Italiyada kanat yo‘lida kabina arqondan uzilib ketdi. 14 kishi halok bo‘ldi
24 may 2021, 10:04

Italiyada kanat yo‘lida kabina arqondan uzilib ketdi. 14 kishi halok bo‘ldi

Italiyananing Pemonte shahrida kanat yo‘lida odamlarni olib ketayogan kabina arqondan uzilib, quladi. 14 kishi haloq bo‘ldi, ular orasida 9 yoshli bola ham bor.

Abdulla Aripov «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlandi
24 may 2021, 08:47

Abdulla Aripov «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlandi

O‘zbekiston prezidenti farmoniga ko‘ra, bosh vazir Abdulla Aripov ko‘p yillik fidokorona mehnati hamda 60 yoshga to‘lgani munosabati bilan «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi.

Foto: Namanganda 60-xalqaro gullar festivali boshlandi
23 may 2021, 17:07

Foto: Namanganda 60-xalqaro gullar festivali boshlandi

Namanganda 60-xalqaro gullar festivali boshlandi. Yubiley festivalda 10 million tup gul ko‘chatlari o‘tqaziladi, gullar bilan bezatilgan avtomobillar paradi, gala-konsert va boshqa tadbirlar ham tashkil etiladi.

Toshkent viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i qamoqqa olindi
23 may 2021, 11:56

Toshkent viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i qamoqqa olindi

Toshkent viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi mutasaddilariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ko‘p miqdorda talon-toroj qilishda ayblanayotgan boshqarma boshlig‘i qamoqqa olindi.

Sergelida 4ta uy yondi, o‘t o‘chiruvchilar tirbandlik va suv bosimi pastligi muammolariga duch keldi
23 may 2021, 10:46

Sergelida 4ta uy yondi, o‘t o‘chiruvchilar tirbandlik va suv bosimi pastligi muammolariga duch keldi

Toshkentning Sergeli tumanidagi uylardan birida chiqqan yong‘in boshqa xonadonlarga ham o‘tdi. Aholi yong‘inga elektr tarmoqlaridagi muammo sababli yuzaga kelganini ma’lum qildi. FVV o‘t o‘chiruvchilar yo‘llardagi tirbandliklar va yer osti gidrantining suv bosimi past bo‘lgani yong‘inni tezlik bilan o‘chirishga salbiy ta’sir ko‘rsatganini ma’lum qildi.

Farg‘onada «Vaz-2101» avtomobilining gaz balloni portladi
23 may 2021, 09:40

Farg‘onada «Vaz-2101» avtomobilining gaz balloni portladi

Farg‘ona viloyatida gaz quyish shoxobchasida gaz to‘ldirilayotgan «Vaz-2101» rusumli avtomobilning gaz ballonida portlash sodir bo‘ldi. Hodisada ikki kishi jarohatlandi.

Chiroqchida avtomobil gaz balloni portlashi natijasida ikki kishi vafot etdi
22 may 2021, 23:38

Chiroqchida avtomobil gaz balloni portlashi natijasida ikki kishi vafot etdi

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida Nexia avtomobilida harakat vaqtida gaz balloni portladi. Ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi, bir kishi og‘ir jarohatlandi.

«Ilojim bo‘lganida edi, biroq byudjet cheklangan». Sherzod Shermatov — ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar haqida
22 may 2021, 23:16

«Ilojim bo‘lganida edi, biroq byudjet cheklangan». Sherzod Shermatov — ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar haqida

Sinflarda o‘quvchilar sonini 35 dan 24 gacha kamaytirish uchun yiliga 9 trillion so‘m kerak bo‘ladi, dedi xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov. Shuningdek, u yoshlar uchun texnologiya va aniq fanlarni ingliz tilida o‘rganish nima uchun muhim ekanini tushuntirdi.

22-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
22 may 2021, 20:30

22-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Tataristonda halok bo‘lgan o‘zbekistonlik talaba, iste’fo bergan Andijon shahar prokurori, poradan bosh tortib, 15 mln so‘m bilan mukofotlangan IIB xodimi hamda Olimpiadaga chiqqan o‘zbekistonlik taekvondochilar — “Gazeta.uz"ning 22-maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Toshkentdagi uchta yo‘l o‘tkazgich va yo‘llar qurilish qiymati 49 mln dollarga ko‘tarildi
22 may 2021, 19:22

Toshkentdagi uchta yo‘l o‘tkazgich va yo‘llar qurilish qiymati 49 mln dollarga ko‘tarildi

Toshkentning Yakkasaroy va Sergeli tumanlarini bog‘laydigan olti qatorli avtoyo‘l va uchta yo‘l o‘tkazgich qurilishi qiymati 280 mlrd so‘mdan 518,3 mldr so‘mgacha oshirildi. Qurilish ishlari Grand Road Tashkent tomonidan olib boriladi. Hukumat loyihani tendersiz o‘tkazishga ruxsat berdi.

O‘zbekiston tarixida ilk bor 4 nafar taekvandochi Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
22 may 2021, 19:10

O‘zbekiston tarixida ilk bor 4 nafar taekvandochi Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik taekvondochi Svetlana Osipova +67 kg vazn toifasida Olimpiada litsenziyasini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor taekvondo bo‘yicha Olimpiya o‘yinlariga 4 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Qibraydagi 21 ta mahalla Toshkent shahri tarkibiga o‘tkaziladi
22 may 2021, 15:35

Qibraydagi 21 ta mahalla Toshkent shahri tarkibiga o‘tkaziladi

Toshkent shahri hududini Toshkent viloyati Qibray tumanidagi 21 ta mahallani poytaxtning Yashnobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlari tarkibiga o‘tkazish orqali kengaytirish rejalashtirilmoqda.

Andijonda yangi zamonaviy Navruz Mall savdo-ko‘ngilochar markazi ishga tushdi
22 may 2021, 15:00

Andijonda yangi zamonaviy Navruz Mall savdo-ko‘ngilochar markazi ishga tushdi

15 may kuni Navruz Mall savdo markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimi kutilgandan ham ziyod mehmonlar bilan gavjum bo‘ldi va maxsus ko‘ngilochar dastur namoyish etildi.

Sport sohasidagi eng muhim xabarlar haftalik dayjesti
22 may 2021, 14:38

Sport sohasidagi eng muhim xabarlar haftalik dayjesti

Xalqaro musobaqalarda sovrindor bo‘lgan bokschi va dzyudochilar, poytaxt hokimligiga qaytgan «Paxtakor» va klubni birinchi raqamli libosiga ega chiqqan Jahongir Ortiqxo‘jayev, Tokio olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan taekvondochi Nigora Tursunqulova hamda sport olamidagi boshqa muhim xabarlar — «Gazeta.uz»ning haftalik sport yangiliklari dayjestida.

Poradan bosh tortgan IIB xodimiga 15 mln so‘m mukofot berildi
22 may 2021, 13:56

Poradan bosh tortgan IIB xodimiga 15 mln so‘m mukofot berildi

2 ming AQSH dollari miqdoridagi poradan bosh tortgan Samarqand IIO FMB xodimi 15 mln so‘m mukofot bilan taqdirlandi. Uning ota-onasiga esa tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Andijon shahar prokurori iste’foga chiqdi
22 may 2021, 12:43

Andijon shahar prokurori iste’foga chiqdi

Andijon shahar prokurori Qurbonali Asqarov ishdan bo‘shash haqida ariza yozdi. Bosh prokuratura uni ishdan ketishini shahar kengashi sessiyasidagi voqealar bilan bog‘liq emasligini aytmoqda. Avvalroq, xalq deputatlari Andijon shahar kengashi sessiyasida deputatlar tintuv qilinib, telefonlari olib qo‘yilgandi, qolaversa, shu kuni deputat Shuhratbek Karimov daxlsizlik huquqidan ham mahrum etilgan edi.

4 oyda O‘zbekistonga 156 ta elektromobil olib kirildi. Bu 2020 yilgi jami ko‘rsatkichdan ham ko‘p
22 may 2021, 12:18

4 oyda O‘zbekistonga 156 ta elektromobil olib kirildi. Bu 2020 yilgi jami ko‘rsatkichdan ham ko‘p

Yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga 156 ta elektromobil import qilindi — bu 2020 yilgi jami ko‘rsatkichdan ham ko‘proq va 2019 yilga qaraganda to‘rt baravarga ortgan. Ularning ko‘p qismi Xitoydan keltirilgan.

Qulupnaydan nimalar tayyorlasa bo‘ladi
22 may 2021, 11:23

Qulupnaydan nimalar tayyorlasa bo‘ladi

Semifredo muzqaymog‘i, trayfl, tart va oddiy pechenelar — Zira.uz qulupnaydan tayyorlanadigan pishiriqlar ro‘yxatini taqdim etadi.

Yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi qanday o‘zgardi
21 may 2021, 21:56

Yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi qanday o‘zgardi

To‘rt oy davomida tashqi savdo aylanmasi 3,5 foizga kamayib, 10,3 mlrd dollarni tashkil etdi. Eksport 19,1 foizga — 3,5 mlrd dollargacha qisqardi, biroq oltin hisobga olinmagan eksport hajmi 26,7 foizga o‘sdi. Import 7 foizga — 4,7 foizgacha o‘sdi. O‘zbekiston rangli metallar, to‘qimachilik mahsulotlari va avtomobillar eksportini hamda oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar importini keskin oshirdi.

Jahon yangiliklari dayjesti
21 may 2021, 21:41

Jahon yangiliklari dayjesti

Avstraliyaning 45 shahrida iqlim o‘zgarishlariga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgani, Ilon Maskning xalqaro oy bazasini yaratishni taklif qilgani, Tailandda favqulodda holatning 31 iyulgacha uzaytirilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting