Haftaning oxirigacha respublika hududi bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati seshanba kuni +29…+34 darajadan hafta oxiriga kelib +32…+37 darajagacha ko‘tariladi
Kecha kun davomida O‘zbekistonda 526 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 6 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, yakshanba kuni 96 kishida pnevmoniya qayd etildi, 1 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.
Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsman) qonunchilik tashabbusi huquqi beriladi.
Toshkentning Chilonzor tumanida YPX xodimlari haydovchiga yo‘l harakati qoidalarini buzganlik to‘g‘risidagi bayonnomani tuzayotganida janjal sodir bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Avgust oyida Toshkent shahridagi ikkilamchi bozorda turar joy narxlari har kvadrat metr uchun o‘rtacha 7,5 mln so‘mni tashkil qildi, birlamchi bozorda — 8,4 mln so‘m.
Sariosiyo tumanida Matiz avtomashinasi yo‘lni kesib o‘tayotgan 12 yoshli qizni urib yubordi. Oqibatda qiz shifoxonada vafot etdi, Matiz haydovchisi va yo‘lovchisi shifoxonaga yotqizildi. YTH sodir bo‘lgan hududda piyodalar yo‘lakchasi tashkil etish hamda tezlikni cheklovchi belgilar o‘rnatilishi aytildi.
USAID ma’muri Samanta Pauer O‘zbekistonga tashrif buyurishi haqidagi rejalarini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, AQSh prezident Shavkat Mirziyoyevning «Yangi O‘zbekiston» haqidagi qarashlarini olqishlaydi.
Dehli aeroportida ikki o‘zbekistonlik og‘iz bo‘shlig‘ida tish va metall zanjir ko‘rinishida 951 gramm oltin yashirganlikda ayblanib qo‘lga olindi.
Barcha hududlarda ombudsmanning mintaqaviy vakillari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ular fuqarolardan shikoyatlarni qabul qilib, inson huquqlari monitoringini yuritadi.
Toshkentdagi «Malika» savdo majmuasida telefon savdosi bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar o‘rtasida pichoqbozlik sodir bo‘ldi. Natijada bir kishi vafot etdi, yana bir kishi jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi.
Yanvar-iyul holatiga respublikaning tashqi savdo aylanmasi 2020 yilning mos davriga nisbatan salkam 2 mlrd dollarga yoki 10,1% ga ko‘payib, qariyb 21,6 mlrd dollarni tashkil etdi. Tashqi savdoda 5,3 mlrd dollar qiymatida passiv balans kuzatildi. 20 ta yirik hamkor davlatlar orasidan faqatgina Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkiya bilan faol tashqi savdo balansi saqlanib qolgan.
Spot monitoringida ayrim bozorlarda tadbirkorlar qo‘llarida karta va ishlab turgan terminal bo‘lishiga qarmasdan, to‘lovlarni pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘lashni so‘rashayotgani aniqlandi. Nashrning fikricha, p2p-to‘lovlar O‘zbekistonda soliqdan qochish vositasiga aylanmoqda. DSQ rahbari Sherzod Kudbiyev avvalroq buning katta muammo ekanini aytib, fuqarolarni QR-kodli chek bermaydigan sotuvchilardan mahsulotlar sotib olmaslikka chaqirgan edi.
AQSh va O‘zbekiston o‘rtasida erishilgan kelishuv doirasida afg‘on uchuvchilari va ularning oilalari Amerikaning Doxadagi harbiy bazasiga ko‘chirilmoqda. Biroq Afg‘onistonning 46 ta harbiy samolyot va vertolyotining taqdiri hozircha noma’lum, deb yozmoqda WSJ.
Qozon shahrida o‘tkazilgan MDH o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi 23 ta oltin, 32 ta kumush va 36 ta bronza jami 91 ta medallariga sazovor bo‘lishdi. Bu mezbon Rossiya jamoasidan so‘ng ikkinchi ko‘rsatkich bo‘ldi.
Kecha kun davomida O‘zbekistonda 594 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 5 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, shanba kuni 122 kishida pnevmoniya qayd etildi, 1 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.
Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayevga Toshkent davlat agrar universiteti rektori vazifasini bajarish yuklandi.
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksinani barcha bosqichlarda qabul qilganlar soni 3 milliondan oshdi. Hozirga qadar 16 mln 600 ming dozadan ko‘proq vaksina qo‘llanildi.
Shanba kuni MSK Milliy tiklanish partiyasidan Alisher Qodirovni hamda Ekologik partiyadan Narzulla Oblomuradovni prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga oldi. MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorovning so‘zlariga ko‘ra, ularga guvohnomalar tez kunlarda topshiriladi.
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti bakalavr va magistratura yo‘nalishlariga abituriyentlarni qabul qilmoqda. Hujjatlar onlayn va oflayn tarzda qabul qilinadi.
«Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov saylovoldi dasturlaridagi o‘xshash jihatlarni «imkoniyat» deb atab, «Adolat» partiyasi bilan prezidentlik saylovlarida har ikki partiyadan yagona nomzod ko‘rsatish masalasini muhokama qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Avvalroq, «Adolat» Alisher Qodirovni saylovoldi dasturidagi g‘oyalarni ko‘chirganlikda ayblagan edi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting