Nizolarni sudgacha hal qilish bo‘yicha apellyatsiya kengashlari tashkil etiladi
18 iyun 2020, 10:22

Nizolarni sudgacha hal qilish bo‘yicha apellyatsiya kengashlari tashkil etiladi

Jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organlari o‘rtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish uchun apellyatsiya kengashlari tashkil etiladi. Shuningdek, nizolarni muqobil usulda hal qilish bilan shug‘ullanuvchi Mediatsiya markazlari ham tuziladi. Eksperiment tariqasida, 1 iyuldan Toshkentda davlat xizmatlari markazlarida nizolashuvchi fuqarolarga mediator xizmatidan foydalanish uchun alohida xonalar ajratiladi.

Koronavirus bemorlari soni 5700 nafarga yaqinlashdi
18 iyun 2020, 10:07

Koronavirus bemorlari soni 5700 nafarga yaqinlashdi

Koronavirus bemorlari soni 15 nafarga ortib, jami 5697 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 9 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 6 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olinganlar orasida aniqlangan.

Masjidda o‘g‘irlik qilganlikda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi
18 iyun 2020, 09:35

Masjidda o‘g‘irlik qilganlikda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkentda masjidga kirish joyida qoldirilgan sumka o‘g‘irlab ketildi. Poytaxt IIBB jinoyat qidiruv xodimlari gumonlanuvchining shaxsini aniqlab, 22 yoshli shaxsni qo‘lga oldi.

Abdulaziz Xaydarov Pensiya jamg‘armasiga rahbar bo‘ldi
18 iyun 2020, 09:20

Abdulaziz Xaydarov Pensiya jamg‘armasiga rahbar bo‘ldi

Hukumat qaroriga binoan Abdulaziz Xaydarov Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktori lavozimiga tayinlandi.

Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan 1,7 tonna hidlangan suyaksiz go‘sht to‘xtatib qolindi
18 iyun 2020, 09:05

Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan 1,7 tonna hidlangan suyaksiz go‘sht to‘xtatib qolindi

Jizzaxdagi YPX maskanida Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan 1,7 tonna hidlangan go‘sht to‘xtatib qolindi. Go‘sht suyaksiz bo‘lgani uchun qaysi hayvonga tegishli ekani hozircha noma’lum, ammo qoramol va qo‘y go‘shti emas, degan xulosaga kelindi.

Kun davomida 189 kishida koronavirus aniqlandi (jami — 5682)
17 iyun 2020, 23:55

Kun davomida 189 kishida koronavirus aniqlandi (jami — 5682)

O‘zbekistonda kun davomida 189 ta koronavirus holati aniqlandi. 169 ta holat karantindagilar, 13 tasi aholi orasida qayd etildi. 12 nafar bemorning ahvoli og‘ir.

Boshqa hududlarda yashovchilar Toshkentda qariyb 13 mingta kvartira sotib oldi
17 iyun 2020, 23:13

Boshqa hududlarda yashovchilar Toshkentda qariyb 13 mingta kvartira sotib oldi

Doimiy propiska to‘g‘risidagi talab bekor qilinganidan keyin boshqa hududlarda yashovchi fuqarolar Toshkentda qariyb 13 mingta, Toshkent viloyatida esa 2 mingdan ortiq kvartira sotib oldi. Bu uy-joy oldi-sotdi bitimlarining qariyb 70 foizini tashkil etadi.

Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi
17 iyun 2020, 22:24

Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi

2019 yilda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar 22 foizga kamaygan, biroq chaqaloqlar savdosi 2018 yildagi 38 foizdan 43 foizga oshgan. Shuningdek, majburiy mehnatga yo‘l quygan 259 nafar, ish haqlarini o‘z vaqtida bermagan va mehnat sharoitlari yaratmagan 56 nafar mansabdor shaxs javobgarlikka tortildi — Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi.

May oyida ichki valyuta bozoridagi operatsiyalar xajmi 1,2 mlrd dollarni tashkil etdi
17 iyun 2020, 22:00

May oyida ichki valyuta bozoridagi operatsiyalar xajmi 1,2 mlrd dollarni tashkil etdi

May oyida ichki valyuta bozoridagi operatsiyalarning umumiy xajmi 1,2 mlrd dollarni tashkil etib, aprel oyiga nisbatan 1,1 barobarga pasaydi.

Toshkentdagi 71 ta mahalla “qizil” karantin hududiga kiritildi
17 iyun 2020, 21:38

Toshkentdagi 71 ta mahalla “qizil” karantin hududiga kiritildi

Toshkentda “qizil” karantin hududiga kiritilgan mahallalar soni 42 tadan 71 taga oshdi. Ushbu mahallalarga kirish va chiqish joylari yopildi. Koronavirus holatlari sababli “Malika” (“Fleshka”) savdo majmuasi, Yunusobod tumanidagi dehqon bozori va “O‘rikzor” bozori yopildi.

Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining daromad va xarajatlari ma’lum qilindi
17 iyun 2020, 21:06

Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining daromad va xarajatlari ma’lum qilindi

Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hisobiga 7,44 trln so‘m kelib tushdi, jamg‘arma xarajatlari esa 3,306 trln so‘mga teng bo‘ldi. Ushbu mablag‘lar Toshkent hokimligi byudjetini qo‘llab-quvvatlash, Prezident maktablarini qurish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand va Surxondaryoda kasalxonalar hamda karantin markazlari qurish va boshqa maqsadlarda sarflandi.

Milliy gvardiya xizmatchilari niqobi yo‘q fuqaroni bo‘g‘ib, xushidan ketkazgani aytilmoqda
17 iyun 2020, 20:34

Milliy gvardiya xizmatchilari niqobi yo‘q fuqaroni bo‘g‘ib, xushidan ketkazgani aytilmoqda

Surxondaryoda Milliy gvardiya xodimlari niqob taqmagan fuqaroni bo‘g‘ib, xushidan ketkazgani aytilmoqda. Hodisani izohlagan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarning xatti-harakatlariga baho berish yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlanganini ma’lum qildi. Tuman prokuraturasi esa tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.

Samarqanddagi baxmal ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi
17 iyun 2020, 19:48

Samarqanddagi baxmal ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi

Samarqandda baxmal ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi. 200 kv m maydonda saqlanayotgan ikkilamchi xom ashyo va dastgohlar yongan, 800 kv m maydondagi tayyor mahsulotlar va uskunalar esa saqlab qolingan.

«O‘zagrosug‘urta» Buxoroda tabiiy ofatdan ziyon ko‘rganlarga 5,5 mlrd so‘m sug‘urta tovonlarini to‘lab berdi
17 iyun 2020, 18:05

«O‘zagrosug‘urta» Buxoroda tabiiy ofatdan ziyon ko‘rganlarga 5,5 mlrd so‘m sug‘urta tovonlarini to‘lab berdi

«O‘zagrosug‘urta» kompaniyasi Buxoroda bo‘lib o‘tgan kuchli shamoldan ziyon ko‘rganlar uchun qariyb 5,5 mlrd so‘m sug‘urta tovonlarini to‘lab berdi.

Sardoba toshqini oqibatlarini bartaraf etishga 200 mlrd so‘m ajratildi
17 iyun 2020, 17:24

Sardoba toshqini oqibatlarini bartaraf etishga 200 mlrd so‘m ajratildi

“Sardoba” suv ombori talofatidan zarar ko‘rgan hududlarda ta’mirlash ishlari uchun 200 mlrd so‘m ajratildi. Qurilish vazirligi ushbu mablag‘ qanday ishlatilishi borasida hisobot berdi.

Koronavirus bemorlari soni 5600 nafardan oshdi
17 iyun 2020, 17:03

Koronavirus bemorlari soni 5600 nafardan oshdi

Koronavirus holatlari 77 taga ko‘payib, jami 5638 nafarga yetdi. Yangi holatlarning 73 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 4 nafari Buxoro viloyatida qayd etilgan. Kun davomida mamlakatda 145 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.

1 iyuldan 200 va 500 so‘mlik qog‘oz pullar muomaladan chiqariladi
17 iyun 2020, 16:17

1 iyuldan 200 va 500 so‘mlik qog‘oz pullar muomaladan chiqariladi

Markaziy bank 1 iyul kunidan boshlab 200 va 500 so‘mlik qog‘oz pullar qonuniy to‘lov vositasi sifatida o‘z kuchini yo‘qotishini ma’lum qildi.

Tikuvchi, sotuvchi, farrosh va homilador ayol — 16 iyun kuni kimlar orasida COVID-19 aniqlandi
17 iyun 2020, 15:52

Tikuvchi, sotuvchi, farrosh va homilador ayol — 16 iyun kuni kimlar orasida COVID-19 aniqlandi

16 iyun kuni 20 nafar aholi orasida, jumladan, tikuvchi, sotuvchi, haydovchi, farrosh va homiladorda koronavirus qayd etilgan — Sog‘liqni saqlash vazirligi.

O‘zbekiston harbiylari Moskvadagi G‘alaba paradida qatnashadi
17 iyun 2020, 15:45

O‘zbekiston harbiylari Moskvadagi G‘alaba paradida qatnashadi

Moskvada bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradida 12 mamlakat harbiylari, jumladan, O‘zbekiston vakillarining ham qatnashadi. Ayni paytda xorijlik harbiylar Moskvaga yetib borgan.

Karantin sababli prezident maktablariga qabul bir yilga qoldirildi
17 iyun 2020, 14:44

Karantin sababli prezident maktablariga qabul bir yilga qoldirildi

Prezident maktablariga o‘quvchilar qabuli kelgusi o‘quv yilida o‘tkaziladi. Bunga karantin davrida saralash imtihonlarini o‘tkazish va Cambridge Assessment tashkiloti vakillarining O‘zbekistonga belgilangan sanalarda kela olmasliklari sabab qilib ko‘rsatildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting