Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilik darajasining kamayishi uchun shaxsan javob berishini ma’lum qildi.
Shavkat Mirziyoyev yosh oilalar o‘rtasida ajrimlar soni ortayotgani tinchlik bermayotganini ta’kidlab, bunga beparvolik qilayotgan bir qator tashkilotlar rahbarlarini tanqid qildi.
O‘zbekiston Notarial palatasi tashkil etildi va unga Samarqanddagi 8- notarial idora notariusi Dilshod Ashurov rais etib saylandi.
Huquq himoyachisi Abdurahmon Tashanov Nafosat Ollashukurova ruhiy kasalliklar shifoxonasidan ozod etilganini ma’lum qildi. AOKA ushbu xabarni tasdiqladi.
UzAuto Motors kompaniyasi Сhevrolet Onix va boshqa yangi modellarni ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma’lum qildi.
340 ming dollar miqdoridagi firibgarlik va soxta pullarni sotganlikda gumonlanayotgan besh nafar Kamerun fuqarosiga nisbatan dastlabki tergov yakunlandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi 2020-yilni tizimda korrupsiyaga qarshi kurash yili, deya e’lon qildi. So‘nggi ikki yilda tizimda 500 nafardan ortiq xodim jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, ularning 114 nafari korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etgan.
Prezident Navoiyda polivinilxlorid (PVX), kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasining ishga tushirilishida ishtirok etdi. Majmua mahalliy korxonalarni xom ashyo bilan ta’minlab, har yili 40 mln dollarni mahsulotlarni eksport qiladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yangi sanoat majmuasi ochilish marosimida ishtirok etish uchun Navoiy viloyatiga jo‘nab ketdi.
2020-yil aprelidan boshlab boyitilmagan birinchi navli un va tuz importi taqiqlanadi.
Ortda qolayotgan yilning so‘nggi kunlarida havo harorati +5…+10 darajagacha tushadi, biroq bayramda qor yog‘ishi kutilayotgani yo‘q.
Shavkat Mirziyoyev siyosiy muxolifat haqida so‘zlar ekan, u mamlakat ichida shakllanishi va xalqning barcha muammolarini bilishi lozimligini ta’kidlab o‘tdi.
O‘zbekiston prezidenti Olmaota yaqinida sodir bo‘lgan aviahalokatda insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Qozog‘iston rahbariga hamdardlik bildirdi.
“2020-yil yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yili bo‘ladi”, — dedi prezident. U Yoshlar ittifoqi negizida Yoshlar ishlari agentligini tashkil etish hamda “Yoshlar media xoldingi"ni tuzishni taklif qildi.
28-dekabr kuni Qozog‘istonda umumxalq motam e’lon qilindi. Olmaota yaqinida samolyot qulashi natijasida 12 kishi halok bo‘ldi.
Farg‘ona viloyatida avtobus ishtirokida yana bir YTH sodir bo‘ldi. Unda 20 kishi bo‘lgan, 10 kishi tibbiy yordamga murojaat qildi, qurbonlar yo‘q.
To‘qqiz oy yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonning jami tashqi qarzi 24 foizga o‘sib, 21,5 mlrd dollarni tashkil etdi. Qarzdorlik asosan davlat sektori hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Yil oxiriga kelib bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish 52 foizga, o‘qituvchilar soni esa 90 ming nafarga yetdi.
Farg‘ona viloyatida ikkita Nexia avtomobili Isuzi avtobusi bilan to‘qnashdi, yengil avtomobillardan birining to‘rt yo‘lovchisi halok bo‘ldi.
UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Tahoe, Traverse, Trailblazer va Equinox avtomobillari narxlarini e’lon qildi. Trailblazer va Equinox uchun shartnomalarni tuzish 27 dekabrdan boshlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting