Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov amalga oshirgan ulkan ishlarni qayd etdi. «Biz hech qachon o‘tgan davrdagi ishlarni yomonlamaganmiz, kelgusida ham bunday qilmaymiz», — deya ta’kidladi u.
O‘zbekiston TIV Afg‘onistondagi toliblar rejimidan qochayotgan odamlar uchun o‘z chegaralarini ochishga tayyor ekanligi haqidagi xabarlarni rad etdi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda o‘zbek-afg‘on chegarasi to‘liq yopilgan va «Termiz» chegara postini ochish hozircha rejalashtirilayotgani yo‘q.
Prezident qarori bilan Toshkentda Butunrossiya davlat kinematografiya instituti filiali ochildi. OTMda ta’lim faoliyati 2021−2022 o‘quv yilidan boshlanadi. Ta’lim kunduzgi, sirtqi shaklda hamda masofaviy tarzda yo‘lga qo‘yiladi.
O‘zbekistonlik para-suzuvchi Shohsanam Toshpo‘latova bronza medalini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa mazkur Paralimpiya o‘yinlaridagi medallarimiz 5 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronzaga yetdi.
Oilaviy telekanali negizida Foreign Languages xorijiy tillar teleradiokanali tashkil etilmoqda. Telekanal dasturlarni bir kecha-kunduzda 24 soat davomida xorijiy tillarda efirga uzatadi.
Birinchi prezident Islom Karimovning xiralashtirilgan surati Mahalla telekanalida efirga uzatilayotgan serialda namoyish etildi. Kanal rahbariyati videomontaj vaqtida portretga xira tortilganini «texnik xatolik» deb atadi.
Toshkent viloyatida mustaqillikning 30 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirida deputatlar va IIB xodimlari o‘rtasida tortishuv kelib chiqdi. Viloyat IIBB ma’lumotiga ko‘ra, mojaroga xalq vakillari tadbirga niqobsiz kelganligi sabab bo‘lgan. Deputatlar esa 50 nafarga yaqin yosh bola va ularning ota-onalari bayramga kiritilmagani, yana bir ayolga kuch ishlatilgani hamda deputatning daxlsizlik huquqi buzilganini aytishmoqda.
Dollarning rasmiy kursi 1,29 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 653,18 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.
Uzbekistan Airways Moskvaga birinchi gibrid aviatashuvini amalga oshirdi va Uzbekistan Express`da chiptalar narxlarini e’lon qildi. «Gazeta.uz» muxbiri «to‘liq ekonom» sharoitida bo‘lgan Airbus A320 samolyoti bilan tanishdi va asosiy hamda gibrid modellarning parvozlari o‘rtasida qanday farq borligini o‘rgandi.
Dushanba va seshanba kunlari yoz oylaridek issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Sentyabrning dastlabki 5 kunligida Eron hududlaridan yana issiq va quruq havo kirib kelishi boshlanadi. Havo harorati +36…+39 darajagacha ko‘tariladi.
O‘zbekiston va Germaniya tashqi ishlar vazirlari «Afg‘oniston hamda favqulodda holatda xalqaro hamkorlik masalalari» ni muhokama qilishdi. Xususan, Germaniya fuqarolari va afg‘on xodimlarini havo va quruqlik orqali evakuatsiya qilish tafsilotlari kelishilmoqda.
Tadbirkor G‘ofur Rahimov homiyligida Quyichirchiq tumanidagi 45-maktabning eski binosi o‘rnida STEM fanlariga ixtisoslashgan ta’lim maskani bunyod etildi. 600 o‘ringa mo‘ljallangan maktab zamonaviy jihozlar va so‘nggi axborot texnologiyalari bilan jihozlangan.
Huquqni muhofaza qilish organlari Sirdaryo viloyatida kripto-aktiv qurilmalaridan noqonuniy foydalanish holatini aniqladi. Koreya va O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan 3 nafar gumondor 9,2 mlrd so‘mlik 3529 dona kompyuter qurilmasidan va 265,2 mln so‘mlik elektr energiyadan qonunga zid ravishda foydalanib kelganligi aytilmoqda.
Yakshanba kuni Kobulda AQSh Qurolli Kuchlari raketa zarbasi orqali portlovchi moddalar o‘rnatilgan mashina yo‘q qilingan. Natijada 9 kishi halok bo‘ldi, ular orasida olti nafar bola bor, deb xabar berdi CNN. AQSh Mudofaa vazirligi mashinada bir nechta xudkushlar bo‘lganini ham taxmin qildi.
Kecha kun davomida O‘zbekistonda 795 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 5 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, yakshanba kuni 303 kishida pnevmoniya qayd etildi, 2 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.
O‘zbekistonlik para-yengil atletikachi Boburjon Omonov Paralimpiya o‘yinlarida oltin medalni, yana bir para-yengil atletikachi Nurxon Qurbonova bronza medalni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonda 2016 yildan boshlab samolyotlarda suratga olish taqiqlangan. Shuningdek, yo‘lovchilarga orqa fonda samolyot bilan suratga tushishga ham taqiq mavjud. 2018 yildan boshlab mamlakatda jamoat joylarida, jumladan, Toshkent teleminorasida va metroda erkin suratga olishga ruxsat berilgan. Deputat Rasul Kusherbayev samolyot fonida rasmga tushish mumkin emasligini tanqid qildi.
Dushanba kuni O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasining 90 ming dozalik ikkinchi komponenti olib kelindi. U vaksinaning birinchi komponentini qabul qilgan fuqarolarni ikkinchi bosqichda emlashga mo‘ljallangan.
«Yangi O‘zbekiston» bog‘ida Mustaqillik bayrami nishonlanishi munosabati bilan Toshkentni Chimyon bilan bog‘lovchi yangi yo‘lda 31 avgustdan 2 sentyabrgacha transport harakati cheklanadi.
Prezident qarori bilan hokimlar o‘rinbosarlari faoliyatini baholash tizimi joriy etilmoqda. Ular faoliyati «qoniqarsiz», «qoniqarli», «yaxshi» va «a’lo» deb baholanadi. Ular hududning ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari uchun shaxsiy javobgar etib belgilandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting