Rossiyalik erkakning Metallica guruhidan 1 mlrd dollar talab qilayotgani, Portugaliyada parlamentning tarqatilayotgani, Gruziyaning amaldagi prezidenti Saakashvilini hech qachon afv etmasligini aytgani, Eron 29 noyabrda Venada yadroviy bitimga qaytishi, Yaponiya bosh vaziri bir vaqtning o‘zida ikki lavozimda faoliyat yuritmoqchiligi, Turkiyada Erdo‘g‘onni Twitter’da haqorat qilgan 30 kishiga nisbatan jinoiy ish ochilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Kuchli shamol natijasida tuproqning juda quruq usti qatlami ko‘tarilishi payshanba kuni Toshkentda chang-qumli tuman kuzatilishiga sabab bo‘ldi. O‘zgidromet atmosfera havosidagi chang miqdori belgilangan miqdorlardan 5 barobarga oshganini ma’lum qildi.
Zamin fondi ko‘magida ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarining eshitish qobiliyati zaif 2000 nafar o‘quvchisiga ikkitadan eshitish uskunasi topshirilmoqda.
Serbiyadagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik bokschi Abdumalik Xalakov to‘g‘ridan-to‘g‘ri finalga chiqdi. Yarim finalda u Doniyol Shohbaxshga qarshi ringga chiqishi kerak edi, biroq jiddiy jarohati sababli eronlik sportchi turnirni tark etdi.
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi oliy ta’lim muassasalarining umumiy reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti birinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, ilmiy tadqiqotlar orqali eng ko‘p mablag‘ ishlab topgan OTMlar, OTMlarning ilmiy salohiyati, filiallar reytinglari ham e’lon qilindi.
Bosh vazirning axborot texnologiyalari bo‘yicha maslahatchisi Olimjon Umarov va AKT vaziri Shuhrat Sadikov lavozimlaridan ozod etildi. Bu ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini cheklash bilan bog‘liqligi aytilmoqda.
O‘zbekistonning global isishga qarshi kurashdagi hissasi ortadi: mamlakat 2030 yilgacha issiqxona chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini sezilarli darajada oshirdi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 14,66 so‘mga pasayib, 10 680,40 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.
Yevropa komissiyasi 2021−2024 yillarda O‘zbekistonga 83 mln yevro miqdorida maqsadli grantlar ajratish, shuningdek, Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish maqsadida «Team Europe» tashabbusi doirasida Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar bilan birgalikda moliyaviy va texnik hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda.
YeTTB 2021 yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti o‘sishi prognozini 5,6 foizdan 6,8 foizga oshirdi. Shu bilan birga, bank hisobotida COVID-19 tarqalishi bilan bog‘liq xavflar va boshqa omillar tufayli butun mintaqa uchun prognozlar noaniqligi haqida ham aytilmoqda.
Buxoroda 10 oy ichida aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida 9 mingdan ortiq qonun buzilish holatlari aniqlandi. Xizmat muddatini buzgan, ortiqcha hujjat talab qilgan va murojaatni asossiz rad etgan 197 nafar mansabdor jarimaga, yana 8 nafari esa intizomiy javobgarlikka tortildi.
OpenWay kompaniyasining MDH mamlakatlarida biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari kompaniya O‘zbekiston bozoriga qanday kirib kelgani va qanday qilib ishonch qozongani haqida so‘zlab berdi.
Adliya vazirligi Ichki ishlar vazirligi tizimidagi «Topilmalar stoli» ni bekor qilib, topilgan narsalarni qabul qilish, saqlash va qaytarish funksiyalarini Davlat xizmatlari agentligiga o‘tkazishni taklif qilmoqda. Kelgusi yilning mart oyidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yo‘qotkan ashyolar haqida xabar berish mumkin bo‘ladi.
Hukumat 2020 yilda elektr va gaz tariflarini oshirishni rejalashtirgan edi, biroq koronavirus pandemiyasi tufayli bu chorani keyinga qoldirdi. Markaziy bank iqtisodiy rivojlanishning asosiy ssenariysida tartibga solinadigan narxlar (energetika resurslari, kommunal xizmatlar va boshqalar) 2022 yilda yoki 2022−2023 yillarda bosqichma-bosqich to‘liq erkinlashtirilishini kutmoqda.
Prezidentning kuyovi Oybek Tursunov «Kapitalbank» ustavidagi 112,49 mln aksiyalarini sotib olib, o‘zining jami ulishini 50 foizga yetkazdi. Unga qarashli kompaniya 2019 yilda 40,13 mln aksiyalarni qo‘lga kiritgan edi.
O‘zbekiston Amerika davlatlari tashkilotining 73-doimiy kuzatuvchisi bo‘ldi. Mamlakat 9−11 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan tashkilot Bosh assambleyasining sessiyasida ishtirok etishga taklif qilindi.
Apelsin`ning identifikatsiyadan o‘tgan foydalanuvchilari AQSh dollaridagi maxsus hisob raqamlari bo‘lsa dunyoning 200 ta mamlakatlariga pul o‘tkazmalarini amalga oshirishlari mumkin.
O‘zbekistonda 246 033 nafar 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar koronavirusga qarshi Pfizer/BioNTech vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlandi. Vaksinatsiyaning yuqori ko‘rsatkichlari Farg‘ona, Namangan va Andijon hududularida.
Qirg‘iziston Energetika va sanoat vaziri o‘rinbosari Taalaybek Ibrayev Toqtogul suv omborining suv sathi «o‘lik chegara» darajasigacha tushishi ehtimoli kattaligi tufayli Markaziy Osiyo davlatlarini kutilayotgan suv tanqisligidan ogohlantirdi. Uning fikricha, «vaziyatni o‘nglash uchun Qirg‘iziston elektr energetika tizimiga qo‘shni davlatlardan yordam olish zarur».
Yaponiya hukumati O‘zbekistonda paxtachilik va o‘g‘it sanoatini modernizatsiya qilish uchun qariyb 2 mln dollar ajratdi. “Umid qilamizki, ko‘proq xorijiy sarmoyani jalb qilib, shu jumladan, yapon kompaniyalari ishtirokida, ushbu sohalarda savdoni jonlantirish imkoniyati yaratiladi”, — dedi Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi janob Yoshinori Fujiyama.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting