Ijtimoiy tarmoqlarda sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Basitxanova SSV rahbaridan tug‘ruqdan keyin vafot etgan ayolning o‘limini yashirishga urinayotgani haqida xabarlar tarqaldi. U mazkur xabarni rad etib, bu «vaziyatni noto‘g‘ri talqin qilish» deb hisoblashini ta’kidladi.
2018−2020 yillarda jami 4 001 nafar yoshlar sportdagi yutuqlari uchun imtiyozdan foydalanib, OTMlarga o‘qishga kirgan. Bosh prokuratura o‘rganishlariga ko‘ra, imtiyozdan foydalanuvchilar sonini sun’iy oshirish maqsadida ayrim sport musobaqalarining soni orttirilgan. Turizm va sport vazirligi bunda asosiy aybdor musobaqa bosh hakamlari ekanligini ta’kidlab, ular sport federatsiyalari tomonidan belgilanishini qayd etdi.
Gruziyaning 20 ta shahridan 19 tasida munitsipal saylovlarning ikkinchi bosqichida hukmron partiya nomzodlari g‘alaba qozondi. Muxolifat natijalarni tan olmadi, «murosasiz kurash»ga va’da berdi va miting e’lon qildi.
G20 sammitiga a’zo davlatlar «sayyoraning eng yomonlashgan ekotizimlariga alohida e’tibor bergan holda» 2030 yilgacha bir trln daraxt ekishni maqsad qildi. Rimda bo‘lib o‘tgan sammit doirasida imzolangan deklaratsiyada bu haqda aytilmoqda.
DXX Qashqadaryo viloyatida «Jihodchilar» diniy ekstremistik oqimi tarafdorlari sifatida gumonlanayotgan 12 kishini qo‘lga oldi. Ularning orasida mahalla raisi, o‘rta maktab o‘qituvchisi, masjid imom-noibi, yakka tartibdagi tadbirkor ham bor. Ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Prezident imzo chekkan qonun bilan shaxsga doir ma’lumotlarni muhofaza qilish talablarini buzganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik kuchaytirildi, jumladan jarimalar miqdori bir necha baravargacha oshirildi.
Toshkentda bo‘lib o‘tgan Central Asia Employer Brand Award — EMBRAS 2021 tanlovida Artel kompaniyasi ko‘plab yutuqlarga ega bo‘ldi.
«Nasaf» O‘zbekiston kubogi chorak finali doirasida «So‘g‘diyona» mehmoni bo‘lib, minimal hisobda g‘alaba qozondi. O‘yin yakunida qarshiliklar sardori Umar Eshmurodov mezbonlar hujumchisining boshiga zarba bergani ommaviy mushtlashuv va har ikki jamoa futbolchilari ishtirokida tartibsizliklarga sabab bo‘lgan.
Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kirishda 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab test sinovlarining 2-bloki, ya’ni yurisprudensiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar bo‘yicha tarix fani o‘rniga huquqiy fanlarni kiritish masalasi universitet kengashida ko‘rib chiqildi va ma’qullandi.
O‘zbekistonda sinov tariqasida 1−5 noyabr kunlari aholini onlayn ro‘yxatga olish o‘tkaziladi. Unda mamlakatimiz ichida va xorijda yashovchi O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishlari mumkin. Onlayn aholini ro‘yxatga olish 2023 yil 1−25 noyabr kunlariga mo‘ljallangan O‘zbekiston aholisini to‘liq ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘tkazilmoqda.
UzAuto Motors’ning xabar berishicha, mikrochiplar yetishmasligi sababli kompaniya joriy yilning oktabr-noyabr oylarida xaridorlarga topshirilishi kutilayotgan Lacetti va Labo avtomobillarini yetkazib berish muddatini ikki oyga uzaytirishga majbur.
Boks bo‘yicha jahon chempionatining beshinchi kunida O‘zbekistondan to‘rt nafar bokschi bahs olib bordi. Shaxobiddin Zoirov, Madiyar Saidrahimov va Abdumalik Xalaqov ishonchli tarzda keyingi bosqichga yo‘l oldi. Amaldagi jahon chempioni Shahram G‘iyosov Qozog‘iston vakiliga imkoniyatni boy berib, turnirdagi ishtirokini yakunladi.
DXX «Islom davlati» bilan aloqasi borligi uchun qidirilayotgan shaxsni O‘zbekistonga qaytardi. Uning Suriya va Iroqdagi janglarda hamda Markaziy Osiyo davlatlaridan birida teraktga tayyorgarlik ko‘rishda qatnashgani xabar qilindi.
Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida 728,8 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larining sarflanishida moliyaviy qoidabuzarliklar aniqlandi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 6 barobarga ko‘proq. Budjet intizomining buzilish holatlari asosan xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, maktabgacha ta’lim tizimlari, shuningdek, avtomobil yo‘llari qo‘mitasida yuz bergan.
2 noyabrdan boshlab Toshkent — Qarshi — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar qayta tiklanadi. Parvozlar haftasiga 2 marotaba — seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
Toshkentning Chilonzor tumanida prezident tashrifi arafasida 55 tup daraxtning tubiga parvarishlangandek ko‘rinishi uchun polietilen plyonka to‘shalib, keramzit sepilgan. Daraxtlarda qurish alomatlari mavjud. Poytaxt Ekologiya boshqarmasi rahbari obodoshlashtirish uslubini «kolxozcha» deb atadi.
Frikadelka va qizil loviyali, makkajo‘xori va shovulli, xamir bo‘lakchali va pishloqli — Zira.uz noodatiy usulda tayyorlanadigan sho‘rvalar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Jo Baydenning Rim papasi bilan uchrashgani, Ilon Masking insoniyatni Marsga o‘z hisobidan olib bormoqchi ekani, AQShning Tramp siyosatidan jabr chekkan migrantlarga 1 mlrd dollardan pul to‘lamoqchiligi, Finlyandiyada gazetaning uch jurnalisti davlat sirlarini oshkor qilishda ayblanayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Yangiyo‘lda qalbaki pul ishlab chiqarishda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi. Uning uyidan umumiy qiymati 19,6 mln so‘mlik 196 dona 100 ming so‘mlik qalbaki banknotalar olib qo‘yildi.
2023 yildan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari jumlalarning soddaligi va qisqaligi, ta’riflarning aniqligi, atamalarning to‘g‘ri qo‘llanilganligi va boshqa talablar asosida lingvistik ekspertizadan o‘tkaziladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting