Toshkent shahrida yangi raqamli bank — “Bank Apelsin” ro‘yxatdan o‘tkazildi. U Kapitalbak tomonidan 2019 yilda ishga tushirilgan Apelsin ilovasidan kelib chiqdi.
Guliston tumanida Milliy gvardiya xodimlari xonadonlardan birida is gazidan zaxarlanish oqibatida karaxt xolda bo‘lgan 3 nafar bolani qutqarib qoldi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi DXX tomonidan Qashqadaryo viloyatida «Jihodchilar» a’zosi sifatida gumon qilinib, ushlangan masjid imom-noibi aslida boshqa kasb egasi ekanligini ma’lum qildi. «Yolg‘on yoki tasdiqlanmagan axborotni tarqatish tegishli javobgarlikka sabab bo‘lishini alohida ta’kidlaymiz», — deyiladi munosabatda.
1 noyabr holatiga ko‘ra dunyo miqyosida COVID-19 qurbonlari soni 5 milliondan oshdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu 1950 yildan beri urushlarda halok bo‘lganlar soniga teng. COVID-19 testi o‘tkazish imkoniyatining cheklanganligi hamda odamlar uy sharoitida tibbiy yordamsiz halok bo‘layotgani sababli bu raqamlar haqiqiy holatni aks ettirmasligi mumkin.
Biznes-ombudsman mutaxassisining ta’kidlashicha, shu yilning 9 oyida 1000 dan ortiq mansabdor ma’muriy javobgarlikka tortilib, 225 tasiga intizomiy jazo qo‘llanilgan. Sudlarga 28 mlrd so‘mlik da’vo arizalar kiritilgan. «Tadbirkorlarning huquqlari buzilishi davlat budjeti uchun qo‘shimcha xarajat» — dedi u.
Oksford lug‘ati 2021 yil so‘zi deb «vaksina» yoki «vaksinatsiya» ma’nosini beruvchi vax so‘zni tanladi. «Bu yilgi muhitni yaxshiroq aks ettiruvchi so‘z yo‘q», — deya ta’kidladi lug‘at tuzuvchilari.
oktabr oyida inflyatsiya 1,3 foizni tashkil etdi. Oy davomida oziq-ovqat mahsulotlari o‘rtacha 1,9 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 1,1 foizga, pullik xizmatlar 0,5 foizga qimmatlashdi.
Farg‘ona xalqaro aeroportidan So‘x tumanidagi yangi aeroportga dastlabki sinov parvozi amalga oshirildi. Humo Air aviakompaniyasiga qarashli layner parvozi 40 daqiqani tashkil qildi.
Dunyo armiyalari bo‘yicha Global Firepower Index — 2021 reytingida O‘zbekiston Qurolli kuchlari 140 davlat ichidan 51 o‘rinni egalladi. Mamlakat armiyasi Markaziy Osiyo bo‘yicha birinchi o‘rinda.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 15,87 so‘mga ko‘tarilib, 10 690,08 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari esa pasaydi.
Namangan viloyatida Damas mashinasi ishtirokidagi yo‘l transport hodisasida 8 kishi og‘ir tan jarohati oldi, ikki yo‘lovchi vafot etdi. Yana bir holatda esa Damas haydovchisi 71 yoshli fuqaroni yo‘ldan o‘tayotganida urib yubordi.
Markaziy bank tahlillariga ko‘ra, 2021 yilning 9 oyida jismoniy shaxslarning muammoli kreditlari (NPL) hajmi 5,4 barobar o‘sib, 5,2 trillion so‘mga yetgan. Shu bilan birga, keyingi oylarda banklarning kredit portfelining sifati bosqichma-bosqich yaxshilanmoqda.
Moskva meriyasi qurilish maydonchalarida mehnat migrantlaridan voz kechish rejasini tayyorlaydi. Shahar ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, mehnat resurslari tanqisligi 40%ga yaqinlashgan. Rossiya poytaxti rasmiylari qurilishga kamroq, lekin uch-to‘rt marta ko‘proq ish haqi bilan yaxshiroq malakaga ega mutaxassislarni jalb qilmoqchi.
«Ipak yo‘li» turizm universiteti madaniy meros ixtisosligiga ham ega bo‘ladi va SHXTning turizm, madaniy merosni boshqarish va muzeyshunoslik sohalarida kadrlar tayyorlovchi tayanch OTMga aylanadi. Shuningdek, universitetning Toshkent filiali tashkil etiladi.
Vazirlar Mahkamasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni o‘zlashtirishda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan ikki nafar vazir birinchi o‘rinbosari va uch nafar viloyat hokimi o‘rinbosariga intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qildi.
O‘zbekistonlik chang‘ichi Komiljon To‘xtayev 2022 yilda Pekinda bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Haftaning o‘rtasigacha O‘zbekiston bo‘ylab +15…+17 darajagacha iliq ob-havo bo‘ladi. Ikkinchi yarmida esa respublikaning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ib, havo harorati +3…+8 darajagacha pasayishi kutilmoqda.
«O‘zbekneftgaz» raisi o‘rinbosari Muxtor Temirov 13-Qashqadaryo saylov okrugi matbuot markazi rahbari Jahongir To‘ychiyevni haqoratladi, Daryo muxbiri Otabek Qo‘ldoshevga nisbatan esa kuch ishlatdi. Bunga press-tur vaqtida ajratilgan avtobusning «olib qo‘yilishi» sabab bo‘lgani aytilmoqda. Kompaniya matbuot xizmati munosabat bildirdi.
Olimpiya o‘yinlari sovrindori Davlat Bobonov dzyudo bo‘yicha harbiylar o‘rtasida jahon chempioni bo‘ldi. Yakkalik bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.
Paxta terimi mavsumida majburiy mehnat bo‘yicha o‘tkazilgan monitoringda 65 nafar mansabdor shaxsga jami 198 mln 450 ming so‘m miqdorda ma’muriy jarima tayinlandi. Majburiy mehnatga yo‘l qo‘yganligi uchun 5 nafar mansabdor shaxs javobgarlikka tortildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting