DTM bosh boshqarmasi boshlig‘i Farhod Mirzayev O‘zbekistonda kelgusida OTMlarga kirish imtihonlari bekor qilinishi mumkinligini ma’lum qildi. Kirish imtihonlaridan voz kechilsa, abituriyenlar maktab imtihonlari natijalariga asosan OTMga qabul qilinadi. Shuningdek, 2021−22 o‘quv yili uchun OTMlarga kirish test sinovlarini 2 ta ssenariy — yopiq va ochiq maydonlarda o‘tkazish kelishib olingan.
Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatidagi tashrifi chog‘ida Sherobod quyosh elektr stansiyasi qurilishi munosabati bilan uning poydevoriga kapsula qo‘ydi. Mazkur elektr stansiya loyihasini Birlashgan Arab Amirliklarining «Masdar» kompaniyasi amalga oshiradi va 260 mln dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jalb qiladi.
May oyida inflyatsiya 0,5% ni tashkil etdi. Oziq-ovqat mahsulotlari 0,5 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,4 foizga, xizmatlar 0,7 foizga qimmatladi.
DXX tomonidan Sirdaryo va Samarqandda jami 7 kg, Dang‘ara tumanida 1 kg dan ortiq, Farg‘ona viloyatida 1,3 kg giyohvandlik moddalari topildi va musodara qilindi.
Toshkent aeroportiga olib boradigan ko‘prik o‘rniga aylanma shaklidagi yo‘l o‘tkazgich qurish rejalashtirilmoqda. Lohiha prezidentga taqdim etildi. Eslatib o‘tamiz, yo‘l o‘tkazgich 2008 yilda kengaytirilgan edi.
Boks bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar jamoasi BAAda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida 6 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza olib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalashdi.
O‘zbekiston tomonidan Afg‘onistonning Hirot shahridagi Alisher Navoiy maqbarasi majmuasida sakkiz burchakli masjidi quriladi. Kirish peshtog‘idan hovli qismining chap va o‘ng tomonida yopiq uslubda ayvonlar barpo etiladi. Maqbaraning tashqi ko‘rinishiga bezak berilib, kirish va qolgan yo‘laklarida shoirning hikmatli suzlari bitilgan kitob ko‘rinishidagi belgilar qo‘yiladi.
O‘zbekistonda 2 mln dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 230 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Sirdaryoda Lasetti mashinasiga o‘rnatilgan gaz balloni yorilishi natijasida ikki nafar yo‘lovchi vafot etdi. Haydovchi va bir nafar yo‘lovchi jarohatlar bilan tibbiyot birlashmasiga joylashtirilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar iqtisodiyoti, aholi turmush sharoitlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatiga yo‘l oldi. Ikki kunlik tashrif mobaynida energetika, agrosanoat, savdo va qishloq xo‘jaligi loyihalari bilan tanishish ko‘zda tutilgan.
Xitoyda oilalarga uchta farzand ko‘rishga ruxsat berilgani, bir necha ming afg‘onistonlikning Buyuk Britaniyaga ko‘chib o‘tayotgani, Braziliyada prezidentga qarshi namoyishlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Senatda kelinlarni farzandlari bilan erining uyiga ro‘yxatga qo‘ymaslik masalasi muhokama qilindi. Uyni sotishda ular roziligining olinmasligi ko‘chada qolishlariga sabab bo‘lishi mumkin. Adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov esa muammoning boshqa tomoni borligini ta’kidladi.
Yanvar-aprel oylarida O‘zbekistondagi qurilishlar summasi, prezidentning Surxondaryoga tashrif rejasi, Senatning qonunlarga o‘zgartirishlar kiritishni ma’qullashi, YTHlarda halok bo‘lganlar soni oshishi — “Gazeta.uz"ning 31 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Qashqadaryo viloyati hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Rustam Yo‘ldoshev tashkiliy masalaga e’tibor qilmagani uchun 3 oylik ish haqini davlatga qaytarib to‘laydi. Uning kotibiyat mudiriga esa hayfsan e’lon qilindi.
Toshkent shahrining Yangihayot tumanida 55 yoshli piyodani Lacetti avtomobili urib yuborishi oqibatida, piyoda tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.
31 may kunidan boshlab chet elga o‘qishga ketadigan talabalar, OAV xodimlari, blogerlar hamda yozuvchilar COVID-19 ga qarshi emlanadigan fuqarolar ro‘yxatiga kirdi.
4 oy davomida bolalar ishtirokidagi YTH soni 25,3, ularda halok bo‘lgan bolalar soni 64,5 foizga oshgan.
Dollarning rasmiy kursi 12 so‘mga pasaydi va jami 10 568 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl esa biroz ko‘tarildi.
Senatorlar Jinoyat kodeksiga hayvonlarga shafqatsiz munosabat haqidagi moddani kiritishni ma’qulladilar. Qiynoq jonivorlarning mayib bo‘lishi yoki o‘limiga olib kelsa, BHMning 25 dan 50 baravarigacha jarima, jamoat yoki axloq tuzatish ishlari, shuningdek, 6 oygacha muddatga ozodlikni cheklash yoki qamoq jazolari qo‘llaniladi.
Texnopark zavodidagi press-formalar xorijiy uskunalarda ishlab chiqariladi, bu esa ishlab chiqarish vaqtini tezlashtiradi. Buyurtma beruvchilar jarayonni kuzatishlari mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting