Toshkentda 7-noyabrdan isitish mavsumi boshlanadi
4 noyabr 2024, 11:35

Toshkentda 7-noyabrdan isitish mavsumi boshlanadi

Toshkent shahrida isitish mavsumi 7-noyabrdan bosqichma-bosqich boshlanadi. 5-noyabr soat 00:00 dan boshlab issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yo‘lga qo‘yiladi.

Mayya Sandu Moldovadagi prezidentlik saylovida g‘alaba qozondi
4 noyabr 2024, 11:24

Mayya Sandu Moldovadagi prezidentlik saylovida g‘alaba qozondi

Ovozlarning 99,82 foizi sanab chiqilgach, Moldovada amaldagi prezident Mayya Sandu saylovning ikkinchi bosqichida g‘alaba qozondi. Sandu 55,40 foiz, uning raqibi Aleksandr Stoyanoglo 44,60 foiz ovoz oldi. Prezident chet elda yashovchi fuqarolar ovozi hisobiga ustunlikka erishdi.

Buxoroda qizining tanasiga qizigan kapgir bosgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
4 noyabr 2024, 11:12

Buxoroda qizining tanasiga qizigan kapgir bosgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Buxoro viloyati Shofirkon tumanida voyaga yetmagan qiziga jarohat yetkazgan ayolga nisbatan jinoyat ishi ochildi. 9 yoshli qiz shifoxonaga yotqizilgan.

BEFIT PRO Challenge 3.0 kuzning asosiy chellenji tez orada boshlanadi
4 noyabr 2024, 11:00

BEFIT PRO Challenge 3.0 kuzning asosiy chellenji tez orada boshlanadi

7TECH, BEFIT PRO va OU7 Training har bir oddiy harakat katta sovrinlarga yaqinlashtirishi mumkin bo‘lgan kuzgi chellenjni boshlayapti.

2025-yilda ish haqi, pensiya va nafaqalarni inflyatsiya darajasidan past bo‘lmagan miqdorda oshirish rejalashtirilmoqda
4 noyabr 2024, 10:53

2025-yilda ish haqi, pensiya va nafaqalarni inflyatsiya darajasidan past bo‘lmagan miqdorda oshirish rejalashtirilmoqda

2025-yilda O‘zbekistonda budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiya va nafaqalarni inflyatsiyadan past bo‘lmagan darajaga oshirish rejalashtirilmoqda (inflyatsiya prognozi 7 foiz). 2024-yilda ish haqi va pensiyalarni oshirish uchun rejalashtirilganidan kamroq mablag‘ ajratildi.

Toshkentda “Yashil shahar” kuni o‘tkaziladi
4 noyabr 2024, 10:44

Toshkentda “Yashil shahar” kuni o‘tkaziladi

Poytaxtda 9-noyabrda “Yashil shahar” kuni o‘tkaziladi. Hokimlik tashkilotlar, korxona hamda faol fuqarolarni daraxt ekish tashabbusiga qo‘shilishga chaqirdi.

Toshkent viloyatida Cobalt va Isuzu avtobusi to‘qnashuvi ortidan ikkisi yonib ketdi
4 noyabr 2024, 10:19

Toshkent viloyatida Cobalt va Isuzu avtobusi to‘qnashuvi ortidan ikkisi yonib ketdi

Dushanba kuni ertalab Ohangaron tumanida Cobalt va Isuzu avtobusi to‘qnashib ketdi. Birozdan so‘ng avtoulovlarda qisqa tutashuv sabab yong‘in chiqdi. Hodisa oqibatida vafot etganlar yo‘q, yong‘in o‘chirildi.

Qashqadaryodagi maktabda o‘qituvchi o‘quvchi qizni urdi
4 noyabr 2024, 10:10

Qashqadaryodagi maktabda o‘qituvchi o‘quvchi qizni urdi

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi maktabda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Pedagog o‘quvchining yuziga tarsaki tushirgan. Holat yuzasidan ma’muriy ish ochilgan.

O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
4 noyabr 2024, 10:09

O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi

Oybek Eshonov O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchisi etib tayinlandi. U bungacha O‘zbekistonning Isroildagi elchisi, TIVning Janubiy Osiyo, Yaqin, O‘rta Sharq va Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

O‘zbekistonda 4−10-noyabr kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi
4 noyabr 2024, 07:43

O‘zbekistonda 4−10-noyabr kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi

O‘zbekistonda issiq harorat ortidan, dushanba kechga tomon aksariyat hududlarda yog‘ingarchilik kutiladi. Hafta o‘rtasiga qadar kamida ikkita nam havo oqimi ta’sirida joylarda vaqti-vaqti bilan yog‘inlar va sovuq harorat kuzatiladi. Hafta oxiri, xususan, dam olish kunlari quruq, ammo sovuq bo‘ladi.

Qamchiq dovonida yuk avtomobili yonib ketdi
3 noyabr 2024, 15:19

Qamchiq dovonida yuk avtomobili yonib ketdi

Qamchiq dovonida qisqa tutashuv sabab yuk avtomobili yonib ketdi. Dovon yo‘lida harakat vaqtinchalik to‘xtatildi.

Boks: Bektemir Meliqo‘ziyev David Stivensni yengdi
3 noyabr 2024, 14:23

Boks: Bektemir Meliqo‘ziyev David Stivensni yengdi

O‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev amerikalik David Stivens ustidan hakamlarning qarori bilan g‘alaba qozondi.

O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarni rasmiylashtirish uchun to‘lov miqdorlari ma’lum qilindi
3 noyabr 2024, 11:48

O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarni rasmiylashtirish uchun to‘lov miqdorlari ma’lum qilindi

2018-yil 1-may kuniga qadar fuqarolar yakka tartibdagi uy-joy qurgan holda o‘zboshimchalik bilan egallagan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarni rasmiylashtirish uchun to‘lov miqdori ma’lum qilindi.

Qonunchilik palatasining yangi chaqiriq deputatlarining o‘rtacha yoshi oshdi
2 noyabr 2024, 22:19

Qonunchilik palatasining yangi chaqiriq deputatlarining o‘rtacha yoshi oshdi

O‘zbekiston parlamenti quyi palatasi yangi saylangan deputatlarining o‘rtacha yoshi 3 yoshga — 49,5 yoshgacha oshdi. Yoshi eng katta partiya O‘zXDP, eng kichigi esa “Milliy tiklanish” bo‘ldi. Ayollar ulushi 32 foizdan 38 foizga o‘sdi.

Andijondagi maktabda o‘quvchilarni kaltaklagan direktor ishdan bo‘shatildi
2 noyabr 2024, 19:31

Andijondagi maktabda o‘quvchilarni kaltaklagan direktor ishdan bo‘shatildi

Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi maktabda o‘quvchilarni kaltaklagan direktor ishdan olindi. Viloyat MMTB rahbar pedagogik etika qoidalaridan chetga chiqqanini ma’lum qildi.

Chorsu maydonini keng ko‘lamli rekonstruksiya kutmoqda. “Chorsu” mehmonxonasi qaytadan quriladi
2 noyabr 2024, 19:07

Chorsu maydonini keng ko‘lamli rekonstruksiya kutmoqda. “Chorsu” mehmonxonasi qaytadan quriladi

Toshkentda 2025-yilda Chorsu maydonini rekonstruksiya qilish boshlanadi. Eski mehmonxona o‘rnida 29 qavatli yangi mehmonxona, biznes-markaz va turar-joy binolaridan iborat loyiha qad rostlaydi. U 170 mln dollarga baholangan. Loyiha Germaniyaning Tchoban Voss Architekten kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.

DXX Toshkent viloyatida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi
2 noyabr 2024, 18:14

DXX Toshkent viloyatida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi

DXX Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari hududda tezkor tadbirlar o‘tkazib, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi. Qo‘lga olingan gumondorlarga jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Senat a’zolari 7−12-noyabr kunlari saylanadi
2 noyabr 2024, 16:03

Senat a’zolari 7−12-noyabr kunlari saylanadi

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari 7−12-noyabr kunlari o‘z deputatlari orasidan Senat a’zolarini saylash bo‘yicha majlislar o‘tkazadi. Endilikda senatorlar soni 100 emas, 65 nafarni tashkil qiladi.

DXSH loyihalarini amalga oshirish tartibi tasdiqlandi
2 noyabr 2024, 15:37

DXSH loyihalarini amalga oshirish tartibi tasdiqlandi

Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Hujjatda budjet tizimi mablag‘laridan maqsadli foydalanishni ta’minlash tartibi ham belgilangan.

Avtotransportlarning vazni va hajmi ustidan nazorat xususiy sektorga o‘tkaziladi
2 noyabr 2024, 12:40

Avtotransportlarning vazni va hajmi ustidan nazorat xususiy sektorga o‘tkaziladi

Avtomobil yo‘llarida vazn va hajm parametrlari nazorati bo‘yicha o‘lchov vositalari bilan jihozlangan statsionar va ko‘chma shoxobchalar o‘rnatilib, ularni ishlatishga xususiy sektor jalb qilinadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting