Yangi tahrirdagi «Reklama to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, dori vositalarini taniqli shaxslar va tibbiyot xodimlari reklama qilishi, qolaversa, olimlarning tavsiyalari, alohida shaxslarning minnatdorchiligi, dori ta’siri haqida fikrlaridan foydalanish taqiqlanishi kutilmoqda. Shuningdek, telekanallarda 10 daqiqadan kam bo‘lgan ko‘rsatuvlar orasida reklama berishga yo‘l qo‘yilmasligi mumkin. Hujjat senatorlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Toshkentdagi eski shaharda joylangan «Matkarimboy» madrasasi va «Hast Imom» mahallasidagi sobiq bolalar bog‘chasi binosida art-rezidensiyalar tashkil etiladi. Loyihani Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Alisher Usmonov nomidagi jamg‘arma ko‘magida amalga oshirmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji bilan yaqindan tanishish maqsadida Samarqand viloyatiga jo‘nab ketdi. Tashrif doirasida yangi inshootlar qurilishi bilan tanishish rejalashtirilgan.
Chorshanba kuni O‘zbekistonda koronavirusning kunlik holati 11 yanvardan beri ilk bor 700 tadan kamaydi — bir sutkada 692 kishining PZR-testi musbat natijani ko‘rsatdi. Qolaversa, 114 kishida pnevmoniya aniqlandi.
Chinoz tumani hokimining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari qo‘shni tumanda joylashgan fermerga qarashli sug‘oriladigan 35 gektar yerni hokimlikda ishlaydigan tanishlari orqali 90 ming dollar evaziga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lganligi aytilmoqda. Shundan 40 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan. Unga nisbatan JKning 229−6-moddasi bilan ish qo‘zg‘atildi.
Qarshi davlat universitetida 38 tup daraxt noqonuniy kesilganini ortidan muassasaning 6 nafar xodimiga nisbatan daraxtlarni qonunga xilof ravishda kesish moddasi bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atildi. Ular tabiatga 285 mln so‘m miqdorida zarar yetkazgani aytilmoqda.
Qashqadaryoda tuman markaziy poliklinikasi bosh shifokori tibbiyot birlashmasiga qarashli avtoturargoh hududidan 20 sotix yer ajratish evaziga 2000 dollar so‘raganlikda gumon qilinmoqda. U shundan 500 dollar va 10 mln so‘mni o‘z xizmat xonasida olayotganda ushlangan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkentning Sergeli va Yangihayot tumanlaridagi gaz quvurlarida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli 10 fevral kuni soat 11:00 dan 18:00 gacha tumanlarning ayrim joylarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy va Kegeyli tumanlarida IIB boshliqlari o‘zgardi. Shuningdek, Buxoro va Navoiy viloyatlarining bir qancha tuman IIBlarida ham lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.
Arnasoyda tadbirkor va xususiy korxona rahbari o‘rtasida yer bilan bog‘liq mojaro kelib chiqdi. Tadbirkor o‘zining ov miltig‘i bilan yerni olish uchun kelgan paxtakorlik xususiy korxona rahbarining o‘ng ko‘krak qismiga o‘q uzgan. Jabrlanuvchi shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi.
Dunyoda koronavirusga chalinganlar sonining 400 mlndan oshgani, Fransiya, Germaniya va Polshaning Rossiyani Ukraina chegarasidagi keskinlikni pasaytirishga chaqirgani, Suriyaning AQSh nazorati ostidagi hududlarida 18 kishining teraktlar oqibatida halok bo‘lgani, Yevropada ko‘plab davlatlarning koronavirus cheklovlarini bekor qilayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz» ning jahon yangiliklari dayjestida.
UzAuto Motors avtomobillari uchun oldindan to‘lov ko‘pi bilan 50% bo‘lishi kerakligini aytgan Rasul Kusherbayev, Marhamat hokimi tashabbusi bilan ota-onalardan uzr so‘ragan o‘qituvchilar, raqobat rivojlangan sohalarda davlat muassasalari tugatilishi, «Kapitalbank» aksiyalariniing boshqaruv paketini qo‘lga kiritgan Alisher Usmonov, yakshanba kuni yig‘ilish o‘tkazgan Buxoro viloyati hokimi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 9 fevraldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Jahon banki Doing Business xalqaro reytingi o‘rniga ishbilarmonlik muhitini baholash bo‘yicha Business Enabling Environment reytingi ustida ishlamoqda. Uning dastlabki konsepsiyasini taqdim etib, respondentlarni bu bo‘yicha muhokamada fikr bildirishga taklif qildi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 5,11 so‘mga pasayib, 10 835 so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari esa ko‘tarildi.
«O‘zavtosanoat» rahbari o‘rinbosari Azizbek Shukurov O‘zbekistonda xorijiy avtomobillar importiga qo‘yilgan bojxona boji o‘ta yuqori degan fikrga qo‘shilishini ma’lum qildi. Uning fikricha, bojxona to‘lovini «qayta ko‘rib chiqish mumkin». U shuningdek, iqtisodchi Yuliy Yusupovning avtomobil sanoati monopoliyasi haqidagi maqolasiga munosabat bildirdi.
Mirzo Ulug‘bek tumanida erkak 81 yoshli keksa ayoldan suv so‘rab, shundan so‘ng, uni sintetik mato bilan bo‘g‘ib, xonadondagi 1 mln so‘mni o‘zlashtirgani aytilmoqda. Tergov harakatlari natijasida bu ishni amalga oshirganlikda 50 yoshli erkak gumonlanib, hibsga olingan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Yanvar oyida kam daromadli oilalar xarajatlarining 60 foizi oziq-ovqat mahsulotlari hisobiga to‘g‘ri kelgan. Ushbu oilalarda xarajatlarning oziq-ovqatga yo‘naltirilgan qismi yuqori daromadli guruhga nisbatan 1,7 barobar ko‘proqni tashkil etdi. Bu oyda daromadi nisbatan kamroq uy xo‘jaliklari guruhlarining oziq-ovqat inflyatsiyasi 14,2 foizga teng bo‘ldi.
Chorshanba kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov Qozog‘istonga tashrifi davomida II darajali «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi. Shu kuni O‘zbekiston delegatsiyasi prezident Kasim-Jomart Toqayev qabulida bo‘lib, Qozog‘iston Parlamenti Majlisida ham qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov dam olish kuni to‘rtta tumanda mahallalar raislari va hokim yordamchilari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Davlat mehnat inspeksiyasi viloyat hokimi qonunchilik talablarini buzganini tasdiqladi.
O‘zbekiston davlat qarzi darajasi bo‘yicha YAIMga nisbatan 38,9% ko‘rsatkich bilan eng xavfsiz ko‘rsatkichni qayd etgan mamlakatlar qatoridan joy oldi. Visual Capitalist tomonidan e’lon qilingan jahon qarzining mamlakatlar kesimidagi holatiga oid ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda O‘zbekiston jami 188 ta davlat orasida 153-o‘rinda bormoqda. Davlat qarzining YAIMga nisbati eng yuqori davlatlar ro‘yxatida Yaponiya, Sudan va Gretsiya yetakchilik qilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting