O‘zbekiston gaz va neftni sotish evaziga yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlay olmaydi, dedi prezident. “Bizda bunday resurslar yo‘q. Bori ham, xalqimiz ko‘paymoqda, o‘zimizga kerak, chetga sotolmaymiz. Biz bu borada ko‘p ishlar qilyapmiz. Bu yil xalqimiz nima ishlar qilganimizni qishda sezadi”, — dedi u.
14−15-sentabr kunlari Dushanbe shahrida Markaziy Osiyoning besh mamlakati rahbarlarining maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Tojikiston, shuningdek, sammit doirasida 12 ta parallel tadbir, jumladan, iqtisodiy forum, olimlar forumi va faol ayollar uchrashuvini o‘tkazishni taklif qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan uchrashuvda “Qishloq qurilish bank” Biznesni rivojlantirish bankiga aylantirilishini ma’lum qildi. Yangi bank tadbirkorlarga 1-oktabrdan boshlab 5−7 yil muddatga imtiyozli kreditlar ajratadi.
Tijorat banklari 18-avgust kuni aholidan 1 AQSh dollarini 12 005−12 040 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 12 075−12 125 so‘m.
Toshkent aeroporti mahalliy terminali oldidagi panjara demontaj qilinib, rekonstruksiya ishlari boshlandi. Binoga mashinada kirib borish va 5 daqiqagacha qolish mumkin. Yil oxiriga qadar O‘zbekistondagi barcha xalqaro aeroportlar oldidagi maydonning rekonstruksiya qilish ishlari yakunlanadi.
Tadbirkorlar kuni munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev bir guruh soha vakillarini mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladi.
Yevropa Ittifoqi moliyalashtiradigan Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarishga ko‘maklashish dasturi O‘zbekistonning DXX Chegara qo‘shinlari, Bojxona instituti, Tashqi hamda Ichki ishlar vazirligiga jami 213,3 ming yevroga teng texnikalarni topshirdi.
Toshkentda O‘zbekiston prezidenti va biznes vakillarining navbatdagi ochiq muloqoti boshlandi. Davlat rahbari tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha yangi tashabbuslar ilgari surilishi kutilmoqda. Avvalroq, tadbirkorlar ko‘proq nimadan norozi ekani ma’lum qilingandi.
Qozog‘istonda 76 ming o‘rinli 62 maktab qurilishi korrupsiya ishlari bo‘yicha qo‘lga kiritilgan va maxsus jamg‘armaga tushadigan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirildi. Bugungi kunda jamg‘arma hisobida 328 million dollarga yaqin mablag‘ mavjud.
O‘zbekistonda salqin havo chekina boshladi va harorat asta-sekin ko‘tarilmoqda. Dam olish kunlari harorat kunduz kunlari +35…+37, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +38…+39 darajagacha bo‘ladi.
2023-yilning 5 oyi davomida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 13,3 foizga o‘sib, 215,8 mln dollarga yetdi, deya xabar qilindi hukumatlararo qo‘shma komissiyaning Cho‘lponotadagi yig‘ilishida. Tomonlar bu ko‘rsatkichni 2 mlrd dollarga yetkazish imkoniyati mavjudligini ta’kidladi.
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Qibray tumanidagi deyarli barcha rahbarlarni ishdan bo‘shatib, ularning faoliyatini tekshirishga topshiriq berdi. Hokim bo‘sh o‘rinlarga yoshlar ishga olinishi, hududga “yangi qon” kerakligini ta’kidladi.
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Yangiyo‘l tumani g‘alladan bo‘shagan 171 gektar yerni yoqib, “chempion” bo‘lganini ta’kidladi. Avvalroq Toshkentda bir necha bor tutun va kuchli kuyindi hidi sezilgandi, biroq rasmiylar havo sifati yomonlashgani bo‘yicha biror izoh bermagan.
Rustam Sultonov Qoraqalpog‘iston moliya vaziri etib tayinlandi. U ushbu lavozimga qadar “Xalq banki”, “Asakabank” va O‘zbekiston Hisob palatasida mas’ul lavozimlarda ishlagan.
Ohangaron tumani prokurori lavozimida ishlab kelgan Muzaffar Rashidov Toshkent viloyati Qibray tumani hokimi etib tayinlandi.
Tugatilgan Prezident administratsiyasi rahbari lavozimi, boshqa ishga o‘tgan Sardor Umurzoqov, O‘zbekiston tashqi qarz olgan tashkilotlar, o‘tish balini to‘plolmagan 439 ming abituriyent, tug‘uruqxonada vafot etgan egizak tuqqan qashqadaryolik yosh ayol, turli tayinlov va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.
Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tgan kompaniya, shuningdek, Rossiya va Slovakiyaning yana ikkita firmasi Shimoliy Koreya va RF o‘rtasida qurol-yarog‘ bitimlarida qatnashgani uchun AQSh sanksiyalariga duchor bo‘ldi.
UNG Petro yana Ai-92 benzin narxini 9200 so‘mga ko‘tardi. Chegirma e’lon qilinishidan oldin — mart oyida ham shu narxda sotilayotgan edi.
2022-yil noyabr oxirida tashkil etilgan Prezident administratsiyasi rahbarining hududlardagi yordamchilari lavozimlari tugatildi. Ushbu yangi lavozimlar “hududlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish va joylardagi vaziyatni hisobga olgan holda tezkor choralar ko‘rish zarurligi” bilan izohlangan edi.
Ukrainadan dam olish va reabilitatsiya uchun 45 nafar bolalar guruhi O‘zbekistonga yetib keldi. Ushbu loyiha mamlakatning Toshkentdagi elchixonasi tashabbusi bilan o‘zbek ishbilarmonlari va jamoat tashkilotlari vakillari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting