BRIKS sammitida Qozon deklaratsiyasi qabul qilindi. Asosiy masalalar
24 oktabr 2024, 13:04

BRIKS sammitida Qozon deklaratsiyasi qabul qilindi. Asosiy masalalar

BRIKS mamlakatlari sanksiyalarni bekor qilishni zarur deb hisoblaydi, shuningdek, ular Yaqin Sharq va Ukrainadagi qurolli mojarolar bo‘yicha pozitsiyasini belgilab, ko‘p qutbli dunyo tuzilishi tarafdori ekanini bildirdi. Shuningdek, sammitda Qozon deklaratsiyasi qabul qilindi. Asosiy ma’lumotlar.

Navoiyda cho‘lda bir ayolni kaltaklab, “samosud” qilgan erkak qamoqqa olindi
24 oktabr 2024, 12:56

Navoiyda cho‘lda bir ayolni kaltaklab, “samosud” qilgan erkak qamoqqa olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kishining cho‘lda bir ayolni kaltaklab, “samosud” qilayotgani aks etgan videoyozuv tarqaldi. Navoiy viloyati IIBdan “Gazeta.uz"ga ma’lum qilishlaricha, ayolni kaltaklagan shaxs qamoqqa olingan. Ta’kidlanishicha, huquqbuzarning ichki ishlar organlariga “hech qanday aloqasi yo‘q”.

MIB Sardor Kariyevning farzandlari va ayoli yashab turgan uyni ham xatladi
24 oktabr 2024, 12:52

MIB Sardor Kariyevning farzandlari va ayoli yashab turgan uyni ham xatladi

“Dok-1 Maks” ishida aybdor deb topilgan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining sobiq direktori Sardor Kariyevning farzandlari yashab turgan uy xatlandi. Uning turmush o‘rtog‘i bundan norozi bo‘lib, sudga shikoyat qildi.

Daraxtlarni qasddan quritish va noqonuniy ov uchun belgilangan jazolar kuchaytirilmoqda
24 oktabr 2024, 12:37

Daraxtlarni qasddan quritish va noqonuniy ov uchun belgilangan jazolar kuchaytirilmoqda

Kimyoviy, biologik va bakteriologik vositalardan foydalangan holda qasddan daraxtlarni quritish, ularga shikast yetkazish endilikda BHMning 75 baravarigacha jarimaga sabab bo‘lishi mumkin. Elektr toki, portlovchi, kimyoviy moddalar bilan ov qilganlar esa 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Senat xorijda mahkum etilgan shaxslarni O‘zbekistonga qabul qilish to‘g‘risidagi o‘zgartirishlarni ma’qulladi
24 oktabr 2024, 11:48

Senat xorijda mahkum etilgan shaxslarni O‘zbekistonga qabul qilish to‘g‘risidagi o‘zgartirishlarni ma’qulladi

Senatorlar ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni jazoni o‘tashni davom ettirish uchun, shuningdek, ruhiy kasallikka chalingan shaxslarni majburiy davolash uchun berish va qabul qilish ko‘zda tutilgan o‘zgartirishlarni ma’qulladi.

Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv olish limitlari deputatlar kengashi tomonidan tasdiqlanadi
24 oktabr 2024, 11:23

Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv olish limitlari deputatlar kengashi tomonidan tasdiqlanadi

Prezident topshirig‘i bilan qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv olish limitlari xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari tomonidan tasdiqlanishi belgilanmoqda.

Senatorlar davlat sirlarini himoya qilish bo‘yicha yangi qonunni ma’qulladi
24 oktabr 2024, 11:19

Senatorlar davlat sirlarini himoya qilish bo‘yicha yangi qonunni ma’qulladi

Senat 1993-yildan beri amalda bo‘lgan “Davlat sirlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahririni ma’qulladi. Hujjatda davlat sirlarining alohida toifalari, ularni himoya qilish sohasidagi organlarning vakolatlari, maxfiylik darajasi va ma’lumotlarni maxfiylashtirish muddati belgilanmoqda.

Andijon viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
24 oktabr 2024, 10:42

Andijon viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

2020-yildan beri Bosh prokuraturaning boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan Murodullo Abduhakimov Andijon viloyati prokurori lavozimida ish boshladi.

Shavkat Mirziyoyev Tatariston Respublikasining “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi
24 oktabr 2024, 10:23

Shavkat Mirziyoyev Tatariston Respublikasining “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi

Qozon shahriga tashrif doirasida prezident Shavkat Mirziyoyevni Tatariston Respublikasining davlat mukofoti — “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Sherzod Shermatov o‘zbek yutuberlariga ko‘proq daromad topish uchun inglizcha kontent tayyorlashni tavsiya etdi
24 oktabr 2024, 09:47

Sherzod Shermatov o‘zbek yutuberlariga ko‘proq daromad topish uchun inglizcha kontent tayyorlashni tavsiya etdi

Sherzod Shermatov o‘zbek yutuberlariga inglizcha kontent qilishni tavsiya etib, shu tildagi auditoriya juda kattaligini aytdi. “O‘zbekcha kontent qilib qancha daromad topasizu, inglizcha kontentdan qancha daromad topasiz? Shuning uchun tayyor ishlab turgan monetizatsiya mexanizmidan ko‘proq foydalanish kerak”, — dedi u.

Norvegiyada 15 yoshdan kichik bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanmoqda
24 oktabr 2024, 09:09

Norvegiyada 15 yoshdan kichik bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanmoqda

Norvegiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi taqiqlanmoqda. Hozirda mamlakatda bunday cheklov 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun amal qiladi. Avvalroq Avstraliyada ham bu masala ko‘rib chiqilayotgandi.

Termizda yoshlarni kasbga o‘rgatish markazi ish boshladi
23 oktabr 2024, 23:40

Termizda yoshlarni kasbga o‘rgatish markazi ish boshladi

BMTTD Yaponiya hukumati ko‘magida Termiz shahrida IT, tadbirkorlik va chet tillarini o‘rganish yo‘nalishlarida kasb-hunar o‘rgatish bo‘yicha yoshlar markazi ochdi.

Senat yerni o‘zboshimcha egallash va unda qurilish qilishga jazo choralarini kuchaytirishni ma’qulladi
23 oktabr 2024, 23:06

Senat yerni o‘zboshimcha egallash va unda qurilish qilishga jazo choralarini kuchaytirishni ma’qulladi

Senatorlar yerni o‘zboshimchalik bilan egallash va unda qurilish qilish, uchastka bilan ta’minlash tartibini buzish va tabiiy resurslarga mulk huquqini buzish uchun jazo choralarini kuchaytirishni ma’qulladi.

Muomaladagi naqd pul ulushi 20,7 foizgacha kamaydi, kartadagi mablag‘ kamroq naqdlashtirilmoqda — MB
23 oktabr 2024, 22:23

Muomaladagi naqd pul ulushi 20,7 foizgacha kamaydi, kartadagi mablag‘ kamroq naqdlashtirilmoqda — MB

Yanvar-sentabrda muomaladagi naqd pul ulushi yillik ko‘rsatkichda 3,2 foiz bandga — 23,9 dan 20,7 foizga pasaydi, deb xabar qildi Markaziy bank. Karta egalari mablag‘larini tobora kamroq naqdlashtirmoqda.

“Raqobatga chiday olmayapti”. 2016−2024-yillarda O‘zbekistonda gazetalar soni 15 foizga kamaydi
23 oktabr 2024, 21:52

“Raqobatga chiday olmayapti”. 2016−2024-yillarda O‘zbekistonda gazetalar soni 15 foizga kamaydi

Oxirgi 8 yil ichida O‘zbekistonda gazetalar soni 91 taga, radiolarniki esa 6 taga kamaydi. AOKA direktoriga ko‘ra, hozirda axborotga ko‘proq ishlov berilyapti va uni yetkazish xarajati ozayib bormoqda. Bosma nashrlar esa raqobatga chidolmayapti. “Ular baribir qisqaradi, bu dunyodagi umumiy tendensiya”, — dedi u.

O‘zbekistonning Xorvatiyadagi birinchi elchisi tayinlandi
23 oktabr 2024, 21:48

O‘zbekistonning Xorvatiyadagi birinchi elchisi tayinlandi

Oybek Shaxavdinov O‘zbekistonning Xorvatiyadagi birinchi elchisi bo‘ldi, u mart oyidan buyon mamlakatning Vengriyadagi elchisi lavozimida ham ishlab kelmoqda.

Kamala Harrisni qo‘llab-quvvatlash mitingida Barak Obama rep o‘qidi, Eminem esa nutq so‘zladi (video)
23 oktabr 2024, 21:42

Kamala Harrisni qo‘llab-quvvatlash mitingida Barak Obama rep o‘qidi, Eminem esa nutq so‘zladi (video)

AQSh sobiq prezidenti Barak Obama Detroyt shahrida Kamala Harrisni qo‘llab-quvvatlash mitingida rep o‘qidi. Shuningdek, Eminem chiqish qilib, saylovlarga borish va Harris nomzodini qo‘llab-quvvatlashni so‘radi. Avvalroq Donald Tramp McDonaldʼs`da kartoshka qovurgandi.

BRIKS sammiti doirasida Mirziyoyev va Erdog‘an uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
23 oktabr 2024, 21:19

BRIKS sammiti doirasida Mirziyoyev va Erdog‘an uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Shavkat Mirziyoyev Qozon shahrida BRIKS sammiti doirasida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar strategik sheriklikni chuqurlashtirish masalalarini ko‘rib chiqdi. Sog‘liqni saqlash, ta’lim, mashinasozlik sohalariga alohida e’tibor qaratildi.

“O‘zbekiston va Qozog‘iston hali foydalanilmagan ulkan salohiyatga ega” — Abdulla Aripov
23 oktabr 2024, 20:58

“O‘zbekiston va Qozog‘iston hali foydalanilmagan ulkan salohiyatga ega” — Abdulla Aripov

Samarqandda o‘tkazilgan Hududlararo hamkorlik forumi va biznes forumi doirasida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida 352 mln dollarlik 76 hujjat imzolandi. Abdulla Aripov mamlakatlarda hali foydalanilmagan ulkan salohiyat borligini aytdi. Qozog‘iston eksport ta’minotini 550 mln dollarga oshirishga tayyor.

Inflyatsion targetga erishish muddati nega 2026-yilgacha surildi?
23 oktabr 2024, 20:14

Inflyatsion targetga erishish muddati nega 2026-yilgacha surildi?

Markaziy bank raisi o‘rinbosari Behzod Hamrayev nima uchun O‘zbekistonda inflyatsion targetga erishish muddati 2025-yil emas, 2026-yilga to‘g‘ri kelishi kutilayotganini izohladi. Muddatning uchinchi bor kechiktirilishiga energotariflarning ikki bosqichda oshirilishi va boshqa omillar ta’sir qilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting