DXX va Bojxona qo‘mitasi Xitoydan pochta orqali kuchli ta’sir ko‘rsatadigan “pregabalin” preparatini olib kirib, ijtimoiy tarmoqlar orqali sotib kelgan guruhni fosh qildi. 75,7 kg preparat musodara qilindi.
Chirchiqdagi qishloq xo‘jaligi mashinasozligi klasteri traktorlar ishlab chiqarishni boshladi, mahalliylashtirish darajasi 25 foizni tashkil etmoqda. Zavod yiliga 15 mingta traktor, tirkama va boshqa texnikalarni ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi Freedom Payments kompaniyasida bo‘lgan tekshiruv fuqarolarning plastik kartasidan 12 mlrd so‘m o‘g‘irlangani bo‘yicha tergovga bog‘liqligini ma’lum qildi. Pul to‘lov tizimi orqali xorijga chiqib ketgan, shu sabab organlar tergov tadbirlarini o‘tkazmoqda, deyiladi izohda.
Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi ZoodPay platformasiga qarshi tashkilotning 99 foiz aksiyasi BAAdagi Zooduz kompaniyasiga sotilgani sababli ish qo‘zg‘atdi. Qo‘mita kompaniyaga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda belgilangan javobgarlikni qo‘llash choralarini ko‘radi.
Ulug‘bek Lapasov O‘zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Jenevadagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakil sifatida ishlab kelayotgandi.
Xitoyning PowerChina kompaniyasi Andijonda qiymati 400 mln dollarlik 400 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasi quradi. Kompaniya Energetika vazirligi bilan tendersiz shartnoma imzoladi. Energetika vaziri loyihalar nima sababdan bevosita muzokaralar orqali amalga oshirilayotganini tushuntirdi.
ASUS 2023-yil yangiligi — talabalarga ta’lim va boshqa ishlarda muvaffaqiyatga erishishda yordam beradigan Vivobook S 15 OLED noutbukini taqdim etdi.
Markaziy bank Telegram`da regulyator nomidan soxta kanal ochib, fuqarolarni aldashga urinish holatlari kuzatilayotganini ma’lum qildi. “Markaziy bank tijorat faoliyati bilan shug‘ullanmaydi, shu jumladan, jismoniy shaxslarga kredit ajratmaydi yoki moliyaviy yordam ko‘rsatmaydi”, deyiladi regulyator xabarida.
Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga ko‘ra appelyatsiya shikoyatini berish muddati 20 kundan 10 kunga qisqartiriladi, sud qarorlarini kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish vakolati viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarga o‘tkaziladi.
Toshkent shahridagi 6-sonli tug‘ruq kompleksida egizak chaqaloqlar vafot etdi. Bolalar onasi bunga akusher-ginekologning ehtiyotsizligi sabab bo‘lganini aytmoqda.
Chiroqchi tumaniga Fayzulla Yusupov hokim etib tayinlandi. U bunga qadar viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi rahbari bo‘lgan.
Surxondaryo hokimi va maktab direktori janjali tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi. Huquqshunos va ekspertlar “hokim pedagogni ishdan olishga haqqi yo‘q”, “hokimlarni ta’limga umuman yaqinlashtirmaslik kerak” demoqda. “Hokim qamab, vazir ozod qilsa, sudning nima keragi bor?” degan savol ham berildi.
“Gazeta.uz” kecha xabar bergan Freedom Payments kompaniyasi xodimlarining tekshiruvdan o‘tkazilishi bo‘yicha holat “mamlakatdan kapital olib chiqib ketilishining oldini olish bo‘yicha standart jarayon bilan bog‘liq”, deya xabar berdi kompaniya. Bunday tekshiruvlar bir qator boshqa to‘lov tashkilotlarida ham o‘tkaziladi.
O‘zbekistonda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmagan 400 ga yaqin liftdan hamon foydalanib kelinmoqda. Bu haqda Senat yalpi majlisida ma’lum qilindi.
Shanba kuni O‘zbekistonga Janubiy Ural hududlaridan nisbatan nam va salqin havo massalari kirib keladi. Kunduzi harorat barcha joylarda +35 darajagacha, janubda +38 darajagacha pasayadi.
6−8-avgust kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning 8 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkin.
Farg‘onada Jahon banki, YeI va boshqalar hamkorligida tashkil etilgan Meva-sabzavotchilik II forumida O‘zbekistondan 80 ta davlatga 180 xil meva-sabzavot eksport qilinayotgani aytildi. Forum davomida bu ro‘yxatni kengaytirish imkoniyatlari, mavjud muammolarga yechimlar muhokama qilindi.
“Xalq banki” Quvasoy filiali g‘aznachisi o‘ziga biriktirilgan bankomatdan 212,8 mln so‘mni talon-toroj qilgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tijorat banklari 4-avgust kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 590−11 650 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 680−11 710 so‘m.
O‘zbekistonda chuchuk suvning qariyb 90 foizi qishloq xo‘jaligida foydalanilib, har gektarga suv sarfi texnologik ilg‘or davlatlarga nisbatan 2−2,5 barobar ko‘p. Bu haqda Senati Kengashining navbatdagi majlisida ma’lum qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting