“Gazeta.uz” muxbirlari Toshkentdagi 621-saylov uchastkasida ovoz berishning yakunlanishi va undan keyingi sanoq jarayonini qisman kuzatdi. Sanoqqa kirishgach, uchastka saylov komissiyasi a’zolari muxbirlardan muassasani tark etishni so‘radi.
“Gazeta.uz” muxbiri saylov komissiyasi a’zolari bilan birga Toshkentdagi o‘zgalar parvarishiga muhtoj ikki saylovchining xonadonida bo‘ldi. Umuman, O‘zbekistonda ovoz berish uchun saylov uchastkasiga mustaqil ravishda kela olmaydigan jami 46,3 ming saylovchi ro‘yxatga olingan edi.
O‘zbekistondagi deputatlik saylovlarida soat 17:00 holatiga ko‘ra, 19,9 mln nafar saylovchidan 14,2 mln nafari yoki 71,52 foizi ovoz berishda ishtirok etdi. Eng past davomat Toshkent shahrida — 62,39 foiz.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan saylovchilar soni 831 mingdan ortiq. Ular saylovda ishtirok etishi uchun uchastkalarda maxsus kabinalar tashkil etilgan. “Gazeta.uz” muxbirlari Toshkentdagi sharoitlar bilan tanishdi.
Isroilning Tel-Aviv shahri yaqinidagi harbiy baza oldida yuk mashinasi avtobus bekatiga urildi. Oqibatda o‘nlab odamlar yaralandi. Politsiya buni terakt deb taxmin qilmoqda. Haydovchi otib tashlandi.
Oliy sud vakili deputatlik saylovlarida Toshkent shahri va Samarqand viloyatida saylov qonunchiligi buzilishi yuzasidan ikkita ma’muriy ish ko‘rib chiqilganini ma’lum qildi. Bitta holatda fuqaro jarimaga tortilgan.
Bosh prokuror o‘rinbosari Shoxrux Aminov ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan saylov masalasiga oid 16 ta turli xabarlar o‘rganib chiqilganini ma’lum qildi. Uning ma’lum qilishicha, ulardan birontasida qonun buzilishi aniqlanmagan.
O‘zbekistondagi deputatlik saylovlarida soat 15:00 holatiga ko‘ra, 19 944 859 nafar saylovchidan 12 504 688 nafari yoki 62,70 foizi ovoz berishda ishtirok etdi.
Deputatlar saylovida ovoz berish uchun jazoni ijro etish muassasalaridagi 40,5 mingga yaqin mahkum ro‘yxatga olingan. Bu joylarda 48 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan.
O‘zbekistonning Afg‘onistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib Oybek Usmonov tayinlandi. Tayinlovga qadar u Misr va Pokistonda elchi bo‘lgan.
O‘zbekistondagi deputatlar saylovini YXHT DIIHBning 200 dan ortiq qisqa va uzoq muddatli kuzatuvchilari kuzatib bormoqda. Byuro missiyasi rahbari Duglas Ueykning tushuntirishicha, ularning vazifasi “saylov YXHT oldidagi majburiyatlar va boshqa xalqaro standartlarga qanchalik mos kelishini” baholashdan iborat.
O‘zbekistonda deputatlar saylovida ishtirok etganlar 47,62 foizni tashkil etdi. Saylov bo‘lib o‘tgan deb topildi.
Kanadada o‘tgan figurali uchish bo‘yicha Gran-pri turnirida O‘zbekiston nomidan qatnashgan Yekaterina Geynish va Dmitriy Chigirev juftligi mamlakat tarixida ilk bor sovrindor bo‘ldi. Ular erkin dasturdagi ijrosi uchun hammadan ko‘p ball oldi. Yakunda qisqa dasturdagi chiqish ham qo‘shilib, jamoa 2-o‘rinni egalladi.
Senat raisi Tanzila Narbayeva deputatlar saylovida ovoz berdi. U “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida ovoz berishning ahamiyati, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining avvalgi tarkibi nimalar bilan e’tiborga sazovor bo‘lgani va yangi tarkibdan nimalarni kutish mumkinligi haqida so‘zladi.
Birinchilar qatorida ovoz bergan Erkin Turdimov, nomzodlar bilan tanishgan Shuhrat Abdurahmonov va oilasi bilan saylovda qatnashgan Murotjon Azimov — “Gazeta.uz” hududlar rahbarlarining saylov uchastkasida olingan suratlarini to‘pladi.
MSK soat 11:00 holatiga ko‘ra, 5 mln 900 ming 243 nafar saylovchi ovoz berganini ma’lum qildi. Bu umumiy saylovchilarning 29,58 foizini tashkil qiladi.
Yakshanba kuni o‘tayotgan deputatlik saylovlarida O‘zbekistondagi 5 ta siyosiy partiya rahbarlari ham poytaxdagi turli saylov uchastkalariga borib ovoz berdi (foto).
Hukmron “Gruzin orzusi” Gruziyadagi parlament saylovlarida 52,2 foiz ovoz oldi, to‘rtta muxolifat bloki jami 37,3 foiz ovozni qo‘lga kiritdi. Muxolifat saylov natijalarini tan olmasligini va norozilik namoyishlarini boshlash niyatida ekanini ma’lum qilib ulgurdi.
O‘zbekistonda bu galgi saylovlar “Mening tanlovim — obod Vatanim!” shiori ostida o‘tmoqda. Jami 19 mln 945 mingga yaqin saylovchi ro‘yxatga olingan. Qonunchilik palatasidagi o‘rinlar uchun 875 nafar nomzod kurash olib bormoqda. Boshqa raqamlar va faktlar.
O‘zbekiston prezidenti Toshkent shahridagi “Alisher Navoiy” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida deputatlar saylovida oila a’zolari bilan ovoz berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting