18 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
18 yanvar 2022, 22:00

18 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan LOCHIN droni, O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘istonda qo‘lga olinganini rad etgan TIV, geografiya faniga ajratilgan soatlar qisqarganmaganini ta’kidlagan XTV, Farg‘onada is gazidan vafot etgan 3 kishi, 100 yoshdan oshgan 570 nafar nafaqaxo‘rga to‘lanadigan qo‘shimcha to‘lov, Do‘stlik bog‘i uchun kurash va boshqa xabarlar — «Gazeta.uz» ning 18 yanvardagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Daraxt kesilishi bo‘yicha Andijon shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘iga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
18 yanvar 2022, 18:35

Daraxt kesilishi bo‘yicha Andijon shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘iga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Andijon perinatal markazi hududidagi 12 tup qimmatbaho daraxt kesilgani yuzasidan shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘iga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Daraxtlarning qonunga xilof ravishda kesib yuborilganligi oqibatida tabiatga 115,5 mln so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Farg‘onada yana uch kishi is gazidan zaharlandi
18 yanvar 2022, 17:41

Farg‘onada yana uch kishi is gazidan zaharlandi

Farg‘ona shahrida ikki nafar harbiy xizmatchi va 17 yoshli qiz is gazidan zaharlanish oqibatida halok bo‘ldi. FVV ma’lumotlariga ko‘ra, bu 2021−2022 yilgi isitish mavsumi boshidan beri 40-baxtsiz hodisa. Mavsum davomida is gazidan jami 54 kishi vafot etgan.

YPX hamda PPX postlarida «Yashil» va «Qizil» yo‘lak tizimi joriy etilishi mumkin
18 yanvar 2022, 17:15

YPX hamda PPX postlarida «Yashil» va «Qizil» yo‘lak tizimi joriy etilishi mumkin

Hukumat qarori loyihasiga muvofiq, 1 martdan boshlab Toshkent viloyatidagi «Chinor» va Namangan viloyatidagi «Namangan» YPX statsionar postlarida «Yashil» va «Qizil» yo‘laklar joriy qilish taklifi bildirildi. Yashil yo‘lakdan qidiruvda bo‘lmagan, qarzdorligi yo‘q hamda texnik soz mashinalar o‘tadi. Qizil yo‘lak esa qoidabuzar va qarzdorligi mavjud haydovchilarga mo‘ljallangan. Postlardagi monitor yordamida haydovchilarga qaysi yo‘lakdan harakatlanishi kerakligi ko‘rsatib turiladi.

Nazarboyev: «Elitada hech qanday qarama-qarshilik yo‘q»
18 yanvar 2022, 17:04

Nazarboyev: «Elitada hech qanday qarama-qarshilik yo‘q»

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakatdagi fojiali voqealardan so‘ng birinchi marta bayonot bilan chiqdi. U 2019 yildan beri nafaqada ekani va hech qayerga ketmaganini ta’kidladi. Qasim-Jomart Tokayev «barcha hokimiyatga ega», «elitada hech qanday ziddiyat yoki qarama-qarshilik yo‘q», — dedi u.

Geografiya faniga ajratilgan soatlar hajmi qisqargani yo‘q — XTV
18 yanvar 2022, 16:42

Geografiya faniga ajratilgan soatlar hajmi qisqargani yo‘q — XTV

Xalq ta’limi vazirligi maktablarda yuqori sinflar uchun geografiya fani soatlari qisqarishi ortidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fan o‘qituvchilarining e’tirozlariga munosabat bildirdi. 6-sinfda har biri haftalik 2 soatdan o‘tiladigan geografiya, biologiya va fizika fanlari o‘rniga yagona 3 soatlik «Tabiiy fanlar» fani kiritilgan. Qisqarayotgan 3 soat esa «Tabiiy fanlar» doirasida 2-, 3-, 4-sinflarga qo‘shib berilgan. Vazirlik geografiyaga oid mavzular 96 taga ko‘payganini ham qo‘shimcha qildi.

Toshkent viloyatida 77 kg opiy va gashish aylanmasi to‘xtatib qolindi
18 yanvar 2022, 15:48

Toshkent viloyatida 77 kg opiy va gashish aylanmasi to‘xtatib qolindi

Davlat bojxona qo‘mitasi Toshkent tumanida 77 kg giyohvandlik vositasini qoplarda kartoshka ko‘rinishida yashirib, xorijiy davlat fuqarosiga yetkazib bermoqchi bo‘lgan shaxslarni qo‘lga oldi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekiston birinchi chorakda COVAX dasturidan 11 mln doza vaksina oladi
18 yanvar 2022, 15:46

O‘zbekiston birinchi chorakda COVAX dasturidan 11 mln doza vaksina oladi

YUNISEF vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzadening ma’lum qilishicha, O‘zbekiston birinchi chorakda COVAX dasturi doirasida 11 mln dozadan ko‘proq vaksina qabul qilib oladi. COVAX orqali hozirgacha yetkazib berilgan vaksinalar hajmi 10 mln dozadan oshgan.

100 yosh va undan oshganlarning pensiyasiga qo‘shimcha pul to‘lanadi
18 yanvar 2022, 14:42

100 yosh va undan oshganlarning pensiyasiga qo‘shimcha pul to‘lanadi

O‘zbekistonda 100 yosh va undan oshgan fuqarolarning nafaqasiga pensiyani hisoblashning bazaviy 100% miqdorida — 289 000 so‘m qo‘shimcha to‘lov qilinadi. 1 yanvar holatiga mamlakatda 570 nafar 100 yosh va undan oshgan shaxs istiqomat qiladi.

TIV Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olinganini rad etdi
18 yanvar 2022, 14:03

TIV Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olinganini rad etdi

TIV rasmiy vakili «Jibek joli» o‘tish punktida Qozog‘istondagi tartibsizliklarda ishtirok etganlikda gumon qilinib, qo‘lga olingan shaxs O‘zbekiston fuqarosi ekanligini rad etdi.

Qozog‘iston pul o‘tkazmalarining qariyb 30 foizi O‘zbekistonga to‘g‘ri keldi
18 yanvar 2022, 13:11

Qozog‘iston pul o‘tkazmalarining qariyb 30 foizi O‘zbekistonga to‘g‘ri keldi

2021-yilning 11 oyi mobaynida O‘zbekiston Qozog‘istondan 639 mln dollar qabul qilib olgan, 102 mln dollar mablag‘ esa qo‘shni mamlakatga jo‘natilgan. Shu tariqa Qozog‘iston pul o‘tkazmalarining qariyb 30 foizi O‘zbekiston hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

Akademik Baxtiyor Nazarov vafot etdi
18 yanvar 2022, 12:48

Akademik Baxtiyor Nazarov vafot etdi

O‘zbekiston fan arbobi, akademik, professor Baxtiyor Nazarov 77 yoshida olamdan o‘tdi. U 1986−1994 yillarda «O‘zbek tili va adabiyoti» jurnalining bosh muharriri, prezident maslahatchisi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagandi.

O‘zbekistonda LOCHIN uchuvchisiz dron ishlab chiqarildi
18 yanvar 2022, 11:35

O‘zbekistonda LOCHIN uchuvchisiz dron ishlab chiqarildi

Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi tasarrufidagi markaz O‘zbekistonda ilk uchuvchisiz dron ishlab chiqardi. LOCHIN apparati — razvedka qilish, zarba berish, real vaqt rejimida kuzatish, ma’lumot olish, artilleriya o‘t ochish jarayonini boshqarish kabi vazifalarni bajara oladi. Qolaversa, qurilmadan qishloq xo‘jaligida hamda qo‘riqxonalarni, yo‘llarni, ijtimoiy infratuzilma va muhim obyektlarni kuzatishda foydalanish mumkin (video).

O‘zbekiston musulmonlari idorasi umra to‘lovlari oshganiga izoh berdi
18 yanvar 2022, 10:52

O‘zbekiston musulmonlari idorasi umra to‘lovlari oshganiga izoh berdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi mehmonxonada 4 kishilik xonaga 2 kishi, 50 o‘rindiqli avtobusga 25 kishi joylashtirilishi, oziq-ovqatlar maxsus qadoqlangan holda tarqatilishi, Saudiya qirolligida joriy qilingan 15 foiz QQS umra to‘lovi oshishiga ta’sir etganini ma’lum qildi. Qolaversa, bu yilgi mavsumda Makka va Madina shaharlarida Ikki Haramga yaqin bo‘lgan mehmonxonalar buyurtma qilingani qayd etildi.

Ixtisoslashtirilgan maktablar Prezident ta’lim muassasalari agentligiga o‘tkaziladi
18 yanvar 2022, 10:34

Ixtisoslashtirilgan maktablar Prezident ta’lim muassasalari agentligiga o‘tkaziladi

Shavkat Mirziyoyev umumiy va ixtisoslashtirilgan maktablarda fanlar va chet tillarini o‘qitish sifatini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, ixtisoslashtirilgan 790 ta maktab bosqichma-bosqich Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufiga o‘tkazilishi ma’lum qilindi.

Kun davomida 935 kishida koronavirus aniqlandi
18 yanvar 2022, 10:22

Kun davomida 935 kishida koronavirus aniqlandi

Dushanba kuni COVID-19 bilan kunlik kasallanishlar soni o‘tgan kunga nisbatan 1037 tadan 935 taga kamaydi. Koronavirus bilan og‘rigan 4 nafar bemor esa vafot etdi.

2024-yil yakunigacha jismoniy shaxslarning aksiyalardan olgan dividendlari soliqdan ozod qilinadi
18 yanvar 2022, 09:37

2024-yil yakunigacha jismoniy shaxslarning aksiyalardan olgan dividendlari soliqdan ozod qilinadi

Prezident qarori bilan 2022-yil 1-apreldan 2024-yil 31-dekabrgacha jismoniy shaxslarning aksiyalardan olgan dividendlari daromad solig‘idan ozod qilinadi. Norezident yuridik shaxslar uchun esa 5% stavkada foyda solig‘i tadbiq etiladi.

The Best. Robert Levandovski 2021 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
18 yanvar 2022, 01:54

The Best. Robert Levandovski 2021 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski FIFA talqiniga ko‘ra 2021 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Krishtianu Ronaldu xalqaro futbolda barcha vaqtlardagi eng yaxshi to‘purarga aylangani uchun FIFA`ning maxsus sovrini bilan taqdirlandi. Barcha sovrinlar egalari.

Jahon yangiliklari dayjesti
17 yanvar 2022, 23:32

Jahon yangiliklari dayjesti

Indoneziyaning yangi poytaxti Nusantara deb nomlangani, Shvetsiyada omikron shtammining yangi mutatsiyasi aniqlangani, Abu-Dabida dron hujumi oqibatida uch kishining halok bo‘lgani, Nursulton Nazarboyevning jiyani va kuyovlari o‘z lavozimlarini tark etishgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Ulkan Mulk «Bildirsoy» dam olish maskanini sotib oldi
17 yanvar 2022, 23:27

Ulkan Mulk «Bildirsoy» dam olish maskanini sotib oldi

Mahalliy Ulkan Mulk kompaniyasi «Bildirsoy» dam olish maskanini kanat yo‘li bilan birga 107 mlrd so‘mga sotib oldi. Xaridorga daraxtlarni kesishga joriy etilgan moratoriy talablariga rioya qilish majburiyati ham yuklatilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting