Yangi Toshkentga Yuqori Chirchiqdan 110,4 gektar yer maydoni o‘tkazildi
25 oktabr 2024, 14:16

Yangi Toshkentga Yuqori Chirchiqdan 110,4 gektar yer maydoni o‘tkazildi

Yangi Toshkent shahri qurilishi uchun Yuqori Chirchiq tumanidagi 3 ta mahalladan yana yer maydoni ajratildi. Yerlar doimiy foydalanish huquqi bilan “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi”ga berildi.

“Madhiyamizni qayta yozamiz” — Qirg‘iziston parlamenti spikeri
25 oktabr 2024, 14:03

“Madhiyamizni qayta yozamiz” — Qirg‘iziston parlamenti spikeri

Qirg‘iziston parlamenti spikeri Nurlanbek Shakiyev davlat madhiyasi eskirganini aytib, u qayta yozilishini bildirdi. “Madhiyamizni 5 yoshdan 95 yoshgacha bo‘lgan barcha fuqarolar oson kuylashi uchun qayta yozamiz”, — dedi spiker.

XJS Mo‘g‘ulistonni Putinni hibsga olishdan bosh tortgani uchun Rim statutini buzganlikda aybladi
25 oktabr 2024, 12:46

XJS Mo‘g‘ulistonni Putinni hibsga olishdan bosh tortgani uchun Rim statutini buzganlikda aybladi

Xalqaro jinoyat sudi (XJS) Mo‘g‘uliston xalqaro qamoqqa olish orderi amal qilayotgan Rossiya prezidenti Vladimir Putinni o‘z hududida hibsga olmasdan, Rim statutini buzganlikda aybladi. Putin sentabr oyida Mo‘g‘ulistonga tashrif buyurgandi.

Buxoro SSBga yangi rahbar tayinlandi
25 oktabr 2024, 11:44

Buxoro SSBga yangi rahbar tayinlandi

Elyor Oltiyev Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U bunga qadar Milliy tibbiyot markazi direktorining hududlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Probatsiya xizmati inspektorlariga huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma tuzish vakolati berilmoqda
25 oktabr 2024, 11:29

Probatsiya xizmati inspektorlariga huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma tuzish vakolati berilmoqda

O‘zbekistonda probatsiya xizmatining katta inspektori va inspektoriga probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi bayonnomani tuzish vakolati berilmoqda. Bu ko‘zda tutilgan qonunni Senat ma’qulladi.

SpaceX O‘zbekistonga milliy kosmik dasturni ishlab chiqishda ekspert maslahatlarini taqdim etadi
25 oktabr 2024, 10:33

SpaceX O‘zbekistonga milliy kosmik dasturni ishlab chiqishda ekspert maslahatlarini taqdim etadi

AQShning SpaceX va Buyuk Britaniyaning Surrey Satellite Technology kompaniyalari O‘zbekistonning milliy kosmik dasturini ishlab chiqishda ekspert maslahatlarini beradi.

Yandex Uzbekistan Express24 aktivlarining bir qismini sotib oladi
25 oktabr 2024, 10:30

Yandex Uzbekistan Express24 aktivlarining bir qismini sotib oladi

Yandex Uzbekistan va Express24 yagona texnologik platformani yaratish bo‘yicha bitim imzoladi. Bunda Yandex Go`dagi Eats va Express24 xizmatlari yagona texnologik platformaga o‘tadi. Express24 ilovasi o‘z faoliyatini davom ettiradi.

Britaniyada 2025-yil yozidan bir martalik veyplar taqiqlanadi
25 oktabr 2024, 09:41

Britaniyada 2025-yil yozidan bir martalik veyplar taqiqlanadi

Buyuk Britaniya 2025-yil 1-iyundan bir martalik veyplarni sotishni taqiqlaydi. Bu chora o‘smirlarni himoyalash va atrof-muhit ifloslanishini kamaytirishga qaratilgan. Taqiqning kiritilishi jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Samarqandda “Jiguli”da ariqqa tushib ketgan 7-sinf o‘quvchisi vafot etdi
25 oktabr 2024, 01:18

Samarqandda “Jiguli"da ariqqa tushib ketgan 7-sinf o‘quvchisi vafot etdi

Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida 7-sinf o‘quvchisi “Jiguli” mashinasini minib, yo‘l chetidagi ariqqa tushib ketdi. U og‘ir jarohatlar bilan shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi.

Migratsiya agentligining ayrim funksiyalari 2026-yilgacha xususiy sektorga o‘tkaziladi
25 oktabr 2024, 00:57

Migratsiya agentligining ayrim funksiyalari 2026-yilgacha xususiy sektorga o‘tkaziladi

Yangi tashkil etilgan Migratsiya agentligi 2026-yilgacha fuqarolarni xorijga yuborish va ishga joylashtirish bilan bog‘liq funksiyalarini xususiy bandlik agentliklariga o‘tkazadi. Ish takliflari ochiq e’lon qilinadi, saytda rezyume shakllantirish imkoni paydo bo‘ladi. Migrantlarga 10 mln so‘mgacha mikrokredit beriladi.

Surxondaryoda gaz ta’minoti xodimi gaz ballonlarini yashirib, qimmatga sotayotgani aniqlandi
25 oktabr 2024, 00:37

Surxondaryoda gaz ta’minoti xodimi gaz ballonlarini yashirib, qimmatga sotayotgani aniqlandi

Surxondaryo viloyatida gaz ta’minoti xodimi ikki nafar tanishining uyiga gaz ballonlarini yashirib, noqonuniy ravishda mahalliy aholiga oshirilgan narxda sotib yurgani ma’lum bo‘ldi. Jami 120 ga yaqin ballon topildi.

13 ta davlat BRIKSning hamkor davlatlari maqomini oladi
24 oktabr 2024, 23:41

13 ta davlat BRIKSning hamkor davlatlari maqomini oladi

Qozondagi BRIKS sammiti davomida 13 ta davlat birlashmaning hamkor davlatlari maqomini olishi haqida so‘z bordi. Ular qatorida O‘zbekiston, Turkiya, Qozog‘iston va Belarus bor.

“Lokomotiv” — “Bunyodkor” o‘yini vaqtida IIB xodimlari uchrashuv komissarini bo‘linmaga olib ketdi
24 oktabr 2024, 22:42

“Lokomotiv” — “Bunyodkor” o‘yini vaqtida IIB xodimlari uchrashuv komissarini bo‘linmaga olib ketdi

Superliga 21-turi doirasidagi “Lokomotiv” — “Bunyodkor” bahsi tanaffusi vaqtida IIB xodimlari stadiondagi VAR mashinasi va avtomobillarni olib chiqishni buyurdi. Talabga qarshilik qilgan o‘yin komissarining telefoni olib qo‘yilib, o‘zi majburan bo‘linmaga olib ketildi. Xodimlarga xizmat tekshiruvi tayinlandi.

Andijonda transformatordagi nosozlik sabab 20 ta xonadon elektrdan vaqtincha uzilib qoldi
24 oktabr 2024, 21:46

Andijonda transformatordagi nosozlik sabab 20 ta xonadon elektrdan vaqtincha uzilib qoldi

Andijon tumanida transformator punktidagi qisqa tutashuv sabab 20 ta xonadon elektr energiyasidan favqulodda uzildi. Tarmoqda tarqalgan videoda hisoblagichlarda yong‘in chiqqanini ko‘rish mumkin. HET yangi hisoblagichlar o‘rnatish ishlarini boshladi.

Britaniya hamdo‘stligi davlatlari qul savdosi uchun Londondan tovon puli talab qilmoqchi
24 oktabr 2024, 21:01

Britaniya hamdo‘stligi davlatlari qul savdosi uchun Londondan tovon puli talab qilmoqchi

Bir qator Britaniya hamdo‘stligi davlatlari 17−19 asrlardagi transatlantik qul savdosi uchun Britaniyadan kompensatsiya undirish masalasini ko‘tarishni rejalashtirmoqda.

Prezident bir guruh ichki ishlar organlari xodimlarini mukofotladi
24 oktabr 2024, 20:35

Prezident bir guruh ichki ishlar organlari xodimlarini mukofotladi

Prezident Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan IIV tizimidagi bir guruh xizmatchilarni mukofotladi. Xususan, sobiq vazir Zakirjon Almatov xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi unvonini oldi.

BAA kompaniyasi “Poytaxt bank”ning yangi egasiga aylandi
24 oktabr 2024, 20:03

BAA kompaniyasi “Poytaxt bank"ning yangi egasiga aylandi

Bond Investments kompaniyasi (BAA) “Poytaxt bank” aksiyalarining 100% egasiga aylandi. Iyun oxirida Davaktiv shu investor bilan bankni 10 mln dollarga sotishga kelishilgani haqida xabar bergandi.

Teraktdan so‘ng Turkiyadagi O‘zbekiston fuqarolari hushyorlikka chaqirildi
24 oktabr 2024, 19:30

Teraktdan so‘ng Turkiyadagi O‘zbekiston fuqarolari hushyorlikka chaqirildi

Turkiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari, ayniqsa, odamlar gavjum joylarda ehtiyot bo‘lishga chaqirildi. Mamlakatdan ketayotganlardan aeroportlarga bir soat oldin yetib kelish so‘raldi. Terakt ortidan Anqarada xavfsizlik choralari kuchaytirildi.

Vazirlar Mahkamasi huzurida Migratsiya agentligi tashkil etildi
24 oktabr 2024, 19:12

Vazirlar Mahkamasi huzurida Migratsiya agentligi tashkil etildi

Prezident farmoni bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tugatilib, Vazirlar Mahkamasi huzurida Migratsiya agentligi tashkil etildi. 2025-yildan tashkilot xususiy bandlik agentliklari faoliyatini tekshirishni boshlaydi.

O‘zbekistonda 2024-yilda magistral kanallarning 1 ming km qismini betonlash rejalashtirilmoqda
24 oktabr 2024, 18:59

O‘zbekistonda 2024-yilda magistral kanallarning 1 ming km qismini betonlash rejalashtirilmoqda

“Kanallarni betonlash bo‘yicha zarbdor yil” doirasida 2024-yilda magistral kanallarning 1 ming kilometr qismini betonlash reja qilinmoqda. Buning uchun davlat budjetidan 500 mlrd so‘m pul ajratilgan. Xorijiy investitsiyalar hisobidan esa 200 mln dollar mablag‘ jalb etilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting