MTV qishloq joylari, tog‘li tumanlar va borish qiyin bo‘lgan aholi punktlari uchun mo‘ljallangan mobil va modulli MTTlar taqdimotini o‘tkazdi.
Bir guruh Kamerun fuqarolari firibgarlik jinoyatlarini amalga oshirganlikda gumon qilinmoqda, deya xabar qildi IIV huzuridagi Tergov departamenti.
O‘zbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilish imkoniyatlarini uch yildan beri o‘rganmoqda, tashqaridan hech qanday bosim bo‘lgani yo‘q, deya ma’lum qildi Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev.
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarada xalqaro ulgurji va chakana savdo markazini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining Bosh kotibi Bog‘dod Amreyev O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filialini tashkil etish to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi.
Hukumatga qarshi namoyishlar sababli Bag‘dodda komendantlik soati e’lon qilindi. Iroqda internetga kirishda uzilishlar kuzatilmoqda.
Rossiyaning Perm viloyatida YTHga uchragan 32 yo‘lovchini qutqargan Danil Yuldashev O‘zbekiston Mehnat vazirligi jamoasiga qabul qilindi.
IIV avtomobillarning orqa yon oynalariga parda ilish borasidagi bahslarga ularni qonun yo‘li bilan taqiqlash orqali chek qo‘yish niyatida. YPX xodimlari uzoq yillar davomida hatto bolalarni quyosh nuridan saqlash uchun ilingan pardalar uchun ham haydovchilarni jarimaga tortishga harakat qilar edi.
So‘nggi yillarda avtomobil yo‘llariga ko‘p miqdorda mablag‘ ajratildi, biroq ko‘plab yo‘llar bugun talablarga mutlaqo javob bermaydi, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Professional bokschi Isroil Madrimov 5 oktyabr kuni Nyu-Yorkdagi Madison Square Garden arenasida WBC Fecombox chempioni Alexandro Barreraga qarshi ringga ko‘tariladi. Bokschi shahardagi ko‘chalardan birida mashg‘ulot o‘tkazdi.
Poytaxtning Yunusobod tumanida tez tibbiy yordam shiforiga hujum qilgan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
XTV Farg‘onadagi maktab o‘quvchilari nima uchun polda dars o‘tayotganiga izoh berdi. Eski partalar yangilariga almashtirilgani uchun sinfda partalar 20 daqiqa davomida bo‘lmagan, deya xabar qildi vazirlik.
Samarqandga sayyohlar oqimini oshirish uchun MDH, Yevropa va Osiyo davlatlaridan yangi aviayo‘nalishlarni ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.
Mahalliy undan “buxanka” non ishlab chiqaruvchilar 2020-yil 1-iyuligacha QQSdan ozod qilindi.
Namanganda ota 2018 yilda tug‘ilgan o‘g‘lini aliment to‘lamaslik uchun Shimoliy Farg‘ona kanaliga uloqtirib, hayotiga zomin bo‘ldi.
Toshkentdagi Mont Blanc plastik xirurgiya klinikasida ikki bemor ayol jarrohlik amaliyotidan so‘ng vafot etdi. Ulardan biri homilador bo‘lgan.
IIV malaka oshirish kursi tinglovchilarining paxta terimiga olib chiqilishiga qarshi «norozilik namoyishi» bo‘yicha izoh berdi. Videoda yosh xodimlar ovqatlanish uchun oyliklaridan 800 ming so‘mdan olib qolinganidan shikoyat qiladi.
Namangandagi madaniyat va istirohat bog‘ida qurilishi yakunlanmagan attraksionni sinash vaqtida bog‘ ishchisi vafot etdi.
O‘zbekistonda 9 yoshli qizlarning odam papilloma virusiga qarshi birinchi emlanishi boshlanadi. Xo‘sh, OPV o‘zi nima? Emlash nima uchun zarur? Siz nimani bilishingiz kerak? Biz shifokorlardan va olimlardan o‘quvchilarning savollariga javob berishlarini so‘radik.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting