TIV rahbari Abdulaziz Kamilov yana bir bor tayinlangan Latviya elchisi Reynis Trokshni qabul qildi.
Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev muxolifat jamiyat barqaror rivojlanishining asosiy faktorlaridan biri ekanligini ta’kidladi. Uning fikricha, bugun O‘zbekistonning jamiyati muxolifat bo‘lishidan manfaatdor. Senator muxolifat tabiiy tuzilishi kerakligini aytib, «hokimiyat berilmaydi, hokimiyat uchun kurashish kerak» degan aqidani esladi. U OAVlarini hozirgi kunda nihoyatda muhim muxolifat deb bilishini qayd etdi.
Hukumat qarori bilan talabalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida turar joylar quriladi. Buning uchun viloyat hokimlari tomonidan 0,5 gektargacha yer joylardan ajratiladi. Respublika bo‘ylab jami 228 ta talabalar turar joylari (400 o‘rinli) barpo etiladi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, sakkiz oy davomida xorijdan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 4,9 mlrd dollarni tashkil qilgan. Bu 2020 yilning mos davriga nisbatan 35 foizga ko‘proq.
Kecha kun davomida O‘zbekistonda 687 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 5 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, payshanba kuni 159 kishida pnevmoniya qayd etildi, 2 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish xalqaro hamjamiyatni toliblar bilan muloqot qilishga va ularni munozaraga jalb qilishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Afg‘onistonda «ko‘p azob chekayotgan odamlar bilan birdamlikni ko‘rsatish uchun kerak».
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov O‘zbekistonda COVID-19ga qarshi emlanganlar to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni taqdim qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ommaviy vaksinatsiyalash boshlanganidan beri (1 apreldan) jami koronavirus bilan kasallanish holatlarining bor-yo‘g‘i 285 tasi yoki taxminan 0,3 foizi emlanganlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Bakalavr bochqichi talabalari uchun har bir OTMga bittadan prezident stipedniyasi berilishi belgilandi. Magistratura va doktorantura talabalari uchun prezident stipendiyasi kvotasi ikki barobarga oshirildi.
KXSHTning o‘z kuchlarini zamonaviy qurol va texnika bilan jihozlayotgani, KXDR tashkil etilganining 73 yilligiga bag‘ishlangan harbiy parad, Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Paxtakor tumanida 6 yoshli bola asfalt yotqizish mashinasi ostida qolib ketdi. Oqibatda bola voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan og‘ir texnika vositasi tegishli bo‘lgan firma rahbariga ma’muriy bayonnoma tuzilgan va jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
O‘zbekistonga 1 mln 200 ming dozadan ortiq Pfizer/BioNTech va 600 ming dozadan ortiq AstraZeneca vaksinalari olib kelinishi kutilmoqda.
Markaziy bank bergan ma’lumotlarga ko‘ra, avgust oyi yakunlari bo‘yicha yillik inflyatsiya uch-to‘rt oydan buyon deyarli o‘zgarishsiz qolib 11,1 foiz darajasida shakllanmoqda. Shuningdek, banklararo pul bozoridagi depozitlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalari aprel oyidagi 14,2 foizdan iyul oyida 8,7 foizgacha pasaydi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 14,77 so‘mga pasayib, 10 668,09 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kurs ham pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zLiDePning saylovoldi s’ezdida «Afg‘oniston zaminida tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashga, qo‘limizdan kelgan barcha yordamni ayamaslik» ni ta’kidladi. Prezident shuningdek, «Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish va YeOII bilan integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish bo‘yicha qadamlar qo‘yilishini» ma’lum qildi.
Samarqand viloyatida bir qator korxonalar gaz tarmog‘iga noqonuniy ulangani aniqlandi. O‘g‘irlikdan yetkazilgan zarar 2,8 mlrd so‘mga baholanmoqda.
TIV rahbari Abdulaziz Kamilov O‘zbekiston Afg‘oniston bilan «do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini saqlab qolish, betaraflik va qo‘shni davlatning ichki ishlariga aralashmaslik tarafdori» ekanligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonni mintaqaviy integratsiya jarayonlariga jalb qilish mamlakat iqtisodiyotini tiklashga samarali imkoniyat yaratadi.
O‘zLiDePning navbatdagi s’ezdida partiyadan prezidentlikka nomzod sifatida Shavkat Mirziyoyev tasdiqlandi. Nomzod oldingi prezident saylovida ilgari surilgan dasturdagi vazifalar ijrosiga to‘xtalib, o‘zining 2021 yil saylovoldi dasturi haqida ma’lumot berdi.
Prezidentlik saylovlaridagi O‘zLiDeP nomzodi Shavkat Mirziyoyev o‘zbekistonliklarni oktabrdagi saylovlarda faol ishtirok etishga chorladi. «Hech qachon unutmang, saylash va tanlash huquqi — Sizning qo‘lingizda. Kelajak uchun mas’uliyat esa barchamizning zimmamizda», — dedi u.
Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturi haqida gapira turib, o‘tgan yillar davomida nafaqat o‘zbek xalqi balki mamlakat ham tubdan o‘zgarganini ta’kidladi. «Bugungi xalqimiz — kechagi xalq emas. Bugungi O‘zbekiston ham, kechagi O‘zbekiston emas», — dedi u. Amalga oshirilayotgan ishlar vaqtida prezident o‘z xalqidan kuch olishini ma’lum qilib, ular oldida ta’zim qildi.
Shavkat Mirziyoyev saylovoldi dasturida tuman va shahar hokimi lavozimiga nomzodlarni ko‘rsatish bo‘yicha yangi tartibni joriy qilishni taklif qildi. Uning ta’kidlashicha, hududiy kengashda eng ko‘p deputatlik o‘rni olgan partiya guruhlari hokimlikka o‘z nomzodlarini ko‘rsatishlari mumkin bo‘ladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting