Jahon yangiliklari dayjesti
7 oktabr 2021, 21:47

Jahon yangiliklari dayjesti

Finlyandiya, Daniya va Shvetsiyaning 30 yoshgacha bo‘lgan aholini Moderna bilan emlashni to‘xtatgani, Latviya sog‘liqni saqlash tizimida favqulodda holat e’lon qilingani, Pokistonda zilzila oqibatida 20 kishining halok bo‘lgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

7 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
7 oktabr 2021, 21:30

7 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Shavkat Mirziyoyevning sirdaryolik saylovchilar bilan uchrashuvi,"Chorvoq oromgohi" yaxlit mulk sifatida sotuvga qo‘yilishi, O‘zbekiston va Tolibon hukumati TIV rahbarlari Kobulda uchrashuvi — “Gazeta.uz"ning 7 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Prezident maktablarida «Maktab maslahatchisi» faoliyati yo‘lga qo‘yildi
7 oktabr 2021, 20:28

Prezident maktablarida «Maktab maslahatchisi» faoliyati yo‘lga qo‘yildi

2021−2022 o‘quv yildan Prezident maktablarida «Maktab maslahatchisi» — «School Counselor» dasturi ishga tushirilmoqda. Dastur muvaffaqiyatli tajribadan o‘tgach, ijobiy tajriba umumta’lim maktablariga ham joriy etilishi ko‘zda tutilgan.

«Tolibon» o‘zbek tili maqomi va O‘zbekiston xavfsizligi bo‘yicha aniq kafolat berdi — Abdulaziz Kamilov
7 oktabr 2021, 19:47

«Tolibon» o‘zbek tili maqomi va O‘zbekiston xavfsizligi bo‘yicha aniq kafolat berdi — Abdulaziz Kamilov

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Kobulga tashrifi davomida Afg‘onistonning muvaqqat hukumati mamlakat «zaminidan O‘zbekistonga qandaydir tahdid yoki xavf chiqishiga yo‘l qo‘ymasligi» bo‘yicha «kuchli va aniq kafolat» berganligini ma’lum qildi. Shuningdek, Kamilov o‘zbek tili va madaniyati «tolibon» hukumati davrida ham rivojlanishda davom etishini ta’kidladi. U yaqin orada Termizda ikkala davlatning ishchi guruhlari muzokaralari o‘tkazishini ham ma’lum qildi.

«Kambag‘allikni qisqartirishning eng asosiy omillari boshpana va ish joyi» — Shavkat Mirziyoyev
7 oktabr 2021, 19:39

«Kambag‘allikni qisqartirishning eng asosiy omillari boshpana va ish joyi» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Gulistondagi Yangi hayot mahallasiga borib, u yerdagi yangi turar joylar qurilishi bilan tanishdi. «Kambag‘allikni qisqartirishning eng asosiy omillari boshpana va ish joyi», — dedi u. Shavkat Mirziyoyev xalqning uy-joyga bo‘lgan talabi o‘sib borayotgani va shunga munosib sharoit yaratish lozimligini qayd etdi.

Sadriddin Ayniy nomidagi Buxoro teatri 2022 yilda ta’mirlanadi
7 oktabr 2021, 17:40

Sadriddin Ayniy nomidagi Buxoro teatri 2022 yilda ta’mirlanadi

11 yillik qarovsizlikdan so‘ng Sadriddin Ayniy nomidagi Buxoro davlat musiqali drama va komediya teatrini ta’mirlashga 2022 yilda 64,5 mlrd so‘m ajratilishi ma’lum qilindi. Teatr jamoasi hozirda faoliyat yuritayotgan «Ko‘hna va boqiy Buxoro» majmuasidagi teatr binosi esa madaniyat saroyiga aylantiriladi.

OTB O‘zbekistonda moliyaviy bozorlarni rivojlantirish uchun 100 mln dollar ajratadi
7 oktabr 2021, 17:37

OTB O‘zbekistonda moliyaviy bozorlarni rivojlantirish uchun 100 mln dollar ajratadi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda raqobatbardosh moliyaviy bozorlarni rivojlantirish uchun 100 mln dollarlik kreditni ma’qulladi. Kredit mablag‘lari mamlakatda moliyaviy bozorlar uchun qulay muhit yaratishda zarur bo‘lgan davlat siyosati, qonunchilik hamda institutsional islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltirilishi ko‘zda tutilmoqda.

Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti Abdulrazoq Gurnaga topshiriladi
7 oktabr 2021, 17:09

Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti Abdulrazoq Gurnaga topshiriladi

Tanzaniyalik yozuvchi Abdulrazoq Gurna adabiyot yo‘nalishida 2021 yilgi Nobel mukofotining sohibi bo‘ldi. U «kolonializm oqibatlari va qochqinlar taqdiriga murosasiz va rahmdillik bilan kirishgani» uchun taqdirlangan.

Indoneziyada xitoy-o‘zbek vaksinasidan favqulodda foydalanishga ruxsat berildi
7 oktabr 2021, 16:49

Indoneziyada xitoy-o‘zbek vaksinasidan favqulodda foydalanishga ruxsat berildi

Indoneziya Oziq-ovqat mahsulotlari va dori preparatlari nazorati agentligi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasidan favqulodda foydalanishga ruxsat berdi. Ushbu vaksinaning III faza sinovlarida jami 4000 nafar ko‘ngilli ishtirok etgan va 92,92% foiz samaradorlikni ko‘rsatgan.

Toshkent viloyati hokimligi IIBBga 3 mlrd so‘m ajratadi
7 oktabr 2021, 16:24

Toshkent viloyati hokimligi IIBBga 3 mlrd so‘m ajratadi

Toshkent viloyati hokimligi mahalliy budjet hisobidan IIBBga jamoat tartibini saqlash va boshqa maqsadlar uchun 3 mlrd so‘m ajratadi.

O‘zbekiston va Tolibon hukumati TIV rahbarlari Kobulda uchrashdi
7 oktabr 2021, 16:19

O‘zbekiston va Tolibon hukumati TIV rahbarlari Kobulda uchrashdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston tashqi ishlar vazirligi rahbari vazifasini bajaruvchi Amir Xon Mottakiy bilan uchrashuvda tranzit, energetika va savdo masalalarini muhokama qildi. Afg‘oniston tomoni Mozori-Sharifdagi aeroportni rekonstruksiya qilish va boshqa sohalardagi yordam uchun O‘zbekistonga minnatdorchilik bildirdi.

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
7 oktabr 2021, 16:10

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 6,85 so‘mga ko‘tarilib, 10 677,89 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

Elektr haqini to‘lamagan Afg‘oniston sobiq hukumati amaldorlarining mol-mulki sotuvga qo‘yilishi mumkin
7 oktabr 2021, 14:57

Elektr haqini to‘lamagan Afg‘oniston sobiq hukumati amaldorlarining mol-mulki sotuvga qo‘yilishi mumkin

Afg‘onistonning energetika kompaniyasi elektr energiyasi haqini to‘lamagan sobiq hukumat amaldorlarining mol-mulkini sotuvga qo‘ymoqchi. Mamlakat aholisi kompaniyaning bu qarorini qo‘llab-quvvatlayotganligi aytilmoqda. Ma’lumotga ko‘ra, kompaniyaga to‘lanishi kerak bo‘lgan elektr energiyasidan qarzlarning umumiy miqdori 5,5 mln dollardan ortiq.

XMK maktablar qurish uchun investitsiya jalb qilishga yordam beradi
7 oktabr 2021, 13:22

XMK maktablar qurish uchun investitsiya jalb qilishga yordam beradi

Xalqaro moliya korporatsiyasi O‘zbekiston hukumatiga mamlakat viloyatlarida zamonaviy va energiya jihatidan tejamkor 15 tagacha maktablarni moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish va xizmat ko‘rsatish uchun xususiy operatorni tanlashda tender o‘tkazishga yordam beradi.

Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoda “Guliston siti” qurilishini taklif qildi
7 oktabr 2021, 13:21 1

Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoda “Guliston siti” qurilishini taklif qildi

O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Guliston shahrining eski dehqon bozori o‘rnidagi 42 gektar maydonda “Guliston siti” barpo etilishini taklif qildi. Avvalroq, “Adolat” partiyasidan prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimov shaharlarda “siti” qurishga ruju qo‘yilganligini tanqid qilgan edi.

«Chorvoq oromgohi» yaxlit mulk sifatida sotuvga qo‘yildi
7 oktabr 2021, 12:59

«Chorvoq oromgohi» yaxlit mulk sifatida sotuvga qo‘yildi

«Chorvoq oromgohi» maskanining 8 ta alohida lotlar bo‘yicha savdo jarayonlari to‘xtatildi va oromgoh yaxlit mulkiy majmua sifatida auksionga qo‘yildi. Xaridorga hududdagi mehmonxona va turizm infratuzilmasini saqlab qolish hamda Chorvoq oromgohining Germaniya kompaniyasi oldidagi 573 ming 568 yevro qarzini to‘lash talabi qo‘yilmoqda.

O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga tashrifi noyabr oyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda
7 oktabr 2021, 12:25

O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga tashrifi noyabr oyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda

Noyabr oyida O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga tashrifi kutilmoqda. Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali tashrifga tayyorgarlikni muhokama qildilar.

Probatsiya xizmati 60 mingdan ortiq shaxsni nazoratga olgan
7 oktabr 2021, 12:24

Probatsiya xizmati 60 mingdan ortiq shaxsni nazoratga olgan

sentabr holatiga Probatsiya xizmati tomonidan 60 ming 434 kishi nazorat ostiga olingan. Ularning 91,5 foizini erkaklar, 8,5 foizini ayollar, 28 foizini yoshlar va 1 foizdan kamrog‘ini voyaga yetmaganlar tashkil qiladi. 2001 yilda bitta inspektor 13 kishini nazorat qilgan bo‘lsa, 2021 yilga kelib bu ko‘rsatkich 108 kishiga yetdi.

Facebook uzilishlar oqibatida qariyb 100 mln dollar yo‘qotdi
7 oktabr 2021, 11:29

Facebook uzilishlar oqibatida qariyb 100 mln dollar yo‘qotdi

Fortune hisob-kitoblariga ko‘ra, yetti yarim soatlik uzilishlar natijasida Facebook taxminan 99,75 mln dollar yo‘qotgan. Forbes nashri platformadagi nosozlik sabab kompaniya aksiyalari narxi 4,8 foizga pasaygani va oqibatda Mark Sukerberg 5,9 mlrd dollar yo‘qotganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston Rossiyadan 1 mln gektar yer maydonini ijaraga olmoqchi
7 oktabr 2021, 10:46

O‘zbekiston Rossiyadan 1 mln gektar yer maydonini ijaraga olmoqchi

O‘zbekiston Rossiya hududidan 1 mln gektar yer maydonini qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun ijaraga olmoqchi. Bunga O‘zbekistondagi suv resurslari tanqisligi sabab ekanligi aytilmoqda. Ijara yerlaridan olingan hosil O‘zbekistonning ichki bozoridagi talabni qondirishga yo‘naltiriladi. O‘tgan yilning dekabr oyida prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarga Rossiya hududida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni taklif qilgan edi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting