«Qo‘yliq» bozorini ko‘chirish va Toshkent viloyatida yangi savdo majmuasini qurish to‘g‘risidagi qaror 2017 yildayoq qabul qilingan edi. «Gazeta.uz» bozor ko‘chirilishi rejalashtirilayotgan Food City savdo markazi vakili bilan suhbatlashib, loyihaning boshqa tafsilotlarini ham aniqladi.
Bosh prokuratura Denovdagi portlashda terakt versiyasini rad etgani va holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atgani, Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga tashrifi, «Qo‘yliq» bozorining ko‘chishi, O‘zbkistonning Afg‘onistonga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishga chaqirig‘i, Mizdakxon maqbarasining atrofidagi yerlar yangi qabrlar uchun sotilayotgani, orzudagi Konstitutsiya va avtomobil durdonalari — «Gazeta.uz» ning 9 dekabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida quyuq tuman sababli bir yo‘nalishda oldinma-ketin ketayotgan 4 mashina va bir avtobus to‘qnashdi. YTH natijasida hech kim jarohat olmagan.
Qoraqalpog‘istonda Mizdakxon maqbarasi atrofida yangi qabrlar uchun yer sotilayotgani haqidagi xabarlarga Xo‘jayli tumani hokimligi va O‘zbekiston Madaniy meros agentligi munosabat bildirdi. Ushbu vaziyat ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilgan.
COVID-19`dan vafot etgan tibbiyot xodimlari xotirasiga G‘alaba bog‘ida xiyobon tashkil etiladi. Birinchi bosqichda jami 61 ta chinor, qayrag‘och va akatsiya daraxtlari ekiladi.
Pfizer-BioNTech kompaniyasi koronavirusning Omicron shtammidan himoya qila oladigan uchinchi doza ustida ishlamoqda. Ushbu doza bilan emlash antitanachalar himoyasini dastlabki ikki dozaga nisbatan 25 baravarga oshiradi. Pfizer mutasaddi tashkilotlar ruxsat bergach, 2022 yildan Omicron`ga qarshi 4 mlrd buster doza ishlab chiqarishni reja qilgan.
17 dekabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In Seulda sammit o‘tkazadi. Ular davlatlar o‘rtasida «kelajakka qaratilgan va o‘zaro manfaatli» hamkorlikni kengaytirish chora-tadbirlarini muhokama qilishlari kutilmoqda.
Britaniyaning Cable portali tuzib chiqqan reytingda O‘zbekiston elektr energiyasi eng arzon davlatlar o‘nligiga kirdi. Ushbu o‘nlikdan Qirg‘iziston va Tojikiston ham o‘rin olgan.
2017 yildan beri adliya vazirining o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan Akbar Tashkulov lavozimidan ozod etildi. U Toshkent davlat yuridik universiteti rektori lavozimiga tayinlanishi kutilmoqda.
Qoraqalpog‘istonda X asrga mansub Mizdakxon maqbarasi devorining shundoq tagidan yerlarni mayit ko‘mish uchun sotish boshlangani xabar qilindi. Uch yil muqaddam ushbu hududdagi Shamun Nabi maqbarasi buzib tashlangan, o‘rniga yangi bino barpo etilgan edi.
O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov «Italiya — Markaziy Osiyo» shaklidagi ikkinchi vazirlar uchrashuvida jahon hamjamiyatini Afg‘onistonga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishga, qolaversa, muzlatilgan xalqaro aktivlarni qaytarish va mamlakat bank tizimini tiklashda ko‘maklashishga chaqirdi.
Bosh prokuratura Denovdagi savdo markazidagi portlash yuzasidan Jinoyat kodeksining mehnatni muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Biroq, moddalarning aynan qaysi bandlari bilan ish ochilgani ma’lum qilinmagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlashga bir necha soat davomida gaz sizib chiqishi sabab bo‘lgan.
Yangi hafta boshidan O‘zbekistonga Ural hududlaridan sovuq havo massalari kirib keladi. Ëmg‘ir va qor yog‘ishi, tungi vaqtlarda −12 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda.
Xorazmda 43 yoshli ayol «Istiqlol-Urganch» yo‘nalishida ketayotgan yo‘lovchi poyezdining urib ketishi oqibatida voqea joyida vafot etdi.
«Qo‘yliq» bozori hozirgi joyidan 6,5 km uzoqlikdagi «FOODCITY» savdo markaziga ko‘chiriladi. Markaz nomiga «Yangi Qo‘yliq dehqon bozori» so‘zlari qo‘shildi.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Denovdagi portlash bo‘yicha terakt versiyasini rad etdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlashga taxminan bino ichida bir necha soat davomida gaz sizib chiqishi sabab bo‘lgan. Chaqnash oqibatida 65 ta uy zarar ko‘rgani, 6 ta xonadon yashash uchun xavfli holatga kelib qolgani aytilmoqda. Viloyat hokimi To‘ra Bobolov yetkazilgan zarar davlat tomonidan to‘liq qoplab berilishiga ishontirmoqda.
2018 yildan buyon moliya vaziri va vitse-kansler lavozimlarida ishlab kelayotgan Sotsial-demokratik partiya a’zosi Olaf Shols Germaniya federal kansleri etib saylandi. Uning nomzodini Bundestagning 395 deputati qo‘llab-quvvatladi.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Farg‘ona, Andijon, Qashqadaryo va Qoraqalpog‘istonda o‘tkazilgan tekshiruvlarda jami 5,450 kg «opiy», 19,2 kg «gashish» hamda 2990 dona «Tramadol» aniqlanib, musodara qilindi.
Quyuq tuman tushgani sababli Urganch, Nukus va Navoiy aeroportlari faoliyatiga o‘zgarishlar kiritildi. Jumladan, Toshkentdan Urganch va Nukusga amalga oshirilgan parvozlar kechiktirildi.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov vazirlik xodimlari ish faoliyati davomida do‘ppi kiyishni rejalashtirganini ma’lum qildi. U buni qadriyatlarni hayotga qaytarish deb atab, barcha soha xodimlarini mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Foto.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting