Ikki yilda 10 mingga yaqin korxona va tashkilot bankrotlikning soddalashtirilgan tamoyili asosida tugatilgan
28 may 2021, 12:11

Ikki yilda 10 mingga yaqin korxona va tashkilot bankrotlikning soddalashtirilgan tamoyili asosida tugatilgan

Senatning 15-yalpi majlisida Tanzila Narbayeva qarzdor korxona va tashkilotlardan qarzni undirishning o‘rniga, mukofot puli uchun ularni bankrot deb e’lon qilishga intilayotgan sud boshqaruvchilarini tanqid qildi. Moliya vaziri Timur Ishmetov esa mazkur tartib o‘tgan chorakdan to‘xtatilgani va qayta ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi. Ushbu tartib, prezidentning 2019 yil 1 fevraldagi qarori bilan belgilab berilgandi.

Yilning birinchi choragida O‘zbekistonning davlat qarzi kamaydi
28 may 2021, 11:31

Yilning birinchi choragida O‘zbekistonning davlat qarzi kamaydi

Yanvar-mart oylarida O‘zbekiston davlat qarzi miqdori $23,2 milliardni tashkil etib, yil boshiga nisbatan $133,7 millionga kamaygan.

Toshkentdagi ikkita YTHda 2 nafar fuqaro vafot etdi
28 may 2021, 11:31

Toshkentdagi ikkita YTHda 2 nafar fuqaro vafot etdi

27 may kuni poytaxtning Yakkasaroy tumanida Nexia va Isuzu avtobusi to‘qnashuvi oqibatida yengil avtomobil haydovchisi vafot etdi. Xuddi shu kuni Yashnobod tumanida piyoda Matiz urib yuborishi natijasida vafot etdi.

Toshkentda 24 yoshli kar-soqov ayol uch nafar shaxs tomonidan kaltaklandi
28 may 2021, 10:54 1

Toshkentda 24 yoshli kar-soqov ayol uch nafar shaxs tomonidan kaltaklandi

Poytaxtning Mirobod tumanida 3 nafar ayol 24 yoshli kar-soqov bo‘lgan ayolni kaltaklab, tan jarohati yetkazishdi. Jabrlanuvchi tez tibbiy yordam mashinasini to‘xtatib, qo‘l harakatlari bilan tibbiy yordamga muhtojligini ma’lum qilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistonda muomaladagi naqd pul hajmi kamayib, depozitlar hajmi o‘smoqda
28 may 2021, 10:42

O‘zbekistonda muomaladagi naqd pul hajmi kamayib, depozitlar hajmi o‘smoqda

Bank kassalari orqali naqd pul aylanmasining ko‘payishi pul muomalasining bir qismi sifatida muomaladagi naqd pul miqdorining ko‘payganini anglatmaydi, deya izoh berdi Markaziy bank. 2021-yil boshidan buyon muomaladagi naqd pullar hajmi kamayib, depozitlar ulushining ortishi kuzatilmoqda.

O‘zbekistonda 1,8 million dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi
28 may 2021, 10:20

O‘zbekistonda 1,8 million dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi

O‘zbekistonda 1,8 mln dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 298 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizga yetdi.

Bashar Asad to‘rtinchi marotaba Suriya prezidenti etib saylandi
28 may 2021, 10:07

Bashar Asad to‘rtinchi marotaba Suriya prezidenti etib saylandi

Suriyadagi prezident saylovlarida amaldagi davlat rahbari Bashar Asad 95,1% natija bilan g‘alaba qozondi. U 20 yildan ortiq vaqt davomida mamlakatni boshqarib kelmoqda.

1,7 mln o‘zbekistonliklar xorijda ishlaydi, ularning asosiy qismi Rossiya va Qozog‘istonda
28 may 2021, 09:56

1,7 mln o‘zbekistonliklar xorijda ishlaydi, ularning asosiy qismi Rossiya va Qozog‘istonda

Qonunchilik palatasi yig‘ilishida hozirda 1,7 million o‘zbekistonlik chet elda, asosan Rossiya va Qozog‘istonda mehnat qilayotganligi ma’lum qilindi.

J-United Group «Ashxobod» sayilgohi tashrif buyuruvchilariga yetkazilgan zararni qoplashi kerak
27 may 2021, 22:23

J-United Group «Ashxobod» sayilgohi tashrif buyuruvchilariga yetkazilgan zararni qoplashi kerak

«Ashxobod» sayilgohi boshqaruvchisi bo‘lgan J-United Group kompaniyasi reklamalardagi noto‘g‘ri ma’lumot sabab tashrif buyuruvchilarga yetkazilgan zararni qoplashi kerak. Sud Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining ko‘rsatmasini o‘z kuchida qoldirdi.

BMT, YeI va AQSH mojaroli hududlardan qaytgan ayollar va bolalar reintegratsiyasiga ko‘maklashadi
27 may 2021, 22:07

BMT, YeI va AQSH mojaroli hududlardan qaytgan ayollar va bolalar reintegratsiyasiga ko‘maklashadi

BMT, Yevroittifoq va AQSH O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlariga mojaroli hududlardan qaytarilgan ayollar va bolalarni jamiyatga qayta integratsiyalashuviga ko‘maklashish uchun texnik va moliyaviy resurslarni taqdim etadi.

Jahon yangiliklari dayjesti
27 may 2021, 20:46

Jahon yangiliklari dayjesti

Ozarbayjonning Armaniston Qurolli Kuchlarining olti nafar askarini asirga olgani, «Belavia»ning sakkizta mamlakatga reyslarni bekor qilgani, Berlinda uch jahon dini ibodatxonasi qurilishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

27 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
27 may 2021, 20:30

27 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

«Trest 12» 5 trln so‘mga yaqin loyihalarni tendersiz amalga oshirganligi, YUNESKOning 44-sessiyada Shahrisabz masalasi ko‘tarlishi, Isroil bilan aviaqatnovlarning yo‘lga qo‘yilishi, Misr samolyotining Toshkentdan uchib o‘tishi — «Gazeta.uz»ning 27 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.

O‘zbekiston MTJning Saudiya Arabistonida o‘tadigan uchrashuvlar uchun tarkibi e’lon qilindi
27 may 2021, 18:36

O‘zbekiston MTJning Saudiya Arabistonida o‘tadigan uchrashuvlar uchun tarkibi e’lon qilindi

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov Saudiya Arabistonida o‘tadigan markazlashgan saralash bahslari uchun yakuniy tarkibni e’lon qildi. Tarkibga 28 nafar futbolchini jalb etilgan. Iyun oyida O‘zbekiston MTJ JCH-2022 hamda OK-2023 qo‘shma saralash bahslari doirasida Saudiya Arabistonida o‘tadigan markazlashgan turnirda Singapur, Yaman va Saudiya Arabistoni jamoalariga qarshi o‘yinlarda keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

Pastdarg‘omdagi qizning o‘limi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi
27 may 2021, 16:40

Pastdarg‘omdagi qizning o‘limi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Pastdarg‘om tumanidagi kanaldan 17 yoshli qizning murdasi topilgani yuzasidan o‘zini o‘zi o‘ldirishga undash moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Dollarning rasmiy kursi pasaydi
27 may 2021, 16:08

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 20,88 so‘mga pasaydi va jami 10 589,03 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari ham biroz pasaygan.

«Bu yerda nosog‘lom muhit hukm surmoqda». Bola ombudsmani Samarqandda maktab-internat tarbiyalanuvchilari kaltaklangani holatini o‘rgandi
27 may 2021, 16:02

«Bu yerda nosog‘lom muhit hukm surmoqda». Bola ombudsmani Samarqandda maktab-internat tarbiyalanuvchilari kaltaklangani holatini o‘rgandi

Samarqanddagi 63-sonli aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati tarbiyalanuvchilari kaltaklangani bo‘yicha holat Bola ombudsmani tomonidan o‘rganib chiqildi. Suratdagi 2 nafar bolani otasi uyiga qaytarib olib ketgan, ko‘zi ko‘kargan bola esa tengdoshi bilan urishganini aytgan. «Muassasada nosog‘lom muhit hukm surmoqda», — deyiladi xabarda.

Misr samolyoti Toshkentning markazidan uchib o‘tdi
27 may 2021, 14:35

Misr samolyoti Toshkentning markazidan uchib o‘tdi

Misrning «Fly Egypt» aviakompaniyasi samolyoti Toshkentning markaziy hududidan uchib o‘tdi. Transport vazirligi mazkur holatni izohlab, samolyot «Toshkent» aeroportidan parvozni amalga oshirish jarayonida noto‘g‘ri manyovrni amalga oshirganini ta’kidladi.

O‘zbekistonlik para-dzyudochilar Bokuda 10 ta Gran-pri medallarini qo‘lga kiritishdi
27 may 2021, 14:28

O‘zbekistonlik para-dzyudochilar Bokuda 10 ta Gran-pri medallarini qo‘lga kiritishdi

Para-dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Boku shahridagi Gran-pri musobaqasida 10 ta medalni qo‘lga kiritdi va umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi.

TATU filiali xodimi va uning sherigi pora bilan qo‘lga tushdi
27 may 2021, 14:17

TATU filiali xodimi va uning sherigi pora bilan qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, TATUning Samarqand filiali bo‘limi boshlig‘i va uning sherigi samarqandlik fuqaroga Qozog‘istondagi institutlardan birida o‘qiyotganligi haqida hujjat tayyorlab berish evaziga 3000 dollar olganida ushlangan.

XMT kelgusi besh yil ichida rekord darajada issiq yil bo‘lishini taxmin qilmoqda
27 may 2021, 14:14

XMT kelgusi besh yil ichida rekord darajada issiq yil bo‘lishini taxmin qilmoqda

BMT meteorologlarining taxmin qilishicha, yaqin besh yil ichida rekord darajada issiq yil bo‘lishi kutilmoqda. Kelgusi besh yillikning har bir yilidagi o‘rtacha harorat sanoatgacha bo‘lgan davrdagi harorat qiymatlaridan kamida bir daraja yuqori bo‘ladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting