Uy-joylarni sotib olish uchun boshlang‘ich badal kvartira qiymatining kamida 15 foizi etib belgilandi
25 avgust 2021, 17:55

Uy-joylarni sotib olish uchun boshlang‘ich badal kvartira qiymatining kamida 15 foizi etib belgilandi

Hukumat qaroriga muvofiq, uy-joy olish yoki yakka tartibdagi uy-joylar uchun subsidiyalarni to‘lash muddati 2021 yil 1 dekabrgacha uzaytirildi. Uy-joylarni sotib olish uchun boshlang‘ich badal kvartira qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdor etib belgilandi.

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
25 avgust 2021, 16:57

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 19,66 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 654,01 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

Barcha OTMlarda yangi o‘quv yili an’anaviy (offlayn) shaklda boshlanadi
25 avgust 2021, 16:43

Barcha OTMlarda yangi o‘quv yili an’anaviy (offlayn) shaklda boshlanadi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi OTMlarda yangi o‘quv yili bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari uchun an’anaviy shaklda boshlanishini ma’lum qildi.

7 oy ichida o‘tgan uch yildagidan 2,3 barobar ko‘p elektromobil import qilindi
25 avgust 2021, 16:42

7 oy ichida o‘tgan uch yildagidan 2,3 barobar ko‘p elektromobil import qilindi

Yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga 432 ta yoki o‘tgan yildagi umumiy ko‘rsatkichdan 2,3 barobar ko‘proq elektromobil import qilindi. Ular asosan Xitoydan olib kirildi.

Paralimpiada-2020. O‘zbekistonlik suzuvchi Islam Aslanov para suzish bo‘yicha bronza medali sohibi bo‘ldi
25 avgust 2021, 16:15

Paralimpiada-2020. O‘zbekistonlik suzuvchi Islam Aslanov para suzish bo‘yicha bronza medali sohibi bo‘ldi

Tokioda bo‘lib o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik Islam Aslanov 100 metr masofaga batterflyay usulida suzish bo‘yicha bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Afg‘onistonda saylov uchastkalarini ochish ko‘zda tutilgan — TIV
25 avgust 2021, 15:59

Afg‘onistonda saylov uchastkalarini ochish ko‘zda tutilgan — TIV

Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyevning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston o‘zining Afg‘onistondagi diplomatik vakolatxonalarida prezident saylovi davrida saylov uchastkalarini ochishni rejalashtirilmoqda.

Toshkentda yashil hududlar ulushi 26,4 foizni tashkil etmoqda — Jahongir Ortiqxo‘jayev
25 avgust 2021, 15:19

Toshkentda yashil hududlar ulushi 26,4 foizni tashkil etmoqda — Jahongir Ortiqxo‘jayev

Toshkentda yashil hududlar ulushi 26,4 foizni tashkil etib, poytaxtda yashovchi har bir odamga 36 kv. metrdan yashil maydon to‘g‘ri kelmoqda, deya ma’lum qildi Jahongir Ortiqxo‘jayev (2018 yilda 60 kv. m ekani aytilgan edi). Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkichni London darajasiga olib chiqish uchun qariyb 1,5 mln tup «sifatli daraxtlar» ekilishi kerak.

Pandemiya davrida prezident saylovi: MSK maxsus yo‘riqnomani qabul qildi
25 avgust 2021, 14:23

Pandemiya davrida prezident saylovi: MSK maxsus yo‘riqnomani qabul qildi

MSK pandemiya davrida prezident saylovini o‘tkazishga oid maxsus yo‘riqnomani qabul qildi. Unga ko‘ra, tana harorati yuqori bo‘lgan fuqarolar saylov uchastkasiga kiritilmaydi, ular uchun ochiq havoda ko‘chma saylov qutilari tashkil qilinadi. Qolaversa, yashirin ovoz berish kabinalariga parda osilmaydi. Saylov boshlanishidan 6 soat oldin ovoz berish bino va xonalari dezinfeksiya qilinadi.

Umumiy ovqatlanish korxonalari yil oxirigacha yer va mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi
25 avgust 2021, 14:22

Umumiy ovqatlanish korxonalari yil oxirigacha yer va mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi

Prezident qarori bilan 2021 yil 1 sentyabrdan 31 dekabrgacha umumiy ovqatlanish korxonalari yer va mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi. 15 avgust holatiga ko‘ra mavjud qarzdorlikni, soliq bo‘yicha jarimalarni 2022 yil 1 yanvardan 1 iyulga qadar foizlarni undirmasdan teng miqdorlarda kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lashi mumkin. Shuningdek, qaror bilan 2023 yil 1 sentyabrgacha turistik (mehmonxona) yig‘imini hisoblash va to‘lash to‘xtatiladi.

1 sentyabrdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?
25 avgust 2021, 12:37

1 sentyabrdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?

Oshayotgan ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar, davlat organi xodimlarining onlayn ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinishi, ayrim sportchi-trenerlarga har oylik to‘lov, yangi transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish talabining bekor qilinishi va boshqalar — 1 sentyabrdan O‘zbekiston qonunchiligida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

5 yil ichida noqonuniy olib chiqilayotgan 450 ga yaqin qo‘lyozmalar ushlab qolingan — Bojxona qo‘mitasi
25 avgust 2021, 12:34

5 yil ichida noqonuniy olib chiqilayotgan 450 ga yaqin qo‘lyozmalar ushlab qolingan — Bojxona qo‘mitasi

Toshkentda Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarilgan noyob 29 ta qo‘lyozma va 16 ta sopol buyumlar Islom sivilizatsiyasi markazi fondiga rasman topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 5 yil davomida bojxona organlari tomonidan 450 ga yaqin qo‘lyozma asarlar, noyob tanga va boshqa osori-atiqalar ushlab qolingan.

Moliya vazirligi byudjet intizomini buzgan va kamomadga yo‘l qo‘ygan vazirliklar ro‘yxatini e’lon qildi
25 avgust 2021, 12:00

Moliya vazirligi byudjet intizomini buzgan va kamomadga yo‘l qo‘ygan vazirliklar ro‘yxatini e’lon qildi

Moliya vazirligi tomonidan 6 oy davomida o‘tkazilgan 3480 ta nazorat tadbirlarida 372,7 mlrd so‘mlik byudjet intizomini buzish, pul va tovar-moddiy boyliklari kamomadi aniqlangan. Shundan eng ko‘p qonunbuzilish Xalq ta’limi, Maktabgacha ta’lim, Sog‘liqni saqlash va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirliklari hamda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga to‘g‘ri kelmoqda.

G7 yetakchilari Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilishdi
25 avgust 2021, 11:42

G7 yetakchilari Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilishdi

«Katta yettilik» yetakchilari har qanday afg‘on hukumatini xalqaro majburiyatlarga rioya qilishga chaqirdi va Afg‘onistondan evakuatsiya qilish harakatlarini muvofiqlashtirishga kelishdi. Ular, shuningdek, «Tolibon» terrorizmning oldini olish va inson huquqlarini ximoya qilish uchun mas’ul bo‘lishini ta’kidladilar.

Prezident qimmatbaho metallar va toshlar to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
25 avgust 2021, 11:21

Prezident qimmatbaho metallar va toshlar to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Prezident “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. Hujjat xususiy sektorga qimmatbaho metallar aylanmasi sohasida ochiq ishlash imkoniyatini beradi va bu sohada yashirin iqtisodiyotning oldini olishga xizmat qilishi kerak.

Qashqadaryoda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan maktab direktori ishdan bo‘shatildi
25 avgust 2021, 11:04

Qashqadaryoda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan maktab direktori ishdan bo‘shatildi

Qarshi tumanidagi 6 sonli maktab direktori 50 dan ortiq o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgani aniqlandi. Holat Xalq deputatlari kengashi va xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘rganilib, maktab direktorini o‘z vazifasidan ozod etildi. XTV «pedagoglarning o‘z kasbiga aloqasi bo‘lmagan turli ishlarga jalb qilinishiga yo‘l qo‘ymaysiligi»ni ta’kidladi.

“Bir boyvachchaning o‘g‘li shu ishni qilibdi”. Prezident Zomindagi o‘rmon yong‘ini haqida
25 avgust 2021, 10:35

“Bir boyvachchaning o‘g‘li shu ishni qilibdi”. Prezident Zomindagi o‘rmon yong‘ini haqida

Shavkat Mirziyoyev avgust oyi boshida Zominda sodir bo‘lgan o‘rmon yong‘iniga “bir boyvachchaning o‘g‘li” sabab bo‘lganini ta’kidladi. Uning ta’kidlashicha, hozirda bu vaziyat bilan prokuratura shug‘ullanyapti.

24 avgust kuni O‘zbekistonda 834 kishida koronavirus aniqlandi
25 avgust 2021, 10:22

24 avgust kuni O‘zbekistonda 834 kishida koronavirus aniqlandi

Kecha kun davomida O‘zbekistonda 834 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi.8 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, seshanba kuni 357 kishida pnevmoniya qayd etildi, 4 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.

Jahon yangiliklari dayjesti
24 avgust 2021, 21:10

Jahon yangiliklari dayjesti

Armanistonda ayollarning harbiy qismlarga jalb qilinishi, Pokistonda talabalar va o‘qituvchilar uchun majburiy emlashning joriy qilingani, Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

24 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
24 avgust 2021, 20:39

24 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Bo‘ston tumaniga ayol kishi hokim etib tayinlanishi, Toshkentda 1,3 tonnadan ortiq narkotiklar partiyasi yo‘q qilinishi, prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi — “Gazeta.uz"ning 24 avgustdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

4 kishi “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlandi
24 avgust 2021, 20:00

4 kishi “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlandi

Prezident farmoni bilan 4 kishiga “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berilib, oliy nishon — “Oltin yulduz” medali topshirildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting