Xususiy bandlik agentliklari litsenziya olishi uchun zaxira mablag‘lari miqdori kamaytiriladi
29 oktabr 2024, 14:54

Xususiy bandlik agentliklari litsenziya olishi uchun zaxira mablag‘lari miqdori kamaytiriladi

Prezident qarori bilan xususiy bandlik agentliklari litsenziya olishi uchun zaxira mablag‘lari miqdori kamaytirilishi belgilandi. Agentliklar ushbu mablag‘ni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishi mumkin.

Bokschi Murodjon Ahmadaliyev vaqtinchalik WBA kamari uchun jang qiladi
29 oktabr 2024, 14:52

Bokschi Murodjon Ahmadaliyev vaqtinchalik WBA kamari uchun jang qiladi

O‘zbekistonlik sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev birinchi yarimengil vaznda vaqtinchalik WBA kamari uchun meksikalik Rikardo Espinosaga qarshi jang qiladi. Uchrashuv dekabr oyida Monakoda bo‘lib o‘tadi.

Yandex Eats Express24 aktivlarini sotib olgach, bozorning 87,5 foizini nazorat qiladi — Raqobat qo‘mitasi
29 oktabr 2024, 12:34

Yandex Eats Express24 aktivlarini sotib olgach, bozorning 87,5 foizini nazorat qiladi — Raqobat qo‘mitasi

Yandex Eats Express24 bilan tuzgan bitimdan so‘ng ovqat yetkazib berish agregatori xizmatlari bozorining 87,5 foizini nazorat qiladi. Raqobat qo‘mitasi mazkur bitim monopoliyaga qarshi organ bilan oldindan kelishish talabiga tushmasligini qayd etdi.

Elektroskuter va samokatlarda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar joriy etildi
29 oktabr 2024, 12:19

Elektroskuter va samokatlarda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar joriy etildi

Elektroskuterlar, shuningdek, elektrosamokat, elektr skeytbordlar, segveylar, unitsikllar, monog‘ildirak haydovchilari tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar kuchga kirdi. Bu vositalar yorug‘lik qaytargichlar va chiroqlar bilan jihozlangan bo‘lishi shart. Ularda yo‘lovchi tashish taqiqlandi.

Davr Bank tashqi reklamadagi kamchiliklar uchun moliyaviy jarimaga tortildi
29 oktabr 2024, 12:16

Davr Bank tashqi reklamadagi kamchiliklar uchun moliyaviy jarimaga tortildi

Raqobat qo‘mitasi Davr Bank ATBga nisbatan mikrokredit bo‘yicha tashqi reklamada aniq ma’lumotlarni keltirmagani uchun moliyaviy jarima qo‘llashga qaror qildi.

Gruziyada parlament saylovlariga qarshi norozilik aksiyasi bo‘ldi
29 oktabr 2024, 11:58

Gruziyada parlament saylovlariga qarshi norozilik aksiyasi bo‘ldi

Gruziyada parlament saylovi natijalariga qarshi bir necha yuzlab kishilar norozilik namoyishini o‘tkazdi. Unda prezident ham qatnashib, xalqaro yetakchilar bilan gaplashgani va suhbatdoshlari ham natijalarni tan olmaganini aytdi. Aksiyada asosiy talab xalqaro tashkilotlar kuzatuvida yangi saylov o‘tkazish bo‘ldi.

Rodri “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi
29 oktabr 2024, 10:42

Rodri “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi

France Football Rodrini yilning eng yaxshi futbolchisi deb e’lon qildi va unga “Oltin to‘p” sovrinini topshirdi. So‘nggi kunlargacha bu sovrinni Vinisius Junior olishi kutilayotgandi. Lamin Yamal eng yaxshi yosh futbolchi, Emiliano Martinez esa yana eng yaxshi darvozabon bo‘ldi.

Isroilda BMTning falastinlik qochqinlar bo‘yicha agentligi faoliyatini taqiqlovchi qonun ma’qullandi
29 oktabr 2024, 10:14

Isroilda BMTning falastinlik qochqinlar bo‘yicha agentligi faoliyatini taqiqlovchi qonun ma’qullandi

Isroil parlamenti 90 kun ichida mamlakatda BMTning falastinlik qochqinlar bo‘yicha agentligi (UNRWA) faoliyatini taqiqlash to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Agentlik hamda xalqaro tashkilotlar bu harakat “xavfli pretsedent yaratishi” va “BMT nizomiga zidligi”ni bildirmoqda.

Sirdaryoda 13 yoshli bola qarindoshini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi
29 oktabr 2024, 09:13

Sirdaryoda 13 yoshli bola qarindoshini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida 13 yoshli bola ruhiy nosog‘lom qarindoshini o‘ldirib qo‘ydi. Bosh prokuraturaga ko‘ra, marhum bolaning qo‘liga pichoq berib, uni o‘ldirishini so‘rab qo‘rqitgan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Uzum IT Community of Uzbekistan’ning strategik hamkoriga aylandi
29 oktabr 2024, 09:00

Uzum IT Community of Uzbekistan’ning strategik hamkoriga aylandi

IT Community of Uzbekistan va Uzum IT sohasida yosh mutaxassislarni rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik boshlanganini e’lon qildi.

Angrenda metan “zapravka” 1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
28 oktabr 2024, 22:41

Angrenda metan “zapravka” 1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Toshkent viloyati Angren shahridagi metan “zapravka” elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatish orqali 1,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi. Hujjatlar tegishli organlarga yuborildi.

Foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi
28 oktabr 2024, 22:18

Foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi

Yangi qonun bilan foydali qazilmalarni takroran ruxsatnomasiz qazib olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochiladi. Amaldagi qonunchilikda bu uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan.

Individual harakatlanish vositalaridagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik belgilanadi
28 oktabr 2024, 21:22

Individual harakatlanish vositalaridagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik belgilanadi

MJTKga individual harakatlanish vositalari (velosiped, skuter, samokat va hokazo) va ularning elektron variantlari orqali sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Moskvada migrantlar uchun elektron guvohnomalar joriy etiladi
28 oktabr 2024, 21:03

Moskvada migrantlar uchun elektron guvohnomalar joriy etiladi

2025-yildan Moskvada xorijiy fuqarolarga tajriba tariqasida elektron guvohnomalar berila boshlaydi. Unda fuqaro haqidagi barcha dolzarb ma’lumotlar aks etgan bo‘ladi. Bu, jumladan, jinoyatlarni ochishning yangi bosqichiga chiqishga imkon beradi, deydi poytaxt meri.

Magistraturaga qo‘shimcha qabul qilish uchun ruxsat berildi
28 oktabr 2024, 20:14

Magistraturaga qo‘shimcha qabul qilish uchun ruxsat berildi

Talab etilgan til sertifikatiga ega bo‘lib, ammo kvota doirasida magistraturaga tavsiya etilmagan talabgorlar OTMlar belgilaydigan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilinadi. Qo‘shimcha qabul asosida o‘qimoqchi bo‘lganlar tegishli oliygohga murojaat qiladi.

“Saylovchilar yuqori siyosiy yetuklikni namoyon qila boshladi” — MDH missiyasi
28 oktabr 2024, 19:13

“Saylovchilar yuqori siyosiy yetuklikni namoyon qila boshladi” — MDH missiyasi

MDHning O‘zbekistondagi deputatlik saylovini kuzatish missiyasi rahbari Sergey Lebedev saylovlar ochiq, raqobat va adolatli o‘tganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, saylovchilar siyosiy yetuklik ko‘rsatib, nomzodlarning va’dalarini bajara olish-olmasligini to‘g‘ri baholay boshlagan.

1-bosqich talabalariga to‘lov-kontraktni to‘lash muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi
28 oktabr 2024, 17:59

1-bosqich talabalariga to‘lov-kontraktni to‘lash muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi

OTMlarda kontrakt yoki “superkontrakt” asosida o‘qishga qabul qilingan 1-bosqich talabalari uchun to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi. Ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddatini uzaytirish masalasini OTM rahbari hal qiladi.

Toshkentda oltin quymalari va xitoy tangalarini olib chiqib ketmoqchi bo‘lganlar to‘xtatildi
28 oktabr 2024, 17:21

Toshkentda oltin quymalari va xitoy tangalarini olib chiqib ketmoqchi bo‘lganlar to‘xtatildi

Toshkent xalqaro aeroportida bojxona xodimlari tomonidan 6 dona oltin quymasi, quyma tilla uzuk va 7 dona xitoy iyerogliflari tushirilgan tangalar olib o‘tayotgan shaxs ushlandi. Buyumlarning umumiy qiymati 223 mln so‘mni tashkil qildi.

Maktab o‘quvchilari kuzgi ta’tilda ketma-ket 8 kun dam oladi
28 oktabr 2024, 17:05

Maktab o‘quvchilari kuzgi ta’tilda ketma-ket 8 kun dam oladi

Maktab o‘quvchilari uchun 2-noyabr so‘nggi o‘qish kuni bo‘ladi. Ular 4-noyabrdan kuzgi ta’tilga chiqib, 10-noyabrgacha dam oladi.

Vladimir Jollibekov Qoraqalpog‘iston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri etib tayinlandi
28 oktabr 2024, 16:59

Vladimir Jollibekov Qoraqalpog‘iston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri etib tayinlandi

Vladimir Jollibekov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari — Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi rahbari etib tayinlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting