi muammolariga ham to‘xtaldi.
DSQ va Savdo-sanoat palatasi muhokamalarga sabab bo‘lgan yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish choralari bo‘yicha qaror loyihasi hukumatga kiritilishidan oldin jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilishini ma’lum qildi. Loyiha to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi va biznesga salbiy ta’sir talablari bartaraf etiladi.
Yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda iste’mol narxlari oshishi 2,59 foizni tashkil etdi. Aprel oyida iste’mol narxlari 0,93 foizga oshdi.
Markaziy bank va Soliq qo‘mitasi p2p o‘tkazmalari miqdori ma’lum chegaradan oshib ketsa, ma’lumot almashishni boshlashi mumkin. Fuqarolar kartadan kartaga pul o‘tkazganda 100 million so‘mlik, tadbirkorlar esa 500 million so‘mlik yillik limitdan oshib ketgan taqdirda, soliq organlari ma’lumot oladi.
Shavkat Mirziyoyev geologiya sohasidagi vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda muhim xomashyo — litiy, grafit, indiy, vanadiy, reniyning yangi konlarini o‘zlashtirish muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, u kamyob metallarni qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha 500 mln dollarlik loyihalarni ishlab chiqishni topshirdi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso Toshkentga tashrif buyuradi. U prezident va boshqa rasmiy shaxslar bilan muzokaralar o‘tkazadi, Xorijiy investorlar kengashi va Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi.
O‘zbekistonda uy-joy sotib olish jarayonining shaffofligini oshirish uchun quruvchilarga soliq solinadigan bazani har bir kvadrat metr uchun minimal miqdordan kelib chiqib belgilash taklif qilinmoqda. Toshkent shahrida o‘rtacha minimal miqdor kvadrat metr uchun 5−7,5 mln so‘m etib belgilanishi rejalashtirilmoqda.
O‘zbekistonda minimal iste’mol xarajatlari 4,3 foizga o‘sdi — oyiga 621 ming so‘mdan 648 ming so‘mgacha. Ushbu ko‘rsatkich kambag‘allik chegarasini aniqlashda ishlatiladi. Mazkur summa 1-maydan gaz va elektr energiyasi tariflari oshishi munosabati bilan yil boshidan buyon ikkinchi marta yangilandi.
O‘zbekistonda 1-iyuldan to‘lovlar naqd pulda amalga oshirilganda fiskal cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazish orqali olinadigan soliq keshbeklarini to‘lash bekor qilinishi mumkin. Naqd pulsiz to‘lovlar uchun keshbek miqdori esa hozirgi 1 foizdan 2 foizgacha oshirilishi mumkin.
Hukumat naqd puldan foydalanishni qisqartirish maqsadida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash choralarini ishlab chiqmoqda. Ko‘chmas mulk va avtomobillar oldi-sotdisi, budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va boshqalar naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin.
2024-yilning birinchi choragida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 19,8 foizga o‘sib, 4 mln 920 ming so‘mni tashkil etdi. Ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohalarida o‘rtacha maosh eng pastligicha qolmoqda.
Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonga Oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha milliy strategiyani amalga oshirish uchun 6 mln yevro miqdorida grant ajratdi. Joriy va kelgusi yilda bu maqsadga jami 20 mln yevro yo‘naltiriladi.
O‘zbekistonda UzIMEI tizimiga xizmat ko‘rsatuvchi Information Technology Center kompaniyasidagi davlat ulushining 49 foizi sotuvga qo‘yiladi.
Toshkent metallurgiya zavodidagi davlat ulushining 49,9 foizi 2025-yil iyun oyi oxirigacha xalqaro bozorda kimoshdi savdosiga qo‘yiladi. Iyun oyida O‘TTJ sud orqali kiprlik investorlarni loyihadan chetlashtirish haqida qaror chiqartirgan, biroq zavod 916,9 mlrd so‘m zarar va 179,7 mln yevro kredit bilan qolgan.
Prezident qarori bilan Humo to‘lov tizimidagi davlat ulushi sotuvga chiqariladi. Noyabr oyining oxirida undagi davlat ulushi Davaktivga o‘tkazilgandi va o‘shanda gap protsessing markazini xususiylashtirish bilan bog‘liq emasligi aytilgandi.
Slovakiyaning Volkswagen va Volvo kompaniyalari haydovchilik, avtomobil ishlab chiqarish, kabel agregatlarini yig‘ish, montaj, avtomobillarni sinovdan o‘tkazish kabi yo‘nalishlarda O‘zbekistondan ishchilarni taklif etmoqda. Ish haqi 1200−1700 yevrodan boshlanadi.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi bukmekerlik faoliyati qonuniylashtirilishiga izoh berdi. Ta’kidlanishicha, mavjud taqiqlar “amalda ishlamayapti”. Hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatdan mablag‘larning chiqib ketishi yiliga 350 mln dollardan 1 mlrd dollargachani tashkil qilmoqda.
Toshkent xalqaro aeroportida yiliga 120 ming tonna yuk tashish quvvatiga ega yangi yuk terminali quriladi. Hozirgi terminal 30 ming tonna sig‘imga ega, biroq 2024-yilda u ikki barobardan ko‘proq yuk va pochta jo‘natmalarini qabul qilishi kutilmoqda.
Prezident davlat obyektlarini xususiylashtirishni jadallashtirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. 247 ta korxonaning davlat ulushlari, 1000 dan ortiq ko‘chmas mulk obyekti va 12 ta yirik korxona aksiyalari savdoga chiqariladi. Sotilmay qolgan yer uchastkalari narxi bosqichma-bosqich pasayadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting