2025-yilda tibbiyot xodimlari maoshini oshirish, oilaviy shifokorlarga ish samaradorligi uchun ustama joriy etish rejalashtirilmoqda
24 dekabr 2024, 23:19

2025-yilda tibbiyot xodimlari maoshini oshirish, oilaviy shifokorlarga ish samaradorligi uchun ustama joriy etish rejalashtirilmoqda

Yangi yilda O‘zbekistonda sog‘liqni saqlashga 14% ko‘proq mablag‘ ajratiladi. Qoraqalpog‘iston va besh viloyatda davlat tibbiy sug‘urtasi bo‘yicha tajriba loyihalari joriy etiladi. Tibbiyot xodimlari ish haqi oshishi kutilmoqda. Oilaviy shifokorlarga esa mehnat samaradorligi asosida ustama to‘lash yo‘lga qo‘yiladi.

O‘zbekistonliklar Yangi yil bayramida necha kun dam oladi?
24 dekabr 2024, 19:45

O‘zbekistonliklar Yangi yil bayramida necha kun dam oladi?

Prezident farmoni bilan besh kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun 2025-yil 4-yanvar (shanba) kunidagi dam 2-yanvarga (payshanba) ko‘chirildi. Olti kunlik ish kunidagi xodimlar uchun 2-yanvar qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi. Shu tariqa birinchi guruh olti, ikkinchisi esa ketma-ket besh kun dam oladi.

Yangi maktab va bog‘chalar, pedagoglarga ustama, malaka sinovlarini raqamlashtirish. 2025-yilda boshlang‘ich ta’lim sohasida nimalar o‘zgaradi?
24 dekabr 2024, 18:41

Yangi maktab va bog‘chalar, pedagoglarga ustama, malaka sinovlarini raqamlashtirish. 2025-yilda boshlang‘ich ta’lim sohasida nimalar o‘zgaradi?

Prezidentga maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirish rejalari olib kirildi. 2025-yilda 100 dan ortiq maktab qurish, malaka toifasi berishda yangi tizimga o‘tish, harbiy vatanparvarlik darsliklarini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan. Davlat rahbari ta’lim sifatini, ayniqsa, chekka tumanlarda yaxshilashni buyurdi.

Piskentda aholi gavjum hududda bo‘rilar kezib yurgani ma’lum bo‘ldi
24 dekabr 2024, 18:18

Piskentda aholi gavjum hududda bo‘rilar kezib yurgani ma’lum bo‘ldi

Toshkent viloyatining Piskent tumanida, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga ko‘ra, Qirqqizobod qishlog‘ida daydib yurgan och bo‘rilarni qidirish va zararsizlantirish ishlari boshlandi. Jonzotlarni hayvonot bog‘iga o‘tkazish rejalashtirilgan, dedi tuman hokimligi.

Nega elektrozapravkalar tarmoqdan uzilmoqda? O‘zLiDeP deputati davlat organlariga so‘rov yubordi
24 dekabr 2024, 17:42

Nega elektrozapravkalar tarmoqdan uzilmoqda? O‘zLiDeP deputati davlat organlariga so‘rov yubordi

O‘zLiDeP deputati Nuriddin Sultonov Energetika vazirligi va Kadastr agentligiga Toshkent shahrida elektromobillarni quvvatlash stansiyalari faoliyati to‘xtatilishi sabablari va ularni demontaj qilish talabiga oydinlik kiritishni so‘rab deputatlik so‘rovi yubordi.

Mahalliy hokimliklar ayrim vazirlik va idoralarning bo‘limlari rahbarlarini tayinlashi va ozod etishi mumkin bo‘ladi
24 dekabr 2024, 17:19

Mahalliy hokimliklar ayrim vazirlik va idoralarning bo‘limlari rahbarlarini tayinlashi va ozod etishi mumkin bo‘ladi

Tuman va shaharlar hokimliklari sakkizta vazirlik va idoraning bo‘lim rahbarlarini lavozimga tayinlash va ozod etish, shuningdek, ularni rag‘batlantirish va jazolash huquqiga ega bo‘ladi. 15 ta tumanda “Aholi va tadbirkorlar manfaatlariga xizmat qilish” huquqiy eksperimenti o‘tkaziladi.

UZTELECOM qoidalarini o‘zgartirmoqda
24 dekabr 2024, 17:00

UZTELECOM qoidalarini o‘zgartirmoqda

UZTELECOM 200 ming so‘m evaziga “Hammasi Birga 3+Mobile” tarifini taqdim etmoqda.

O‘zbekistonda elektr, gaz va suv hisoblagichlarini tekshirish proaktiv formatga o‘tkaziladi
24 dekabr 2024, 16:01 3

O‘zbekistonda elektr, gaz va suv hisoblagichlarini tekshirish proaktiv formatga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda elektr, gaz va suv hisoblagichlarini tekshirish bo‘yicha davlat xizmatlari proaktiv formatga o‘tkazilmoqda. Ya’ni ular fuqarolarning murojaatlarisiz tekshiriladi. Yana oltita xizmat kompozit formatda taqdim etiladi.

Quvondiq Sanaqulov O‘zbekiston gandbol federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi
24 dekabr 2024, 15:54

Quvondiq Sanaqulov O‘zbekiston gandbol federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” bosh direktori Quvondiq Sanaqulov O‘zbekiston gandbol federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi.

O‘zbekistonda hokimliklar xodimlarining ish haqini oshirish rejalashtirilmoqda
24 dekabr 2024, 15:09

O‘zbekistonda hokimliklar xodimlarining ish haqini oshirish rejalashtirilmoqda

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga O‘zbekistonda hokimliklar xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish miqdorini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish topshirildi. Viloyatlar hokimliklari boshqaruv apparatining yangi namunaviy tuzilmasi tasdiqlanmoqda.

Tataristondagi yong‘inda 5 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
24 dekabr 2024, 14:04

Tataristondagi yong‘inda 5 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Tataristonda ishchilarning vaqtinchalik yashash uyi yonib ketdi. U yerdan 6 erkakning jasadi topildi, ularning 5 nafari o‘zbekistonlik. Qozondagi Bosh konsulxona diplomatlarni voqea joyiga jo‘natdi va vaziyatni nazoratga oldi.

Toshkent aeroportida kitob do‘koni, yuk saqlash xonasi va terrasada kafe tashkil etiladi
24 dekabr 2024, 13:07 1

Toshkent aeroportida kitob do‘koni, yuk saqlash xonasi va terrasada kafe tashkil etiladi

Uzbekistan Airports Toshkent xalqaro aeroporti hududida joylashgan maydonlarni ijaraga berish uchun tegishli lotlarni auksionga joylashtirdi. Tez kunlarda poytaxt aeroportining mahalliy aviaqatnovlar terminalida kitob do‘koni tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

Advokatlar tomonidan statistik ma’lumotlarni taqdim qilish tartibi belgilandi
24 dekabr 2024, 11:33

Advokatlar tomonidan statistik ma’lumotlarni taqdim qilish tartibi belgilandi

Adliya vazirligida “Advokatlik tuzilmalari tomonidan statistik ma’lumotlarni taqdim qilish tartibi to‘g‘risida"gi nizom ro‘yxatdan o‘tkazildi. Unga ko‘ra, faoliyat yuritayotgan advokatlik tuzilmalari tomonidan statistik ma’lumotlar har bir hisobot davri uchun taqdim etiladi.

Bo‘stonliqdagi tog‘da adashib qolgan 5 kishi qutqarildi
24 dekabr 2024, 10:15

Bo‘stonliqdagi tog‘da adashib qolgan 5 kishi qutqarildi

FVV xodimlari Bo‘stonliqdagi tog‘da adashib qolgan 5 kishini qutqardi. Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.

O‘zbekiston xalq artisti Shafoat Rahmatullayeva vafot etdi
24 dekabr 2024, 09:19

O‘zbekiston xalq artisti Shafoat Rahmatullayeva vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti, teatr va kino aktrisasi Shafoat Rahmatullayeva 83 yoshda vafot etdi. U “Masxaraboz”, “Sevginator”, “Sehrli qalpoqcha” kabi filmlar va ko‘plab spektakllarda rol o‘ynagan.

Prezident amaliy tashrif bilan Rossiyaga boradi
24 dekabr 2024, 09:11

Prezident amaliy tashrif bilan Rossiyaga boradi

Shavkat Mirziyoyev 25−26-dekabr kunlari MDH va YOII sammitlarida ishtirok etish uchun Sankt-Peterburg shahrida bo‘ladi. Yig‘ilishlarda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinadi va kelgusi yilgi ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashiladi.

Albaniyada TikTok faoliyati kamida bir yilga taqiqlandi
23 dekabr 2024, 22:04

Albaniyada TikTok faoliyati kamida bir yilga taqiqlandi

Albaniya hukumati ijtimoiy tarmoqdagi janjaldan so‘ng 14 yoshli o‘smirning o‘ldirilishi ortidan TikTok faoliyatini taqiqladi. Cheklov 2025-yil boshida kuchga kiradi va bir yil amalda bo‘ladi. Platformaning o‘zi qotillik va TikTok`ning bog‘liqligini rad etmoqda.

Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi
23 dekabr 2024, 21:06

Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi

Qoraqalpog‘istonda 3 ta asosiy yo‘nalish — qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etilib, takliflar tayyorlanadi va hokimlarga yetkaziladi. Prezident ko‘p energiya talab qiluvchi yirik loyihalarni ushbu hududda joylashtirish kerakligini ta’kidladi.

AQShdan deportatsiya qilingan O‘zbekiston fuqarolari soni 6,5 barobar oshdi
23 dekabr 2024, 20:22

AQShdan deportatsiya qilingan O‘zbekiston fuqarolari soni 6,5 barobar oshdi

AQSh hukumati joriy yilning 9 oyida 572 nafar O‘zbekiston fuqarosini vataniga deportatsiya qildi. Bu 2023-yilning shu davridagidan 6,5 barobar ko‘p.

Toshkent va Navoiyda xorijga ishga joylashtirishga va’da berganlar qo‘lga olindi
23 dekabr 2024, 20:07

Toshkent va Navoiyda xorijga ishga joylashtirishga va’da berganlar qo‘lga olindi

Yirik miqdorda to‘lov evaziga O‘zbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi. Ulardan biri tanishidan AQShga ishlashga jo‘natish uchun 9000 dollar, ikkinchisi esa Polshaga yuborish uchun 1000 dollar va 6,3 mln so‘m olgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting