O‘zbekiston Afg‘onistonda muvaqqat hukumat tuzilganini olqishlaydi, deya ma’lum qildi Tashqi ishlar vazirligi. Vazirlik yangi davlat idoralari bilan «konstruktiv muloqot va amaliy o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini» bildirdi.
Qo‘lda terilgan paxtaning har bir kilogrammi uchun birinchi terimda 1200 so‘mdan, ikkinchi terimda 1500 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda haq to‘lanadi. Terim otryadlari rahbarlariga mavsum yakuniga qadar 2 mln so‘mdan mehnat haqi beriladi.
BMTning rasmiy vakili Ramiz Alakbarov Afg‘onistonning muhtoj aholi qatlamlarisha mo‘ljallangan oziq-ovqat zaxiralari shu oyda tugashi mumkinligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda besh yoshdan kichik bolalarning yarmidan ko‘pi to‘yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekmoqda, aholining uchdan bir qismidan ortig‘i yetarli oziq-ovqat bilan ta’minlanmagan. Ayni paytdagi mavjud talabni qondirish uchun oziq-ovqat sektorining o‘ziga kamida 200 million dollar mablag‘ zarurligi aytilmoqda.
«Adolat» Bahrom Abduhalimovni prezidentlik saylovlari uchun nomzod sifatida tasdiqladi. Abduhalimovning «Adolat — hayotimizning bosh mezoni» shiori ostidagi saylovoldi dasturidan korrupsiya va har qanday ko‘rinishdagi «samosud» uchun qat’iy jazo belgilash, Tergov qo‘mitasini tashkil etish, oliy ta’lim kvotalarini butunlay yo‘q qilish, Maktabgacha ta’lim, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirliklarini yagona — Ta’lim vazirligiga aylantirish, «Jamiyatda yurish-turish, odob-ahloq qoidalari» kodeksini yaratish kabilar o‘rin olgan.
7 sentabr kuni O‘zbekistonda 338 ming 971 doza koronavirusga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 2 mln 547 ming 450 nafarni yoki O‘zbekiston aholisining 7,28 foizini tashkil qilmoqda.
1 oktabrdan boshlab eksport hajmi $20 mlndan oshgan korxonalarga eksport savdo operatsiyalari uchun $5 mlngacha bo‘lgan bir martalik moliyaviy resurslar taqdim etiladi. 12 oy davomida 1 mln AQSh dollaridan ko‘p to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan korxonalar bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha foiz hisoblanmagan hamda ularning to‘lanishini ta’minlash talab etilmagan holda 120 kunga kechiktirishi mumkin.
Kecha kun davomida O‘zbekistonda 660 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 7 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, seshanba kuni 138 kishida pnevmoniya qayd etildi, 4 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.
2022 yildan boshlab tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotini belgilangan muddatlarda taqdim etmaganlik uchun moliyaviy sanksiyalar, shuningdek kameral soliq tekshiruv asosida aniqlangan huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar bekor qilinadi. Xorazmda soliq organlari tomonidan soliq hisobotlarini shakllantirish bo‘yicha eksperiment o‘tkazish rejalashtirilgan. Shundan so‘ng yangi tartib boshqa hududlarda ham joriy etiladi.
Davlat qarzi ikkinchi chorakda 1 mlrd dollarga oshdi. 1 iyul holatiga O‘zbekiston davlat qarzi jami 24,2 mlrd dollarni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 38,5 foizni tashkil etgan. Shuningdek, birinchi yarim yillikda davlat qarziga xizmat ko‘rsatish jami xarajatlari 1 mlrd dollardan oshgan.
Surxondaryoda To‘palang suv omboridan 361 kilometrlik magistral suv quvurini yotqizish ishlari boshlandi. 138 mln dollarlik loyiha To’palang HPD Platinum tomonidan amalga oshirilmoqda. Kompaniya «O‘zbekgidroenergo» rahbarining o‘g‘liga tegishli bo‘lgan To’palang HPD Holding tarkibiga kiradi.
Polsha «siyosiy aloqalar va insonparvarlik zaruratlari nuqtai nazaridan» O‘zbekistonga 250 ming doza COVID-19 vaksinasini yetkazib beradi.
O‘zbekiston tizimda profilatika ishlari olib borilayotgani sababli eletkron viza berishni vaqtincha to‘xtatdi.
«Tolibon» harakati Afg‘onistonning vaqtinchalik hukumati tarkibini e’lon qildi. Bosh vazir vazifasini bajaruvchi etib Hasan Oxund, harakat rahbariyati kengashi rahbari, bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga Abdul G‘ani Baradar tayinlandi.
“Adolat” partiyasi prezidentlikka nomzod Alisher Qodirovni saylovoldi g‘oyalarni ko‘chirganlikda ayblashi, ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasining O‘zbekistondagi sinovlari natijasi e’lon qilinishi, O‘zbekiston aholisi 35 mlndan oshishi — “Gazeta.uz"ning 7 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Salvadorda bitkoinning rasmiy to‘lov vositasi sifatida tan olingani, Tojikiston rahbarining harbiylarni jangovar tayyorgarlikni oshirishga chaqirgani, Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
O‘zbekistonda suv resurslaridan foydalanish darajasi tahlikali darajaga chiqdi — mamlakat o‘z suv zaxiralarining 169 foizidan foydalanmoqda, deya xabar qildi FAO.
UzAuto Motors 2021 yilning olti oyida 1,9 trillion so‘mlik (177,6 million dollar) bojxona imtiyozlari va preferensiyalarini oldi. Gap prezident va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bilan ta’minlangan bojxona boji, aksiz va QQS bo‘yicha imtiyozlar haqida ketmoqda.
Toshkent va Turkmaniston poytaxti Ashxobodda Leningrad blokadasi bilan bog‘liq monumentlar yaratilishi rejalashtirilmoqda, deya xabar berdi Sankt -Peterburg ma’muriyati.
8 sentabrdan dollarning rasmiy kursi 10,16 so‘mga ko‘tarilib, 1 AQSh dollari 10 695,23 so‘mga etib belgilanadi. Shuningdek, yevro ham so‘mga nisbatan o‘sgan bo‘lsa, rublning rasmiy kursi 0,43 so‘mga arzonlashdi.
O‘zbekiston va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlari Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilishdi. Britaniya vaziri Dominik Raab o‘tgan hafta evakuatsiya bo‘yicha strategiya yo‘qligi uchun tanqid qilingandi, unga o‘rnak sifatida Germaniya fuqarolarini evakuatsiya qilish vaqtida Toshkentga shaxsan tashrif buyurgan TIV rahbari ko‘rsatilgan edi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting