Andijon viloyati Buloqboshi tumanida yog‘ochdan ko‘prik yasab, odamlarni soydan pul evaziga o‘tkazgan shaxs 7 sutkaga qamaldi. Ko‘prik iyul oyida tabiiy ofat sabab avariya holatiga kelgan. Hozirda qurilish va ta’mirlash ishlari boshlangan.
BMTning Qochqinlar masalalari bo‘yicha boshqarmasi O‘zbekistonga afg‘on xalqi uchun gumanitar yordam ortilgan uchta samolyot yuborishni rejalashtirmoqda. Gumanitar yuk Termizdan Hayraton chegara punkti orqali Mozori-Sharifga yetkaziladi. Bunday samolyotlarning birinchisi oktabr o‘rtasida O‘zbekistonga yetib keladi. Shuningdek, agentlik Afg‘oniston bilan chegaradosh hududlarda logistik markazlarni tashkil etishni ko‘zlagan.
Jurabek Laboratories tomonidan ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining ikkinchi partiyasi 1 mln 219 ming 510 dozada SES xizmati vakillariga topshirildi.
Toshkent viloyati hokimligi Architects Engineers Planners Advisors kompaniyasi bilan poytaxt va Toshkent dengizi o‘rtasida 6,9 mlrd so‘mlik tezyurar avtobus tranziti qurilishining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish to‘g‘risida shartnoma imzoladi.
JSST ekspertlari immuniteti zaiflashgan kishilarni koronavirusga qarshi vaksinalarning qo‘shimcha dozasi bilan emlashni tavsiya qildi. Chunki ushbu shaxslar uchun birlamchi emlash yetarli bo‘lmasligi mumkin va ularda COVID-19 og‘ir kechishi xavfi yuqori.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Malayziya va Iordaniya terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Malayziya termasini 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan O‘zbekiston terma jamoasi, Iordaniyaga 3:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Koreya Respublikasi hukumati 2021 yilda O‘zbekistonda COVID-19 bilan kurashish bo‘yicha kompleks dasturni amalga oshirish uchun 5 mln dollar ajratdi. Dastur KOICA agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Andijon tibbiyot instituti xodimlari shanbalik uchun maoshidan pul ushlab qolinishiga o‘z ixtiyori bilan rozi bo‘lgani haqidagi xabarlar institut tomonidan “feyk xabar” deya aytilgan edi. Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan holat o‘rganish natijasida 150 mln so‘m pul mablag‘lari institut xodimlariga to‘liq qaytarildi.
Islom sivilizatsiyasi markazining qurilishi 2017 yil dekabrda tahminan 413,5 mlrd so‘mga baholangan edi. Bugungi kunga kelib qurilish ishlari bahosi 4 baravar — 1,7 trln so‘mgacha ($161,8 mln) oshib ketdi. Loyiha «Trest-12» tomonidan amalga oshirilmoqda.
13 oktabr kuni O‘zbekistonga 200 ming doza Sinovac vaksinasi, shuningdek, 20 ming quti “Favipiravir” dori preparati olib kelindi. Shunday qilib, O‘zbekistonga emlash jarayonlarida foydalanilayotgan jami vaksina 28 mln 673 ming 528 dozani tashkil qilmoqda.
TIV Konsullik-huquqiy departamenti direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Mansurbek Qilichev O‘zbekistonning Misrdagi elchisi lavozimiga tayinlandi.
Shavkat Mirziyoyev «Zakovat» intellektual o‘yini grand finali g‘oliblari — Xorazm jamoasini mukofotladi. Klub rahbari Abdurasul Abdullayevga faxriy unvon berildi. Prezident tadbirga Buxoro viloyatiga safari chog‘ida tashrif buyurdi.
Onix savdolari 2022 yil yakunidan boshlanishi, Jurabek Laboratories ishlab chiqargan “Sputnik V” vaksinasi SESga topshirilishi, hududlarda 310 ta yangi avtobus yo‘nalishlari tashkil etilishi — “Gazeta.uz"ning 12 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida
Qirg‘iziston hukumatining iste’fosi, Ukraina va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida umumiy havo makoni to‘g‘risidagi bitim imzolangani, Xitoyda suv toshqinlari oqibatida 30 ga yaqin kishining halok bo‘lgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Senatning 20-yalpi majlisi 20 oktabr kuni chaqiriladi. Unda ijtimoiy tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonun, Bojxona kodeksi, Suv va suvdan foydalanish, Muzeylar to‘g‘risidagi qonunlarga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish masalalari ko‘riladi. Qolaversa, bosh vazir o‘rinbosari va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining axborotlari eshitiladi.
Shahrisabzdagi maktablardan birida o‘quvchilar poli chirib ketgan sport zalida shug‘ullanayotgani haqida xabarlar tarqalgandan bir necha kun o‘tib tuman hokimligi sport zalini ta’mirlab berdi.
Rossiya SSV tomonidan mehnat mirgantlarini emlash uchun yangi turdagi “Sputnik Layt” vaksinasining 12 ming dozasi O‘zbekistonga olib kelindi. Ushbu vaksina bilan faqat O‘zbekistondan yuborilishi mo‘ljallangan 10 ming nafar quruvchi migrantlar emlanadi.
Rossiya hukumati 150 ming O‘zbekiston fuqarolari uchun mamlakatga kirish bo‘yicha taqiqni olib tashladi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 18,01 so‘mga ko‘tarilib, 10 684,01 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham ko‘tarildi, rubl kursi esa pasaydi.
Jurabek Laboratories tomonidan ishlab chiqarilgan «Sputnik V» vaksinasining birinchi partiyasi 260 ming 500 dozada SES xizmati vakillariga topshirildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting