BRIKS mamlakatlari sanksiyalarni bekor qilishni zarur deb hisoblaydi, shuningdek, ular Yaqin Sharq va Ukrainadagi qurolli mojarolar bo‘yicha pozitsiyasini belgilab, ko‘p qutbli dunyo tuzilishi tarafdori ekanini bildirdi. Shuningdek, sammitda Qozon deklaratsiyasi qabul qilindi. Asosiy ma’lumotlar.
Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kishining cho‘lda bir ayolni kaltaklab, “samosud” qilayotgani aks etgan videoyozuv tarqaldi. Navoiy viloyati IIBdan “Gazeta.uz"ga ma’lum qilishlaricha, ayolni kaltaklagan shaxs qamoqqa olingan. Ta’kidlanishicha, huquqbuzarning ichki ishlar organlariga “hech qanday aloqasi yo‘q”.
“Dok-1 Maks” ishida aybdor deb topilgan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining sobiq direktori Sardor Kariyevning farzandlari yashab turgan uy xatlandi. Uning turmush o‘rtog‘i bundan norozi bo‘lib, sudga shikoyat qildi.
Kimyoviy, biologik va bakteriologik vositalardan foydalangan holda qasddan daraxtlarni quritish, ularga shikast yetkazish endilikda BHMning 75 baravarigacha jarimaga sabab bo‘lishi mumkin. Elektr toki, portlovchi, kimyoviy moddalar bilan ov qilganlar esa 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Senatorlar ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni jazoni o‘tashni davom ettirish uchun, shuningdek, ruhiy kasallikka chalingan shaxslarni majburiy davolash uchun berish va qabul qilish ko‘zda tutilgan o‘zgartirishlarni ma’qulladi.
Prezident topshirig‘i bilan qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv olish limitlari xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari tomonidan tasdiqlanishi belgilanmoqda.
Senat 1993-yildan beri amalda bo‘lgan “Davlat sirlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahririni ma’qulladi. Hujjatda davlat sirlarining alohida toifalari, ularni himoya qilish sohasidagi organlarning vakolatlari, maxfiylik darajasi va ma’lumotlarni maxfiylashtirish muddati belgilanmoqda.
2020-yildan beri Bosh prokuraturaning boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan Murodullo Abduhakimov Andijon viloyati prokurori lavozimida ish boshladi.
Qozon shahriga tashrif doirasida prezident Shavkat Mirziyoyevni Tatariston Respublikasining davlat mukofoti — “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Sherzod Shermatov o‘zbek yutuberlariga inglizcha kontent qilishni tavsiya etib, shu tildagi auditoriya juda kattaligini aytdi. “O‘zbekcha kontent qilib qancha daromad topasizu, inglizcha kontentdan qancha daromad topasiz? Shuning uchun tayyor ishlab turgan monetizatsiya mexanizmidan ko‘proq foydalanish kerak”, — dedi u.
Norvegiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi taqiqlanmoqda. Hozirda mamlakatda bunday cheklov 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun amal qiladi. Avvalroq Avstraliyada ham bu masala ko‘rib chiqilayotgandi.
BMTTD Yaponiya hukumati ko‘magida Termiz shahrida IT, tadbirkorlik va chet tillarini o‘rganish yo‘nalishlarida kasb-hunar o‘rgatish bo‘yicha yoshlar markazi ochdi.
Senatorlar yerni o‘zboshimchalik bilan egallash va unda qurilish qilish, uchastka bilan ta’minlash tartibini buzish va tabiiy resurslarga mulk huquqini buzish uchun jazo choralarini kuchaytirishni ma’qulladi.
Yanvar-sentabrda muomaladagi naqd pul ulushi yillik ko‘rsatkichda 3,2 foiz bandga — 23,9 dan 20,7 foizga pasaydi, deb xabar qildi Markaziy bank. Karta egalari mablag‘larini tobora kamroq naqdlashtirmoqda.
Oxirgi 8 yil ichida O‘zbekistonda gazetalar soni 91 taga, radiolarniki esa 6 taga kamaydi. AOKA direktoriga ko‘ra, hozirda axborotga ko‘proq ishlov berilyapti va uni yetkazish xarajati ozayib bormoqda. Bosma nashrlar esa raqobatga chidolmayapti. “Ular baribir qisqaradi, bu dunyodagi umumiy tendensiya”, — dedi u.
Oybek Shaxavdinov O‘zbekistonning Xorvatiyadagi birinchi elchisi bo‘ldi, u mart oyidan buyon mamlakatning Vengriyadagi elchisi lavozimida ham ishlab kelmoqda.
AQSh sobiq prezidenti Barak Obama Detroyt shahrida Kamala Harrisni qo‘llab-quvvatlash mitingida rep o‘qidi. Shuningdek, Eminem chiqish qilib, saylovlarga borish va Harris nomzodini qo‘llab-quvvatlashni so‘radi. Avvalroq Donald Tramp McDonaldʼs`da kartoshka qovurgandi.
Shavkat Mirziyoyev Qozon shahrida BRIKS sammiti doirasida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar strategik sheriklikni chuqurlashtirish masalalarini ko‘rib chiqdi. Sog‘liqni saqlash, ta’lim, mashinasozlik sohalariga alohida e’tibor qaratildi.
Samarqandda o‘tkazilgan Hududlararo hamkorlik forumi va biznes forumi doirasida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida 352 mln dollarlik 76 hujjat imzolandi. Abdulla Aripov mamlakatlarda hali foydalanilmagan ulkan salohiyat borligini aytdi. Qozog‘iston eksport ta’minotini 550 mln dollarga oshirishga tayyor.
Markaziy bank raisi o‘rinbosari Behzod Hamrayev nima uchun O‘zbekistonda inflyatsion targetga erishish muddati 2025-yil emas, 2026-yilga to‘g‘ri kelishi kutilayotganini izohladi. Muddatning uchinchi bor kechiktirilishiga energotariflarning ikki bosqichda oshirilishi va boshqa omillar ta’sir qilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting