Mahalliylashtirish import o‘rnini bosish emas, balki narx bo‘yicha ham, sifat bo‘yicha ham raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish, eksportni ham ko‘paytirishdir, deya ta’kidlandi prezident bilan uchrashuvda. “O‘zavtosanoat” 2 mlrd dollarlik import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
Yangilandi: Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 28−29-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lishi reja qilingandi. Biroq uning tashrifi keyinga qoldirildi.
Senatorlar O‘zbekistonda yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan tortib olishga qarshi kurashishda ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Bunday jinoyatlarni tergov qilish prokuratura organlarining vakolatiga qiritilmoqda.
Barqarorlik reytingi yuqori bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan soliq tekshiruvlari o‘tkazilmasligi belgilanmoqda. Jinoiy ishlar doirasida o‘tkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno bo‘ladi.
Mang‘istau viloyati hokimi Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida boj olinmaydigan maxsus savdo zonasini tashkil etishni taklif qildi. Buning natijasida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 4 barobar oshishi kutilmoqda.
2024-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar soni 4 milliondan oshdi. Ko‘rsatkich bir yilda 86 foizga o‘sgan.
Belarus prezidenti saylovi 2025-yil 26-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. 2020-yildagi saylovlar Lukashenko rejimiga qarshi norozilik namoyishlari fonida kechgandi.
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti 18 yoshdan oshgan shaxslar tomonidan sodir etilgan kvadroberlik harakatlari mayda bezorilik sifatida kvalifikatsiya qilinishi mumkinligini ma’lum qildi.
Senatorlar telekommunikatsiya bozorini tartibga soluvchi regulyator va ushbu bozorni rivojlantirish siyosatini olib boruvchi davlat organlarining vazifalarini belgilovchi qonunni ma’qulladi.
Isroil mudofaa armiyasi “Hizbulloh” guruhi ijroiya kengashi rahbari Hoshim Safiddin o‘ldirilganini tasdiqladi. U guruhning o‘ldirilgan yetakchisi Hasan Nasrullohga voris sifatida ko‘rilardi.
Senat ombudsman to‘g‘risidagi yangi tahrirdagi qonunni ma’qulladi. Endi ombudsman prezident, hukumat va parlamentga maxsus ma’ruza taqdim etish huquqiga ega bo‘ladi. Shuningdek, ushbu lavozimga qo‘yilgan oliy ma’lumot va inson huquqlarini himoya qilish sohasida tajribaga ega bo‘lish talabi bekor qilinmoqda
Alisher G‘aniyev yunon-rum kurashi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi bo‘ldi. U 23 yoshgacha bo‘lganlar orasida kurashning har ikki turi bo‘yicha ilk jahon chempioniga aylanib, O‘zbekiston tarixiga kirdi (foto, video).
Hukumat qarori bilan yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilari hamda bino va inshootlarning energiya iste’molini energiya auditidan o‘tkazish tartibi tasdiqlandi. Endilikda bino va inshootlarning energiya samaradorligi toifalarga qarab belgilanadi.
O‘zbekiston Statistika agentligi 2026-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish to‘g‘risidagi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga taqdim etdi. Unga ko‘ra, bu bo‘yicha respublika komissiyasi tuziladi. Oliy Majlisga toponimik obyektlarga nom berish va nomlarni o‘zgartirishni vaqtincha to‘xtatish tavsiya etiladi.
Para yengil atletika bo‘yicha paralimpiya chempioni Asila Mirzayorova Ijtimoiy himoya milliy agentligining nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha maxsus vakili lavozimiga tayinlandi.
Central Asian Expo ko‘rgazmalar markazida Tashkent International Auto Show ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi, unda MG o‘zining so‘nggi avtomobil modellarini taqdim etadi.
Prezidentga taqdimotda aytilishicha, O‘zbekistonga so‘nggi yetti yilda jami 78 mlrd, jumladan, 2024-yil yanvar-sentabr oylarida 23,7 mlrd dollarlik xorij investitsiyasi kirib kelgan. Bu orqali 1800 turdagi yangi mahsulot ishlab chiqarila boshlagan, 120 ta yirik quvvat ishga tushgan.
2025-yilda “Yashil makon” ko‘chat ekish loyihasini amalga oshirish uchun qo‘shimcha 100 mlrd so‘m yo‘naltiriladi, dedi prezident. Endi daraxtlarni 3 yil parvarishlash xarajatlari investitsiya dasturiga kiritiladi va 16 million gektar yaylov yerlarini boshqarish Veterinariya qo‘mitasiga o‘tkaziladi.
Vetnam parlamenti general Liong Kiongni mamlakat prezidenti etib sayladi. Uning nomzodini yig‘ilishda qatnashgan 440 nafar deputatning barchasi qo‘llab-quvvatladi.
Argentina hukumati “argentinaliklarning iqtisodiy erkinligiga to‘sqinlik qilayotgan keraksiz byurokratiyani yo‘q qilish” maqsadida soliq xizmati tugatilganini e’lon qildi. Vakolatlar “oddiyroq” tuzilmaga ega yangi agentlikka o‘tkaziladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting