Chimyon hududida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi
13 yanvar 2022, 19:12

Chimyon hududida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi

13−14 yanvar kunlari Chimyon hududida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi. FVV shu kunlarda fuqarolardan «Qor ko‘chishi xavfi mavjud» belgisi bo‘lgan joylarga kirmaslikni so‘radi.

Toshkent viloyatida quloqchin taqib mol boqayotgan fuqaroni poyezd urib ketdi
13 yanvar 2022, 18:25

Toshkent viloyatida quloqchin taqib mol boqayotgan fuqaroni poyezd urib ketdi

O‘rtachirchiq tumanida «To‘ytepa-Ozodlik» yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan yuk poyezdi urib ketishi oqibatida 26 yoshli fuqaro vafot etdi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, u quloqchin taqib, mol boqayotgan bo‘lgan.

AQShga uchmoqchi bo‘lganlar 15 kun oldin to‘liq emlanganlik guvohnomasiga ega bo‘lishlari kerak
13 yanvar 2022, 18:14

AQShga uchmoqchi bo‘lganlar 15 kun oldin to‘liq emlanganlik guvohnomasiga ega bo‘lishlari kerak

AQShga kirish uchun yangi qoidalar e’lon qilindi. Unga ko‘ra, yo‘lovchilar parvozdan kamida 24 soat oldin PZR-test hamda kamida 15 kun oldin COVID-19ga qarshi to‘liq emlanganliklarini tasdiqlaydigan guvohnomaga ega bo‘lishlari kerak. Boshqa talablar ham bor.

«Qozog‘istonda sodir bo‘lgan voqealar hammamizni jiddiy tashvishga soldi» — Shavkat Mirziyoyev
13 yanvar 2022, 18:04

«Qozog‘istonda sodir bo‘lgan voqealar hammamizni jiddiy tashvishga soldi» — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida Qozog‘istondagi vaziyatga to‘xtalib o‘tdi. «Biz uchun yaqin qo‘shni va qardosh Qozog‘istonda sodir bo‘lgan voqealar hammamizni jiddiy tashvishga soldi», — dedi u. Prezident qo‘shni mamlakatdagi vaziyat asta-sekin o‘z iziga tushib borayotgani hamda odamlar osoyishta hayotga qaytayotganini ta’kidladi.

O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari Markaziy Osiyodagi vaziyatni muhokama qildi
13 yanvar 2022, 16:43

O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari Markaziy Osiyodagi vaziyatni muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot davomida O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlaridan tashqari, Qozog‘istonda ro‘y bergan voqealar nuqtai nazaridan Markaziy Osiyodagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashdi.

O‘zbekiston ko‘zi ojizlar to‘g‘risidagi Marokash shartnomasiga qo‘shildi
13 yanvar 2022, 16:27

O‘zbekiston ko‘zi ojizlar to‘g‘risidagi Marokash shartnomasiga qo‘shildi

O‘zbekiston ko‘zi ojiz, ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan va bosma axborotni idrok etishda boshqa jihatdan qobiliyati cheklangan shaxslarning nashr etilgan asarlardan foydalanishini yengillashtirish to‘g‘risidagi Marokash shartnomasiga qo‘shildi. Hozirda mamlakatda 72 mingdan ortiq ko‘zi ojiz insonlar istiqomat qiladi.

«Samarqand darvoza»da portlatilgan «o‘t o‘chirgich» bo‘yicha 13 kishiga ayblov qo‘yildi
13 yanvar 2022, 16:00

«Samarqand darvoza»da portlatilgan «o‘t o‘chirgich» bo‘yicha 13 kishiga ayblov qo‘yildi

«Samarqand darvoza»da «o‘t o‘chirgich» portlatilishi bo‘yicha tergov doirasida 13 kishiga ayblov e’lon qilindi. 5 nafari 3−5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. Shuningdek, tergovda mazkur vositani yasashni yoshlarga yangiyo‘llik traktorchi o‘rgatgani aniqlangan.

Hududlarni strategik rivojlantirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» ishlab chiqish kerak — prezident
13 yanvar 2022, 15:28

Hududlarni strategik rivojlantirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» ishlab chiqish kerak — prezident

Shavkat Mirziyoyev hudud va tarmoqlarni strategik rivojlantirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi. Buning uchun esa xorijdan malakali mutaxassis va maslahatchilarni ham jalb qilinishi ta’kidlandi.

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2021-yilda 6,2 foizga o‘sdi — Jahon banki
13 yanvar 2022, 14:46

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2021-yilda 6,2 foizga o‘sdi — Jahon banki

Jahon banki 2021-yilda O‘zbekiston YAIM o‘sishini 6,2 foizga baholadi. 2022−2023-yillarda iqtisodiy o‘sish mos ravishda 5,6 foiz va 5,8 foiz bo‘lishi kutilmoqda.

«Aroq ichibman, keyin „o‘chib“ qolibman». Yunusobodda qurol yordamida to‘xtatilgan Malibu haydovchisi
13 yanvar 2022, 14:44

«Aroq ichibman, keyin „o‘chib“ qolibman». Yunusobodda qurol yordamida to‘xtatilgan Malibu haydovchisi

Yunusobodda YPX inspektori talabini bajarmagach, o‘qotar qurol bilan to‘xtatilgan Malibu haydovchisi o‘sha kuni spirtli ichimlik iste’mol qilganini aytdi. «Ayb menda, bo‘ynimga olaman. Aroq, pivo ichibman, keyin „o‘chib“ qolibman», — dedi u. Qolaversa, bu uning transportdan foydalanish qoidasini birinchi marta buzishi emasligi ma’lum qilindi.

Olmaotada KXSHT tinchlikparvar kuchlarini olib chiqish boshlandi
13 yanvar 2022, 14:04

Olmaotada KXSHT tinchlikparvar kuchlarini olib chiqish boshlandi

KXSHT tinchlikparvar kontingentini Olmaotadan olib chiqish boshlandi. Qozog‘iston mudofaa vaziri nomidan harbiylarga minnatdorchilik bildirildi, ayrimlari «Xalqaro hamkorlikka qo‘shgan hissasi uchun» medallari bilan taqdirlandi.

Senat hokimlarning kengash raisi maqomi nima sababdan bekor qilinmaganiga izoh berdi
13 yanvar 2022, 13:35

Senat hokimlarning kengash raisi maqomi nima sababdan bekor qilinmaganiga izoh berdi

Senat «Gazeta.uz» ning hokimlarning xalq deputatlari kengashi raisi maqomini bekor qilishga oid hujjat 2,5 yil oldin tayyorlangani, biroq qabul qilinmagani haqidagi maqolasi yuzasidan munosabat bildirdi. Ta’kidlanishicha, «quyi palatada muhokama qilinmagan qonun loyihasi Senatda ham ko‘rib chiqilmagan». «Mahalliy kengashlar mustaqil organ. Senat faqatgina ularning faoliyatini takomillashtirishga ko‘maklashadi, uslubiy yordam ko‘rsatadi», — deyiladi bayonotda.

Afg‘onistonga elektr yetkazib berish IESdagi muammolar tufayli vaqtincha qisqardi
13 yanvar 2022, 13:32

Afg‘onistonga elektr yetkazib berish IESdagi muammolar tufayli vaqtincha qisqardi

Tallimarjon IESdagi nosozliklar tufayli Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi. 13 yanvar kuni ertalabga kelib elektr ta’minoti tiklandi, deya xabar qildi Afg‘oniston energetika kompaniyasi.

Nazarbekdagi noqonuniy qurilish senatorlar aralashuvidan so‘ng to‘xtatildi
13 yanvar 2022, 13:07

Nazarbekdagi noqonuniy qurilish senatorlar aralashuvidan so‘ng to‘xtatildi

Nazarbekda maktab va bolalar bog‘chasini qurishga mo‘ljallangan yer uchastkasi noqonuniy ravishda tadbirkorga berib yuborilgan. Senatorlar aralashuvidan so‘ng u boshlagan qurilish ishlari to‘xtatildi.

Yangiyo‘lda Qirg‘izistonga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan fuqarolar ushlandi
13 yanvar 2022, 12:45

Yangiyo‘lda Qirg‘izistonga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan fuqarolar ushlandi

Yangiyo‘lda fuqaroni Qirg‘izistonning O‘sh davlat universitetiga kiritib qo‘yish uchun 10 ming dollar talab qilgan shaxslar ushlandi. Hozirda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov o‘tkazilmoqda.

Davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha reyting joriy qilinadi
13 yanvar 2022, 12:33

Davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha reyting joriy qilinadi

1 fevraldan boshlab 26 ta davlat tashkilot va organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini baholovchi reyting joriy qilinadi. Ro‘yxatdan 11 ta vazirlik, 4 ta davlat qo‘mitasi, 7 ta agentlik va 4 ta hokimiyat o‘rin olgan va ularning faoliyati 5 ta indikator asosida baholanadi. 1 iyuldan esa reyting barcha davlat tashkilotlarida joriy qilinadi.

2022 yilda eksport hajmini 14 mlrd dollarga yetkazish hisob-kitob qilingan
13 yanvar 2022, 10:56

2022 yilda eksport hajmini 14 mlrd dollarga yetkazish hisob-kitob qilingan

2021 yilda O‘zbekistonda 10 mlrd dollardan ortiq xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilib, 12 mlrd dollarlik mahsulot va xizmatlar eksport qilindi. 2022 yilda eksport hajmini 14 mlrd dollarga yetkazish hisob-kitob qilingan.

Kunlik koronavirus holatlari soni 700 tadan oshdi
13 yanvar 2022, 10:24

Kunlik koronavirus holatlari soni 700 tadan oshdi

12-yanvar kuni O‘zbekistonda yana 714 kishi koronavirusga chalindi. Bu oldingi kundan 110 nafarga ko‘p. Kasallanish ketma-ket 5-kun yana ortmoqda. Shuningdek, 3 kishi virusdan vafot etdi.

Golden Cash Store moliyaviy piramidasi tafsilotlari oshkor qilindi
12 yanvar 2022, 23:30

Golden Cash Store moliyaviy piramidasi tafsilotlari oshkor qilindi

IIV huzuridagi Tergov departamenti yillik 262 foizli depozitlarni taklif qilgan Golden Cash Store moliyaviy piramidasi bo‘yicha jinoyat ishi tafsilotlarini oshkor qildi. Kompaniya faoliyatidan bir necha ming fuqaro jabr ko‘rdi, ular 100 dan 10 ming dollargacha qiymatdagi oltin va kumush buyumlarni topshirgan. Tekshiruvlar davomida korxonaning bank hisobvarag‘idan 1,1 mlrd so‘m, ta’sischilardan birining plastik kartasidan esa 2,4 mlrd so‘m pul topildi.

Sport zali yo‘q maktablarda jismoniy tarbiya darslarini o‘qitish tiklandi
12 yanvar 2022, 22:29

Sport zali yo‘q maktablarda jismoniy tarbiya darslarini o‘qitish tiklandi

Sport zali yo‘q maktablarda qish oylarida jismoniy tarbiya darslari o‘tgan o‘quv yilidan boshlab qisqartirilgandi. Mazkur buyruq bekor qilindi va endilikda barcha maktablarda haftada ikki marta jismoniy tarbiya o‘qitiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting